Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

 
BAYaN ShIREY navi 
Ozarbayjon mahalliy sharobbop navi. 1959 
yildan Respublika Davlat reestriga kiritilgan. 
Hamdo‘stlik mamlakatlarida keng tarqalgan, 
yuqori hosilli, sharobbop nav. 
Undan spirtsiz, kuchli va shampan sharoblari, 
sharbatlar, konsentratlar tayyorlanadi. Nav 
kechpishar, suvsizlikka, har xil kasalliklarga 
bardoshli. 
Yuqori 
hosil 
olish 
uchun 
novdalarini uzun kesish kerak. 
Uzum 
shingilining 
o‘rtacha og‘irligi–143g. 
Vegetatsiya davri -159 kun. Hosildorlik – 
310,8– 336,0 s/ga 
 
36-rasm.Aleatiko navi 
55-rasm. Bayan 
shirey 


155 
KULDJINSKIY navi 
Nav Xitoyda yaratilgan. 1959 yildan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, 
Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, 
Farg‘ona va Xorazm viloyatlari bo‘yicha 
Davlat reestriga kiritilgan. 
Bu 
navning 
tupi 
katta, 
kechpishar, 
qurg‘oqchilikka chidamli. Uzum shingili 
katta, shakli konus yoki silindr-konussimon, 
juda zich. Mevasining o‘rtacha vazni – 356 
g. G‘ujumi o‘rtacha, dumaloq yoki 
tuxumsimon pushti rangda. Vegetatsiya 
davri 142 kun. Hosildorlik – 169,2- 213,3 
s/ga 
 
MAYSKIY QORA navi 
 
Yugoslaviya navi. 1959 yildan Toshkent 
viloyati bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan. 
Nav kechpishar, tupi o‘rtacha, un shudring 
kasalligi bilan zararlanadi.Toshkent viloyatida 
tarqalgan tok zararkunandalari bilan ham 
zararlanadi. Shingilining o‘rtacha vazni – 145 
g, shakli konus yoki silindrsimon, zichligi va 
g‘ujumi o‘rtacha, dumaloq, rangi qora, dag‘al. 
Eti sershira, kurtak yozilishidan mevasi 
pishgungacha bo‘lgan davr 169 kundan iborat. 
Hosildorligi – 208,5- 254 s/ga. 
 
56-Rasm.Kuljinskiy 
navi 
57-Rasm. Mayskiy 
qora 


156 
MORASTEL navi 
Ispaniya navi. 1959 yildan Toshkent, 1967 
yildan esa Jizzax va Sirdaryo viloyatlari 
bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan. 
Nav kechpishar, qurg‘oqchilikka bardosh bera 
olmaydi, 
sovuqqa 
chidamliligi 
o‘rtacha. 
Zararkunandalar va kasalliklarga chidamli 
emas. Tupi va shingili o‘rtacha silindr yoki 
konussimon, zichligi o‘rtacha, vazni – 135 g, 
g‘ujumi o‘rtacha, 
shakli dumaloq, rangi esa to‘q ko‘k, mum g‘uborli. Eti o‘rtacha 
sershira, mazasi shirin, sharobsimon. Hosildorligi -60-75 s/ga . 

Download 4,88 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish