Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

Bakterial
rak (bo‘qoq).
Mazkur kasallikni Pseudomonas tumefaciens 
Sm.yet Town. bakteriyasi keltirib chiqaradi. Barcha uzum ekiladigan 
viloyatlarda keng tarqalgan. Bu kasallik bilan tokning yog‘ochlangan 
yer ustki qismlarining barchasi kasallanadi, ko‘pincha tokning ildiz 
bo‘g‘zi zararlanadi. Avvaliga po‘stloq ostida kichik, keyinchalik, bir 
necha mm keladigan yumshoq shish paydo bo‘ladi. Sekin-asta bu 
shishlar qattiq bo‘lib, kattalashib po‘stloqni yorib chiqadi. Shishning 
ustki tomoni notekis g‘adir-budir bo‘ladi. Uning rangi ham 
yoshiga qarab o‘zgaradi, sarg‘ayadi, jigarrang rangga kiradi va oxiri 
qorayadi. Kuzda yoki qishda shish yoriladi. 
77- rasm. Tokning bakterial rak bilan kasallanishi 
Kasallangan joydagi shishlar qo‘shilib kattalashib ketadi, ular 
hatto ularning kattaligi 30 sm gacha etadi, ular tokning ildiz bo‘g‘zida 
yoki yog‘ochlangan yo‘g‘on novdalarida rivojlanadi. Natijada tok 
butunlay qurib qolishi mumkin.
 
Kasallikni keltirib chiqaruvchi 
bakteriyalar tokning zanglarida va ildiziga yaqin qismida yo‘g‘onligi 
10-15 sm gacha bo‘lgan rak shishlarini keltirib chiqaradi. Bunda 
tokning rivojlanishi susayadi, ayrim zang va novdalarni bazan tok 
tupining o‘zini ham quritadi. Kuzda yaxshi yopilmagan va sovuqlardan 
shikastlangan tokzorlar rak kasalligiga ko‘proq chalinadi.
Bakterial rak kasalligining rivojlanishi uchun ikki sabab bilan 
mazkur holat vujudga keladi: 1. Tuprog‘i quruq bo‘lgan muhitda
rivojlanayotgan toklarda qattiq sovuqlarning bo‘lib turishi natijasida 


170 
uning tanalarida yoriqlarning hosil bo‘lishi. 2. Suv to‘planadigan 
pastqam joylarda ko‘p vaqt suvda turgan tokning oziqa moddalar 
almashinuvining buzilishi natijasida.
Kasallikni oldini olish uchun toklarni qishda chilla suvlari bilan 
sug‘orish, yer osti suvlarini zahburlar yordamida qochirish, agrotexnik 
tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli qilib o‘tkazish, tok tuplarini mexanik 
shikastlanishdan saqlash kerak. Kasallik alomatlari bor toklardan 
qalamchalar tayyorlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Kasallangan ko‘chatlar, 
tuplar va novdalarni olib, yoqib tashlash kerak. Kuzda barg 
to‘kilgandan so‘ng bakterial kuyish bilan zararlangan o‘simliklarga 3 
foizli mis kukuni yoki 3 foizli bordo suyuqligi bilan ishlov berish lozim.
Kurash choralari. 
Bu kasallik, odatda zararlangan toklardan 
tayyorlangan ko‘chatlar orqali tarqaladi. Shuning uchun qalamchalar 
nihoyatda 
sog‘lom tuplardan olinish zarurligi tasdiqlangan. 
Zararlangan novda va zanglar tokzordan olib chiqib tashlanadi va yoqib 
yuboriladi. Bodro suyuqligi va ohak-oltingugurt qaynatmasi antraknoz 
kasalligiga qarshi qanday qo‘llanilsa, rak kasalligiga qarshi ham 
shunday purkash sifati yuqoro bo‘lishi kerak, natijada yaxshi samara 
beradi. 

Download 4,88 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish