Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

Xloroz kasalligi.
Mazkur kasallikning belgilaridan biri - barglar 
asta-sekin o‘zining yashil rangini o‘zgartiradi, avvaliga sarg‘ish-yashil, 
keyin esa oqarib, sarg‘ayib ketadi. Natijada novdalar o‘sishdan 
to‘xtaydi, ingichka, kalta bo‘lib qoladi. Xloroz kuchli rivojlansa, 
barglar sekin-asta qo‘ng‘irlashib, qurib qoladi. Ayrim paytlarda tok 
tuplari xloroz natijasida nobud bo‘lib, tokzorlar siyraklashish 
darajasigacha boradi. Agar xloroz kasalligi toklarning gullash davriga 
to‘g‘ri kelganda juda xavfli hisoblanadi. Chunki uzumlar, urug‘lanmay, 
umuman meva tugmay qolishi yoki mayda bo‘lib qolishi mumkin. 
Xloroz kasalligining paydo bo‘lishini juda ko‘p sabablari bor. Yer osti 
suvlarining ko‘tarilishi natijasida, tuproq namligining ko‘payib ketishi 
sabab, ohakning ko‘p miqdorda erishi kuzatiladi va ildizlar chiriy 
boshlaydi, bu esa xloroz kasalligining paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Tuproqda ohakning ko‘payib ketishi va yerda sulfat kislotaning hosil 
bo‘lishi, temir moddasining yetishmasligiga va bir so‘z bilan aytganda, 
o‘simlikda modda almashinuvining buzilishiga olib kelib, xloroz 
kasalligini paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Xloroz kasalligini oldini 
olish uchun eng avvalo, tuproq-suv balansiga e’tiborni qaratmoq lozim.


171 
78- rasm. Tok barglaridagi xloroz kasalligining belgilari. 
Shuningdek, 
agrotexnik 
tadbirlarni 
o‘z vaqtida, sifatli 
o‘tkazilishiga, kasallangan tok tuplarini tarkibida temir moddasi bor 
bo‘lgan mikrooziqalar bilan oziqlantirishni kuchaytirish kerak bo‘ladi. 
Bu kasallikga chalingan tokzorlarda novdalar o‘sishi to‘xtaydi, 
to‘pgullar sarg‘ayib to‘kilib ketadi, barglar rangini yo‘qotadi va qurib 
qoladi hosildorlik keskin kamayadi. Xlorozga qarshi kurashishda tok 
yoshini hisobga olgan holda bir tupga 0,3-1 kg hisobida temir kuporosi 
ishlatiladi. Preparat kuzda 25-30 sm chuqurlikda qazilgan tup atrofidagi 
ariqlarga solinib, ustiga tuproq tashlanadi va sug‘oriladi. Sernam yerlar 
tuprog‘i yumshatiladi va nam qochriladi. Ushbu agrotexnik chora-
tadbirlarni o‘z vaqtida yuqori darajada o‘tkazish talab etiladi.
Xloroz kasalligi bilan zararlangan tok o‘simligi a’zolari: 
kasallik 
bilan tok tupining barcha yashil organlari, ko‘pincha mevalari 
zararlanadi. Erta ko‘klamda kurtak va yosh novdalar qo‘ng‘ir tus olib, 
to‘kilib ketadi. Bahor so‘nggida, gullashdan oldin ba’zi tok barglarida 
ko‘pincha, ularning chetida, katta, noto‘g‘ri shaklli, qizg‘ish-qo‘ng‘ir 
nekrotik dog‘lar paydo bo‘ladi. Gullash fazasi endi boshlanganda 
zamburug‘ to‘pgullarni zararlashi oqibatida ular chirishi yoki qurib, 
tushib ketishi mumkin. Uzumboshi shingildagi gul va meva bandlarida 
qo‘ng‘ir, keyin qora dog‘lar hosil bo‘la boshlaydi, yoz fasli oxirida 
ularning ba’zilari to‘kilib ketadi. Oq rangli uzum mevasi zararlanganda 
uning rangi qo‘ng‘ir tusga, qora rangli uzum mevasi esa qizg‘ish tusga 
kiradi. Uzumboshining bandi va mevasi chirishi va shingillarining 
to‘kilishi tufayli, hosilning 30-70 foizi yo‘qolishi mumkin.
Vino ishlab chiqarishda kasallikning asosiy zarari uzum 
xomashyosi sifatining buzilishidir. Kuchli zararlangan uzumdan 
olingan vinoning tiniqlanishi qiyinlashadi, ta’mi buziladi. Bunday vino 
oksidlanishga va bakteriyalar bilan zararlanishga moyil bo‘lib, uni uzoq 
muddat davomida saqlash mumkin bo‘lmaydi.


172 

Download 4,88 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish