163
16-MAVZU. TOK KASALLIKLARI VA
ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH
Reja:
1.Tok kasalliklarining tasnifi,turlari va kurash usullari
2.Tok zararkunandalarning tasnifi, xillari va himoyalash chtoa-
tadbirlari
Bugungi kunda O‘zbekiston, jumladan Buxoro viloyati
sharoitida
tok kasalliklari keng tarqalgan bo‘lib, ular uzum sifatini buzadi,
novdalarni kuchli zararlaydi va ob-havo sharoitiga qarab, hosildorlikni
keskin (25-70% gacha) kamayishiga olib keladi. Uzumzorlarda oidium
yoki un-shudring (Uncinula necator), antraknoz (Gloeosporium
ampelophagum), serkosporoz (Cercospora vitis), kulrang chirish
(Botrytis cinerea), qora chirish (Phoma lenticularis), chipor nekroz
(Rhacodiella vitis), tok ildiz bo‘g‘zining bakterial rak (Bacterium
tumefaciens) kasalliklari ko‘p uchraydi. Keyingi yillarda mild
(Plasmopara viticola) kasalligi respublikamiz tokzorlariga jiddiy zarar
yetkazmoqda.
Tokning oidium (un shudring, kul, sho‘ra) kasalligi
Kasallikni asosan, Uncinula necator Burill zamburug‘i keltirib
chiqaradi va bu (un-shudring) kasallik O‘zbekistonda (Buxoro
viloyatida ham) juda keng tarqalgan bo‘lib, eng havfli kasalliklardan
biri hisoblanadi.
Mazkur kasallik tokning yashil organlarini zararlashi bilan birga,
etilgan mevasini ham zararlaydi. Zamburug‘
bilan zararlangan meva
rivojlanishdan to‘xtatab, uning rangi qo‘ng‘irlashadi, qattiqlashadi va
74-rasm. Un-shudring kasalligi bilan zararlangan tokning
mevasi,tanasi va bargidagi illatlari
164
quriydi. Uzum mevasini kechroq, bir tomonlama zararlangan meva
donasining qobig‘i rivojlanishdan to‘xtagani uchun yorilib ketib, urug‘i
ko‘rinib qoladi. Yog‘ingarchilik va namgarchilik bo‘lgan paytlarda
bunday mevalarga har xil saprofit zamburug‘lar tushib, uni chiritib
yuboradi.
Natijada hosil sifati pasayib, olinadigan hosil miqdori
kamayadi.
Bu kasalik Buxoro vilayati sharoitida keng tarqalgan. Toklar bu
kassalikdan himoya qilinmasa, qariyib 60-80 % gacha yoku butunlay
nobud bo‘lishiga olib keladi. Zamburug‘li bu kasallik tokning hamma
yashil qismlarini – to‘pgul, gul, uzum g‘ujumi, uzum bandlari, novda
va barglarini ham zararlaydi. Ushbu kasallangan uzum donalari
maydaligicha qoladi, shaklini yo‘qotib yorilib ketadi, hosili sezilarli
darajada kamayadi. Novdalari rivojlanmaydi va yaxshi etilmaydi.
Natijada kelgusi yili hosil elementlarining saqlanishi keskin kamayadi.
Shuningdek, fermer xo‘jaligi va tomorqa sharoitida xomtoklar o‘z
vaqtida va sifatli o‘tqazilmasa, ishkom va so‘rilardagi tok barglari va
novdalari
qalinlashib ketsa, uzumlar yoriladi va chirib ketadi,
hosildorlik keskin pasayib ketadi.
Kasallikka asosan, qimmatbaho xo‘raki va kishmishbop navlar -
Xusayini, Kattaqo‘rg‘on, Qora kishmish, Pushti toyifi, Go‘zal qora
navlari ko‘proq chalinadi. Vinobop navlardan esa Rkatsiteli va
Kuljinskiy uzum navlari ko‘proq chalinadi.
Kasallik xavfining oldini olish uchun erta bahordan, ya’ni tok
novdalarida 4-6
barg chiqargandan boshlab, gektariga 35-40 kg
oltingugurt (1 qism), yo‘l changi (1 qism), so‘ndirilgan ohak kukuni (2
qism) aralashmalarini birgalikda qo‘shib sepish kerak, shu
aralashmaning
ikkinchisini-
7-10
kunda,
uchinchi
marotaba
gullagandan so‘ng 10-12 kundan keyin, to‘rtinchisini esa hosil
pishishiga 30-35 kun qolganda ishlov beriladi. Oltingugurt kukuni
issiqda bug‘lanadi. Quyosh tushib turganda barglardagi harorat
havonikiga nisbatan 10
0
S yuqori bo‘ladi, novda va mevalar esa undan
ham ko‘proq qiziydi. Zamburug‘ sporalari +39-40
0
Sda 4-6
soatda
o‘ladi, 5-36
0
S oralig‘i zamburug‘ning rivojlanishi uchun eng qulay
sharoitdir. Oltingugurt bug‘lanib, sporalarni o‘ldiradi. Shuning uchun
toklarni siyraklashtirish, quyosh nurlarini tushib turishini ta’minlash
kerak bo‘ladi. Preparatni ertalab shudring ko‘tarilmasdan changlatilsa,
o‘simliklarga yaxshi yopishadi.
165
Kasallikni oldini olish va himoya qilish choralari
. Mavsumda
sho‘ra xomtok, g‘o‘ra xomtok va uzumzorlarga suv yugirgan davrda,
chilla chiqqandan so‘ng
novdalarni qisqartirish, hosil novdalaridagi
barg qo‘ltig‘idan chiqqan ortiqcha barglarini olib tashlash zarur.
Xomtoklardan keyin novdalarni yaxshi shamollaydigan va yorug‘lik
bemalol tushadigan qilib tarash va simbag‘azlarga bog‘lash kerak, bu
holat tokni rivojlanishiga va hosilning mo‘l bo‘lishiga olib keladi.
Agrotexnik tadbirlar o‘tkazish bilan bir qatorda, toklarga tuyilgan
oltingugurt bilan ishlov berish yaxshi samara beradi. Toklarda birinchi
marotaba, erta bahorda novdalar bog‘lanib, 8-10 kundan keyin –
ikkinchi marotaba, tok gullab bo‘lganidan keyin, 2-hafta o‘tgach,
uchinchi marotaba oltingugurt bilan changlatiladi. Uzumzorlarni
yoshiga
va qalinligiga qarab, gektariga 20 kg dan 35-40 kg gacha
oltingugurt sarflanadi. Oltingugurt kukuni bo‘lmasa, 1 % li suvda
eruvchi oltingugurt purkaladi (100 l suvga 1 kg). Vektra (100 l suvga
30 g) preparatini ham qo‘lasa yaxshi natija beradi. Tomorqa sharoitida
oltingugurt tokning qalinligiga qarab, 10 kv metrga 60-100 g sarflanadi.
Suvda eriydigani 10 l suvga 100 g solinadi, novda va barglar o‘ta ho‘l
bo‘lguncha purkaladi. Tomorqada kaliy permanganatini ham qo‘llasa
bo‘ladi (margansofka 10 l suvda 5-6 g eritiladi), 6-7 kun oralatib, 2-3
marotaba purkaladi, hosildorligi oshadi.
Kimyoviy kurash choralari.
Buxoro viloyati tokzorlarida oidium
kasalligining dastlabki belgilari paydo bo‘lsa, quyidagi kimyoviy
kurash vositalari qo‘llaniladi: Tokning vegetatsiya davrlarida bu
kasallikka qarshi quyidagi fungitsidlardan birini qo‘llash tavsiya
etiladi: “Flusil” 40% k.ye. gektariga - 0,05-0,06 l, “Superfar”50% k.ye.
-0,16-0,18 l“Montozol” 10% k.ye. -0,2-0,25 l, “Ampakt” 250 k.ye. -
0,1-0,15 l, “Skort” 25% k.ye.-0,12l, “Mikrofiol” 80% v.g.-4,0 kg,
“Flint”, 500 g/kg, v.g-0,15 kg, “Impanur” 25% k.s. -0,1-0,15 l, “Blu
Bordo” 20% v.g. 1-ishlovda - 7,5 kg, 2-ishlovda-10,0 kg va 30150
ishlovda -12,5 kg, “Ridomil Star” s.p.-2,5 kg, “Xlorokis medi plyus”
s.p.–0,6-2,0 kg, “Azoksifen” 32,5% s.k.- 0,5 l, “Kvadrit” 32% k.s.-0,3-
0,5 l me’yorlarda qo‘llash tavsiya etiladi.