177
oqib tushayotgan shiradan yoki chumolilar ko‘payganidan bilish
mumkin.
Kurash choralari:
1.Tashkiliy-xo‘jalik
va tok o‘simligini
zararkunandalarga nisbatan bardoshliligini
oshiradigan agrotexnik
chora-tadbirlar.
2. Biologik usul
yordamida unsimon qurtlarning samarali
kushandasi – psevdafikus (Pseudaphicus malinus Gah.) qo‘llaniladi.
Undan tashqari tabiatda bu qurtlarning boshqa samarali kushandasi ham
bor. Masalan, bona mushkasi (pashshasi) – Leucopisbona Rohd. Uning
lichinkalari komstok qurtining ko‘plab qismini qiradi (Yaxontov,
1963).
3. Kimyoviy kurash
vositasida turli
sintetik piretroid hamda
fosfororganik insektitsidlar qo‘llaniladi. Toklarga mavsum davomida
2-3 marta ishlov beriladi. Oxirgi ishlovni uzum etilishidan 30 kun olin
tugallanishi shart.