Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/126
Sana29.06.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266182
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Bog'liq
13247 1 1A9EEE48773520B6BF4B658DD1DE193166AF19D1 (1)

Tok kanasi
Tarqalishi. 
Tok kanasi - dunyo bo‘yicha keng tarqalgan 
zararkunandadir. O‘zbekistonning barcha hududlarida, jumladan 
Buxoroda ham uchraydi.
Tavsifi.
Tok kanasi ko‘zga ko‘rinmaydigan darajada mayda 
mavjudot (0,14-0,16 mm) bo‘lib, uni faqat binokulyar mikroskop
yoxud 15-20 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan lupalar yordamida 
ko‘rish mumkin. Tok kanasining tanasi cho‘ziq bo‘lib, 2 juft oyog‘i bor, 
tana oxirida uzun qillari bor. Tokda kana borligini barglarida g‘uddalar 
mavjudligidan bilish mumkin. G‘uddalar bargning ustki tomonida 
bo‘ladi, ost tomonida esa chuqurchalar mavjud bo‘lib, ularda oldin oq-
kumush, keyinchalik qizg‘ish-qo‘ng‘ir tus oladigan hujayra o‘simtalari 
bilan qoplangan bo‘ladi.
 
84-rasm.Tok kanasi zararlagan barg. 8 5-rasm. Tok kanasining 
umumiy ko‘rinishi 
 
 


178 
 
 
Hayot kechirishi.
Tok kanasi po‘stloq ostida va kurtak atroflarida 
qishlaydi Bahor (aprel oxiri-may oylari) da uyg‘onib, yosh, yangi paydo 
bo‘lgan barglarning shirasini so‘rib, zararlay boshlaydi. U quyidagi 
davrlarni boshidan kechiradi: tuxum, 1-nimfa, 2-nimfa va yetuklik 
davri.
Urug‘langan 
tuxumdan 
urg‘ochi 
va 
erkak 
zotlari, 
urug‘lanmaganidan esa faqat erkak zotlari chiqadi. Bir mavsumda bir 
necha bo‘g‘in beradi. 
 Zarari.
Tok kanasi ko‘proq mahalliy nav uzumlarini xush 
ko‘radi, ayrim navlarni umuman zararlamaydi. Zararlangan tok 
rivojlanishdan orqada qolib, hosilning sifati yomonlashadi va miqdori 
kamayadi. Uzumxo‘r qurt (uzum kuyasi, shingil qurti). Zararkunanda 
uzum to‘pguli, tuguncha, g‘o‘ra va etilib kelayotgan g‘ujum bilan 
oziqlanadi va rivojlanadi. Natijada uzum hosilining yarmidan 
ko‘prog‘ini yo‘q qiladi. Saqlashga va bozorga sotishga yaramaydi. 
Buxoro viloyati sharoitida 
shingil qurti
bir mavsumda to‘rtta 
avlodi rivojlandi. Ko‘klamda kapalaklar tok sho‘rasida to‘pgullar 
shaklanganda uchadi va g‘unchalarga tuxum qo‘yadi. Ikkinchi avlod 
kapalaklarinig uchishi, tok gullaganda 17-20 kun o‘tgach boshlanadi. 
Uchinchi avlodni beruvchi kapalaklar iyul oyining ikkinchi o‘n 
kunligida uchib chiqib, tuxum qo‘ya boshlaydi.Ularning muddatlarni 
anuqlashda feromonli tuzoqlardan foydalansa ham bo‘ladi.
Kurash choralari. 
Buxoro viloyati sharoitida
 
uzumxo‘r qurt va 
boshqa shunga o‘xshash zararkunandalarning zararini kamaytirish 
uchun sho‘ra xomtok, g‘o‘ra xomtoklar o‘z vaqtida va sifatli 
o‘tkazilishi, novdalar chekanka qilinib, barglar siyraklashtirilishi 
tavsiya etiladi. Bunga qo‘shimcha 2-3 marta tegishli preparatlar bilan 
purkash o‘tkazilishi, birinchi navbatda kimyoviy preparatlar bilan 
purkash, Qora kishmish, Pushti toyifi navlarida 4-5 ta chinbarg 
chiqarganda, ikkinchisi, purkash vaqti tok gullagandan 17-20 kun 
keyin, zarurat bo‘lsa uchinchisi, ikkinchisidan 7-10 kun o‘tgach 
o‘tkazilishi lozim. Toklar Karbofos pereparati bilan (100 l suvga 300 
g) kurash samarali hisoblanadi. Bir yo‘la kul kasaligini davolash 
maqsadida ishchi eritmaga kolloidli yoki eruvchi oltingugurt qo‘shib 
purkaladi. (100 l suvga 0,8-1 kg). Vektra pepereparati qo‘shsa ham 


179 
yaxshi natija beradi. Tomorqa sharoitida tamaaki qaynatmasidan 
foydalanish tavsiya etiladi.

Download 4,88 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 4,88 Mb.
Pdf ko'rish