181
eritma sarfini kamaytirish bilan birgalikda, uning ta’sir kuchini bir xil
maromda taqsimlanishini ta’minlab, kimyoviy vositalarning nisbatan
kam sarflanishiga olib keladi,iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Ana shunday qo‘l purkagichlardan quyidagilarni keltirish
mumkin:
• katta-tomchi (300 mikrondan ortiq) purkagich OPD (12 l);
•
kichik tomchi (150-300 mikron) purkagich OPP (11,5/22 l);
• yuqori dispersli (50-150 mikron) changlatgich OPRM-M (12 dm³);
• aerozolli changlatgich (50 mikrondan kam) OPV (9,2 dm³).
Universal OVX purkagichlarining
ishchi eritmasini soluvchi
rezer- vuarlari 250-300 l hajmdagi suyuqlikni o‘z ichiga oladi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan
pestitsid, fungitsid yoki immuno biostimulyatorlarni nima maqsadda
qo‘llanilishiga qarab, avval rezervuarga qancha miqdorda suv ketishini
va necha gektarga yetishini inobatga olgan holda tavsiya bo‘yicha
qo‘llaniladigan preparat shu suvga gektar hisobiga hisob-kitob qilinib
solinadi va iloji boricha kechki salqin tushishi bilan qo‘llaniladi. Kechki
salqinda qo‘llanilgan har qanday kimyoviy vositalar yoki bioo‘g‘it,
stimulyatorlar o‘simlik tanasiga yaxshi singishi natijasida uning
samarasi yuqori bo‘ladi. Issiq paytida qo‘llanilganda, issiqlik ta’sirida
qo‘llanilayotgan
preparatlarning
tarkibidagi
ta’sir
etuvchi
moddalarning bir qismi behuda osmonga uchib ketishi mumkin, yoki
bo‘lmasa issiqlik ta’sirida o‘simlik tanasini kuydirish holatlari ham
uchrashi mumkin.
Kimyoviy usulda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda,
ishchi eritmasini purkash, kukunsimon eritmaini changlatish,
fumigatsiyalash va aerozollar bilan ishlov
berish yordamida amalga
oshiriladi. Purkash va changlatish aviatsiya yoki yer usti, ya’ni
traktorga o‘rnatilgan texnik vosita va hozirgi paytda dronlar yordamida
bajarilmoqda. Aholi yashaydigan joylarda joylashgan uzumzorlarni
aviatsiya yordamida purkashga ruxsat berilmaydi. Purkash usulida
kimyoviy dori eritmasi, suspenziya yoki emulsiya maxsus mashina
yordamida mayda
zarrachalarga parchalanib, ob’ektga purkaladi.
Kamroq kimyoviy modda sarflab, kutilayotgan samaraga erishish
uchun eritmani maydaroq va iloji boricha deyarli bir xil diametrga ega
bo‘lgan zarrachalarga aylantirish talab etiladi. Juda mayda
zarrachalarga aylantirish darajasiga ko‘ra, purkash jarayonini ko‘p
miqdorlab (zarracha diametri 300 mikrondan kattaroq), oz miqdorlab
182
(zarracha diametri 120—300 mkm) va o‘ta oz miqdorlab (zarracha
diametri 100 mkm dan kamroq) purkash kabi turlarga bo‘linadi.
Purkashda iloji boricha barglarning yuzasini bir tekis namlashga intilish
lozim bo‘ladi, chunki bu holda kurashning samaradorligi yuqori
bo‘ladi. Yirik tomchilar bargning
sirtiga yopishib turaolmasdan,
dumalab yerga tushib ketadi, samarasi oz, tuproqqa zarari ko‘p bo‘ladi.
Kutilayotgan samaraga erishish uchun bir gektar tokzorga yirik
tomchilatib (ko‘p miqdorlab) purkash uchun 800—20001 eritma
sarflansa, o‘rtacha tomchilatib (oz miqdorlab) purkashga 100—500 l,
o‘ta mayda tomchilatib (o‘ta oz miqdorlab) purkashda 5—25 l eritma
sarflanadi. To‘g‘ri, ikkinchi usulda eritmadagi ta’sir etuvchi modda
(dori) konsentratsiyasini birinchiga nisbatan ko‘proq qilinadi, o‘ta oz
miqdorlab purkashda doriga suv o‘rniga oz miqdorda yopishqoq, tez
qurib qolmaydigan moysimon suyuqlik (PAVlar)aralashtiriladi. O‘ta
mayda tomchilarni baland bo‘yli so‘ritoklarga
yetkazish qiyin, ularni
yengil shamol ham chetga uchirib ketadi. Shu sababli, o‘ta oz miqdorda
purkash keng tarqalmagan. Changlatish usulida tok barglari mayin
kukunsimon dori bilan qoplanishi kerak. Suyuqlik aralashtirilmaydi,
mehnat sarfi purkashga nisbatan kamroq bo‘ladi. Ammo, dorining sarfi
5 marotabagacha ortib ketadi, chunki kukun barglarga yaxshi yopisha
olmaydi, uni kuchsiz shamol ham uchirib ketadi.Shu bois qattiq shamol
esgan paytda, yomg‘ir yog‘ayotganda dorilash o‘tkazilmaydi. Demak,
changlatishning samarasi ozroq, atrof-muhitga zarari ko‘proq bo‘ladi.
Aerozol bilan ishlov berishda dori nihoyatda mayda zarrachalarga
(diametri 1—50 mkm) parchalanib, tutun yoki tuman ko‘rinishiga
keltiriladi. Tutun yoki tuman tok shoxlari va barglari orasiga oson kirib,
ularni bir tekis qoplaydi. Aerozol
bilan turli issiqxona va
omborxonalarga ishlov berish samarali bo‘ladi. Fumigatsiyalashda
ma’lum hajmdagi yopiq joyning havosi o‘ta tez bug‘lanadigan kuchli
dori bilan to‘ydiriladi. Natijada, o‘ta kichik tirqishlarga ham dori kirib,
zararkunandalarni qirib tashlaydi. Purkagichlar universal va maxsus
(bog‘bop, tokzorbop) turlarga bo‘linadi. Suyuqlikni parchalash usuliga
qarab, ular gidravlik, pnevmatik, kombinatsiyalashtirilgan, mexanik va
yelektrik turlarga ajratiladi. Gidravlik usul bilan parchalashda suyuqlik
katta bosim ostida maxsus tanlangan kichik ko‘zli uchlik (teshik)dan
otilib chiqayotib mayda zarrachalarga aylanadi. Pnevmatik usulda katta
bosim va tezlik bilan harakatlanayotgan havo oqimi yordamida
suyuqlik parchalanadi. Kombinatsiyalashtirilgan usulda uchlikdan
183
gidravlik usulda mayda zarrachalarga ajralib chiqayotgan suyuq
zarrachalar kuchli havo oqimi ta’sirida takroran parchalanadi. Demak,
bu usulda zarrachalar yanada maydaroq bo‘ladi.
Mexanik usulda
suyuqlik katta tezlik bilan aylanayotgan disk ustiga yuboriladi.
Markazdan qochirma kuchlar ta’sirida diskdan chiqayotgan suyuqlik
parchalanadi. Mazkur usulda dori zarrachalari diametri deyarli bir xil
bo‘ladi, ya’ni monodispers parchalash sodir etiladi, Biroq bu yerda o‘ta
mayda zarrachalarning kinetik energiyasi oz bo‘lganligi sabab, ular
uzoqdagi ob’ektga yetib bora olmaydi. Elektrik usulda suyuqlik yuqori
kuchlanishga ega bo‘lgan elektr maydoni ta’sirida parchalanadi.
Zarrachalar o‘ta mayda, monodispers shaklda paydo bo‘ladi.
Tokzorlardagi baland bo‘lmagan toklarga paxtachilikda ishlatiladigan
ventilatorli purkagichdan foydalanish mumkin.