166
Antroknoz
kasalligini
qo‘zg‘atuvchi
Gloeosporium
ampelophagnum Sacc. zamburug‘i tokning hamma yashil qismlari:
novda, meva, barg va barg bandini zararlaydi. Eng avvalo,
kasallik
barglarda namoyon bo‘lib, bunda ko‘zga ko‘rinmas och jigarrang
tarqoq dog‘lar paydo bo‘ladi.
75-rasm. Tok o‘simligining qora dog‘li antraknoz bilan
kasallangan organlari
Bu dog‘lar sekin-asta kattalashib, qo‘ng‘ir qoramtir-siyoh rangli
hoshiyaga aylanadi, bu joydagi dog‘lar tushib ketadi va barglar teshilib
qoladi. Barg bandlari va tomirlaridagi dog‘lar yaraga o‘xshaydi. Barg
bandlari qattiq zararlansa, ular barglari tushib ketadi. Uzummevadagi
dog‘lar dumaloq botiq bo‘lib, keyinchalik qoramtir-siyoh rangga kiradi.
Keyinchalik, uzumboshi qisman, goho, umuman qurib qoladi. Ayniqsa,
kasallik novdalarni zararlasa, juda xavfli bo‘ladi.Ularda oldin kichik
qo‘ng‘ir dog‘chalar hosil bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan novdaning o‘sishi
bilan dog‘lar ham uzayib chuqurlashadi
va uzunchoq yaralar paydo
bo‘ladi. Dog‘ning rangi vaqt o‘tishi bilan qahva rangiga kirib,
atrofi
qoramtir-siyohrang tus bilan o‘raladi, dog‘li yaraning chekkalari
notekis bo‘lib, qaynab chiqqanday bo‘rtib bujmayadi.
Yaralar
po‘stloqdan yog‘ochlik qismiga o‘tib, ancha chuqur botib kirib,
naychadagi tolalargacha yetib boradi. Lekin tolani zararlamaydi.
Yaralar po‘stloqni xalqa shaklida o‘rab olishi mumkin.
Bunday
novdalar qing‘ir-qiyshiq, bo‘g‘in oralari qisqarganday bo‘lib, qorayib
qoladi va tez-oson sinuvchan bo‘ladi. Bu kasallikni oldini olish uchun
eng avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish, xotmok qilish
167
va parvarish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish kerak.
76-Rasm.Tokning barcha organlarida uchraydigan antroknoz
kassalligi bilan zararlanishi: bargi, novdasi, g‘o‘ralik va pishish
fazasida uzum mevasining zararlash holatlarining umumiy ko‘rinishi.
Kasallangan
novdalarni qirqib tashlab, yoqib yuborish lozim.
Kuzda toklar kesilgandan keyin, bahorda kurtaklar bo‘rtmasdan
tokzorlarga oldin 5% li oltingugurtli ohak qaynatmasi (ISO) bilan,
o‘sish davrida 1% li bordo suyuqligi bilan ishlov berish lozim.
Kimyoviy kurash choralari.
Uzumzorda
antraknoz kasalligining
dastlabki belgilari paydo bo‘lganda, yoki o‘simlik vegetatsiyasi davrida
bu kasallikka qarshi quyidagi fungitsidlardan birini qo‘llash tavsiya
etiladi (gektariga “Blu Bordo” 20% 1-ishlovda - 7,5 kg, 2—ishlovda-
10,0 kg va 3-ishlovda - 12,5 kg, “Ridomil Gold MS” 68%-2,5 kg,
“Ridomil Star” s.p.-2,5 kg, “Xlorokis medi plyus” – 0,6-2,0 kg va
“Topsin –M” 70% n.kuk.–1,0 kg me’yorlarda qo‘llash).