162
KABERNE FRAN navi
O‘rta-kechpishar
(avgustning
ikkinchi
yarmida). Navning kelib chiqishi – Fransiya.
Bargi dumaloqsimon, besh, ba’zida uch
kertikli,
asimmetrik, o‘ng tomoni kuchliroq
rivojlangan. Guli qo‘shjinsli.
Uzum boshi
kichikroq – 120 g, tagi konussimon. G‘ujumi
dumaloq, qora tusda, mum g‘uborli. Po‘sti
qalin, pishiq.
Eti sersuv, sharbati rangsiz.
To‘liq pishganda qandlilik darajasi 20-22%,
kislotaliligi -4,4-6,4 g/l. Tupi o‘rtacha o‘sadi.
Hosildorligi gektaridan 120-160 s ni tashkil
etadi. Xo‘raki va yuqori sifatli desert vinolar
tayyorlanadi.
RANGDOR navi
Akademik M.Mirzaev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik
ilmiy-tadqiqot
institutining
Qibray
“Sharob”
eksperimental
korxonasida yaratilgan. 2012 yilda Respublika bo‘yicha
Davlat
reestriga kiritilgan.
Tupi o‘rta o‘suvchi, guli ikki jinsli, shingili
o‘rtacha(uzunligi 17-20 sm, kengligi 12-15 sm), keng
konussimon, o‘rtacha tig‘iz. Mevasi o‘rtacha16×15 mm,
dumaloq. Rangi qora kuchli g‘ubor bilan qop langan.
Po‘sti qalin, go‘shti suvli. Sharbati qizil-olcha rang.
Mevasida 2 yoki 3 ta urug‘i bor. Nav ikkinchi
yildan hosilga kiradi. Hosilga kirgan bir tupga 100-130 kurtak
qoldiriladi. Hosildorlik yillar davomida kam o‘zgaradi (bir tupda 8-11
kg). O‘rtacha hosildorlik 1 ga dan 220 s/ga tashkil etadi.