13
5
-
LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
MAVZU: C++da chiziqli dasturlar tuzish.
I.ISHDAN MAQSAD:
Chiziqli dasturlar haqida ma’lumotlarni o‘rganish.
Shartli va shartsiz
o‘tish operatorlari, siklik operatorlarni ishlatishni o‘rganish.
II.LABORATORIYA MASHG‘ULOTIGA KERAK BO‘LADIGAN JIHOZLAR:
Zamonaviy Core i5 yoki Core i7 kompyuterlari. Proektor qurilmasi. Konspekt daftarlari.
Laboratoriya ishi natijalar qaydi.
III.ISHNI BAJARISH TARTIBI:
Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
1.
A va B ikkita haqiqy sonlar berilgan. Ularning yig’indisi, ayirmasi va ko’paytmasini
hisoblang.
2.
Ikkita musbat son berilgan, bu sonlarning o’rta arifmetik va o’rta
geometrik qiymatlarini
aniqlang.
3.
Tomonlari A va B ga teng to’g’ri to’rtburchakning yuzi va peremetri hisoblansin.
4.
R1, R2, R3 uchta qarshiliklar ketma-ket ulangan zanjirning qarshiligini aniqlang.
5.
Massalari M1 va M2 (kg) ga teng, oralaridagi masofa R (m) ga teng bo’lgan ikkita
jismning o’zaro tortilish kuchi F aniqlansin.
6.
Teng tomonli uchburchakning tomoni A ga teng. Uchburchakning yuzini toping.
7.
Koordinatalari X1,Y1 va X2, Y2 ga teng bo’lgan nuqtalari
orasidagi masofani
hisoblang.
8.
Birinchi hadi A, ayirmasi D, hadlari soni N ga teng
arifmetik progressiyaning
hadlarining yig’indisini hisoblang.
9.
Birinchi hadi B, maxraji Q va hadlari soni N ga teng geometrik progressiyaning
hadlarining yig’indisini hisoblang.
10.
Uchta idishga suv solingan. Idishlardagi suvning temperaturasi T1, T2, T3 ga teng,
hajmi V1, V2, V3 (l) ga teng. Idishlardagi suvni
bitta idishga quyilsa, uning hajmi va
temperaturasi qanday bo’ladi?