Цвета по умолчанию : Bu belgi ustida kursorni bir marta bosish bilan
asosiy rang qoraga va tasvir foni ranglari oqqa aylanadi.
«Maршиующие мурави»: Bu tugmacha yordamida «Adobe
Photoshop» dastursida tez niqoblash holati bekor qilinadi. Ekranda
belgilash chegaralari chumolilar harakatini eslatuvchi punktir chiziq
yordamida aks ettiriladi. Bu «Adobe Photoshop» dastursida odatda
standart holat deb ataladi.
Быстрая маска: Ushbu tugmacha ustida kursorni bir marta bosilishi
bilan «Adobe Photoshop» dastursi tez niqoblash holatiga o‘tadi va
natijada tasvirdagi niqoblanmagan hudud qizil rang bilan bo‘yaladi.
Ushbu asbob tasvirdagi turli obyektlarni aniq niqoblashda ishlatiladi.
«Kist» asbobi yordamida niqobga ishlov berish mumkin. Bunda qora
rang bilan tasvir niqoblanadi, oq rang bilan tasvirdagi niqob o‘chiriladi.
Стандартное окно: Asbob aktivlashtirilganda tasvir standart holatda
bo‘ladi.
Полний экран с меню: Bu holat tasvir kompyuter ekraniga
sig‘magan holda ishlatiladi. Ushbu asbob aktivlashtirilganda ekranda
menyu satri hamda asboblar paneli qoladi.
Полный экран : Ekranda faqat tasvir va asboblar paneli hamda menyu
satri qora fonda qoladi.
2. Adobe Photoshop dasturining uskunalar paneli, Qatlamlar bilan ishlash. Filtrlar, Mocup. Adobe Photoshop» dastursi asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun
to‘rtta asbob ajratilgan.
Основной цвет . Ushbu asbobda qanday rang ko‘rsatilgan bo‘lsa «Koвш»,
«Линия», «Kaрандаш», «Kист», «Aeрограф» va shuningdek, Alt tugmasi bilan
69
birgalikda qo‘llanganda «Палетс» asboblari uchun o‘sha rang asosiy hisoblanadi.