Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/124
Sana27.09.2024
Hajmi11,66 Mb.
#272673
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124
Bog'liq
Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

 
 


191 
7-MAVZU. ANIMATSION GRAFIKA 
Reja: 
1.
 
Animatsion (Motion) grafika. 
2.
 
Adobe Animate dasturida animatsiyalar yaratish imkoniyatlari; Grafik 
obyektlarni harakatlantirish 
 
Animatsion kompyuter grafikasi
. Bo‘sh vaqtda televideniening reklama 
e’lonlarini ko‘zdan kechira turib, biz ularda animatsiya elementlaridan 
foydalanilganligining guvoxi bo‘lamiz. Bundan 50 yil muqaddam Vold Disney 
studiyasi «Oppoqoy va yetti gnomlar» multfilmini yaratgan. U animatsiya tarixida 
munosib o‘rin egallagan. Bu 1,5 soat davom etuvchi birinchi animatsiyali tasma 
bo‘lgan. U rassom animatorlarning bir necha yillik mashaqqatli mehnatini 
ta’riflaydi. 1991 yilda ushbu kompaniyaning Silicon Graphics kompaniyasi IRIS 
INDIGO grafik studiyasida tayyorlangan «Sohihjamol va maxluq» animatsion filmi 
katta muvafaqqiyatlar bilan namoyish qilindi. Bu barcha filmlar animatsion 
kompyuterli grafikasi tufayli amalga oshirilgan edi. 
Animatsion grafik o‘zida rang, tasvir va illyustrativ grafika ssenariyasi bilan 
ishlashdagi muvaffaqiyatlarni muxandislik grafikasi uch o‘lchamli obyektlarning 
yutuklari bilan birlashtirgan. Hozirda o‘z televizorlarimiz ekraniga karab, biz 
kompyuter reklama kliplari va teleeshittirishlarning bezaklari ko‘rinishidagi ushbu 
unumdor ittifoqning mevalarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ramiz. 
Animatsiya
- bu, obyektlar, kameralar, yorug’lik manbalarini o‘zaro joyini 
almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga ega vazifa
topshirik. 
Hozirgi vaqtda kompyuterli grafikasi vositalarini qo‘llashning ushbu sohasi 
g’oyat kuchli rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Xorijiy tajribaning ko‘rsatishicha, 
hozir dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida kompyuterlashtirilgan reklama 
axborotlarining manbalari, ixtisoslashtirilgan kompyuter tizimlarining ma’lumotlar 
bazasi mavjud, ularga reklama beruvchilar belgilangan to‘lovlar hisobiga o‘z 
firmalari va ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) hakidagi 


192 
ma’lumotlarni kiritadi. U yoki bu axborot maxsulotini xarid qilishga qiziqqan 
bo‘lajak xaridorlar ushbu ma’lumotlar banklariga telefonlar yoki maxsus terminlar 
yordamida hisobli sotsiyalar davomida o‘zlari uchun kerakli axborotlarni oladi. 
Tanishtirishlar, 
ko‘rgazmalar, 
anjumanlar 
va 
videozallarda 
kompyuterlashtirilgan reklamani namoyish qilishning eng samarali vositasi video 
proektsion tizimlardan iborat bo‘ladi. Reklamalarni katta ekranli video tizimlar 
orqali tarqatish odamlarning axborot ehtiyojlarini qanoatlantirishga imkon beradi
bu o‘z navbatida, yangi xaridorlarni jalb qiladi. Ko‘pgina ekspertlar televideniega 
yuqori 
aniklikdagi 
katta 
ekranli 
tizimlarni 
tezrok 
tatbik 
etilishi 
kompyuterlashtirilgan reklamani tarkatishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi deb faraz 
qiladilar. 
Zamonaviy reklamani ishlab chikishni takomillashtirish va marketing 
tadqiqotlari natijalarini tahlil qilishning qurol sifatida xuddi animatsion kompyuterli 
grafikasi vositalari tanlanishining sabablarini tadqiq qila turib, ushbu sohaga butun 
dunyoda hisoblash texnikasini qo‘llashning eng yuqori aqliy va yuqori texnologik 
sohasi sifatida qaralishi haqidagi xulosaga kelish mumkin, ammo bu ham ShKlarda 
video tasvirlar bilan to‘laqonli ishlashning ta’minlovchi texnik va dasturiy 
yechimlarining murakkabligi va ham kompyuterli grafikasining zamonaviy usullari 
asosida yotgan jiddiy matematik baza bilan bog’lik. Bundan tashqari, hozirgi kunda 
yuqori sifatli kompyuterlashtirilgan reklamani hisoblash vositasi yordamida 
tayyorlash faoliyatining yetarlicha foydali turi bo‘ladi. 
Bugun g’arbda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir daqiqasi shakli va 
ishlab chiqishning murakkabligiga qarab 2000 dan 50000 AQSh dollarigacha turadi. 
Bizning respublikamizda kompyuterlashtirilgan reklamaning bir daqiqasi ancha 
arzon turadi. 
Animatsion kompyuter grafikalarining dasturiy vositalariga, eng avvalo, ZD-
Studio, Animator Rgo va boshqalar kiradi. 
Animatsion grafika quyidagilarga imkon beradi: 
1) sinchli ZD obyektni modellashtirish va ko‘rishga, uni zamonaviylashtirish 
va u bilan manipulyatsiya qilishga; 


193 
2) qurilgan sinchli obyektning sirtini qoplash uchun materialni kutubxonadan 
tanlash yoki yaratish (bunday material tekstura deb ataladi); 
3) oddin yaratilgan modellarni bo‘shliqga joylashtirish, ya’ni bu obyektlar 
uchun sahna, harakat joyini qurish (masalan, stol, unda pichoq yordamida «beqiyos 
mazali apelsinni» kesish mumkin); 
4) tekstura obyektlarini ulash; 
5) yoritishning xarakterini belgilash, yorug’lik manbalari va kameralarni 
sahnada joylashtirish; 
6) kadrlarning izchilligini belgilash, obyektlarni kadrdan kadrga joyini 
o‘zgartirish yoki zamonaviylashtirish (yana kameralar va yorug’lik manbalari uchun 
harakatlarni ham berish mumkin); 
7) yakka kadr yoki bir necha kadrning palitra, yorug’lik, soyalar, ko‘rish 
burchagi, obyektlarning o‘zaro joylashuvi va ularni kadrdan kadrga o‘zgarishlarini 
hisobga olish bilan hisoblash; bunday hisoblash rendering (inglizcha 
«rendering»dan) deb ataladi. Bu animatsiyaning oxirgi bosqichi, bunda tayyor ayrim 
obyektlar, epizodlar va pallalardan yaxlit reklama kadri olinadi; 
8) ekranga yakka tasvirlar va kadrlarning film ko‘rinishidagi olingan 
izchilligini chikarish. 
MDH mamlakatlarida kompyuter grafikasi ustida ishlayotgan ko‘pgina 
jamoalar hatto tegishli texnika va dasturiy ta’minlashga ega bo‘lmay ham, yakin 
kelajakda zamonaviy reklama, eng avvalo, uning video va teletasvirlar sintezi bilan 
belgilanishini yaxshi tushunadilar. O‘zbekistonda hozir yuqori sifatli va texnik 
darajada 
bajarilgan 
ko‘pgina 
ajoyib 
ishlarni 
sanab 
o‘tish mumkin.
Kompyuterlashtirilgan reklamani ishlab chiqish kompyuter grafikasining 
texnik va dasturiy vositalarini xarid qilish uchun katta moliyaviy xarajatlarni talab 
qiladi. Agar firma vazifani aniq shakllantirsayu, reklama byudjetiga, reklama 
vositalarini tanlashga nisbatan yetarlicha mulohaza qilinmagan qarorini qabul qilsa, 
reklama faoliyati natijalarini baholashni hisobga olmasa, bu xarajatlarni havoga 
uchirib yuborishi mumkin. Shuning uchun reklamaning iqtisodiy samaradorligi 
ushbu reklama tadbirini o‘tkazishda qo‘yiladigan maqsadlar va uni o‘tkazish uchun 


194 
ajratiladigan moliyaviy mablag’lar summasi yaqindan bog’liqdir. Ya’ni, boshqacha 
qilib aytganda, ushbu savollar tug’iladi: 
1. Reklamaga ajratilgan mablaglar qo‘yilgan maqsadlarga mos keladimi? 
2. Reklama tadbirini o‘tkazish natijasida qo‘yilgan maqsadga erishiladimi? 
Agar bu ikki omil bir biriga mos kelsa, unda iqtisodiy foydali bo‘ladi. Buning 
ustiga, kompyuterlashtirilgan reklamaning iqtisodiy samaradorligini aniqlab turib, 
ko‘p reklamalar oldida foyda olish maqsadi turmaganligi holini hisobga olmaydilar. 
Masalan, imij-reklamaning 80%i to‘g’ridan to‘g’ri foyda olish maqsadini 
ko‘zlamaydi, chunki bu xolda biror axborot maxsuloti emas, balki umuman 
interaktiv xizmat reklama qilinadi. 
Kompyuterlashtirilgan reklamani yaratish texnologiyasi zamonaviy axborot 
texnologiyalarini rivojlantirish va marketingning axborot kommunikatsion, bazasini 
takomillashtirish 
ishida 
fundamental 
tadqiqotlarni 
o‘tkazishning yangi 
shaxobchasini yaratish uchun qudratli rag’bat bo‘ladi. Reklama tarqatishning radio 
va televidenie kabi vositalaridan foydalanishda efirga buyurtma berish va sifatli 
reklama syujetini yaratishga qo‘shimcha xarajatlar mavjud, agar mavjud bo‘lgan 
hisoblash texnikasidan kompyuterlashtirilgan reklamani tarqatishda foydalanilsa, bu 
xarajatlardan chetlash mumkin. 
Axborot maxsulotlari va xizmatlarining reklama vositalari va usullarini taxlil 
qilish ularni kompyuter grafikasi vositalari bilan takomillashtirish yo‘llarini 
belgilashga imkon beradi, ya’ni: 
a) animatsiya elementlariga jonli video va audio materiallarini kiritish; 
b) telekommunikatsion kompyuter tarmogi orqali tarqatish; 
v) reklama axboroti iste’molchilariga ruxiy ta’sir ko‘rsatuvchi, oldin erishib 
bo‘lmaydigan ko‘rish samaraligini olish imkoniyatini ta’minlash; 
g) tasvirlarning aniqligiga, 16 mln. va undan ortik rang-tuslardan foydalanish 
imkoniyatlariga erishish; 
d) kerak bo‘lgan xolda tabiiy suratga olishni to‘ldirish (masalan, axborot 
maxsulotlari va xizmatlarining xususiyatlarini ko‘rsatishda); 


195 
e) iste’molchilarni reklama kommunikatsiyalarining faol ishtirokchilariga 
aylantiruvchi reklamani tarkatish vositalarini yaratish; 
j) grafik axborotning yangi manbalaridan foydalanish.
Muhandislik grafikasi o‘z ichiga taxlil, sintez, modellashtirish, testdan 
o‘tkazish, chizmachilik, real vaqtda boshqarish (ya’ni butun loyihalashtirish, 
avtomatlashtirishni tashkil qilishni) oladi va ikki asosiy vazifaviy xususiyatlar: 
obyektning qurilishi va u bilan manipulyatsiya qilish bilan ta’riflanadi. 
Bunday bo‘linish ikki koordinatli tizimlar kontseptsiyasiga olib kelgan: 
mustaqil (dunyoviy), unda obyekt va koordinataning apparatli tizimi kuriladi 

Download 11,66 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   124




Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

Download 11,66 Mb.
Pdf ko'rish