200
Hozirgi kunda
animatsiyalar kino sanoati,reklama bannerlari,
shuningdek,
animatsionstudiyalarda keng qo‘llanilmoqda. CGI (ingl. computer-generated
imagery) yordamida animatorlar xayoliy qahramonlarni jonlantiradi,
aql bovar
qilmaydigan virtual olamlarni yaratadi.
CGI yordamida yaratilgan filmlarning aksariyatida hayvonlar („Flikning
sarguzashtlari“, „Nemoni izlab“, „Muzlik davri“, „Ov mavsumi“), xayoliy
personajlar („Maxluqlar idorasi“, „Shrek“, „Ninza toshbaqalar“), robotmashinalar
(WALL-E, Transformerlar) yoki multfilm qahramonlari („Super oila“, „Tepaga“ va
hokazo) obrazlari jonlantirilgan.
Endi biz Adobe Animate dasturi yordamida
eng sodda kompyuter
animatsiyalari qanday yaratilishini ko‘rib chiqamiz.
Kadrlar bo‘yicha animatsiyalar yaratish
Animatsiya yaratishning asosiy vositasi - bu vaqt chizig‘i (Timeline)dir.
Chunki unda qatlamlar ma’lumotlari, kadrlar turi, tarkibi hamda ovozli elementlar
aks etadi. Vaqt chizig‘ida har bir qatlam katakchali chiziqqa to‘g‘ri keladi. Har bir
katak esa alohida kadr hisoblanadi. Vaqt chizig‘idagi raqamlar kadr raqamlarini
anglatadi. Undagi faol kadr (Frame) chiziqli qizil to‘rtburchak belgisi bilan aks etadi
(1-rasm).
Kadrlarning vaqt jadvalida aks etishi ularning maqsadlariga bog‘liq. Kadrlar
bilan bajariladigan operatsiyalar kadrning kontekst
menyusi yoki klaviaturaning
funksional tugmachalari orqali amalga oshirilishi mumkin:
• „
Insert Keyframe
“ yoki „F6“ - kalitli kadrdan nusxa olish;
201
• „
Insert Blank Keyframe
“ yoki „F7“ - tarkibida elementi yo‘q kalitli kadrni
qo‘shish;
• „