|
Reja:
1. Animatsion effektlar.
2. Power Point dasturidagi qo’shimcha effektlar.
3.Elementlar bilan ishlash.
Animatsiya Pdf ko'rish
|
bet | 112/263 | Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 10,15 Mb. | | #151310 |
Bog'liq file (6)Reja:
1. Animatsion effektlar.
2. Power Point dasturidagi qo’shimcha effektlar.
3.Elementlar bilan ishlash.
Animatsiya — bu, obyektlar, kameralar, yorug`lik manbalarining o`zaro joyini
almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo`yicha o`zgarishiga ega bo`lgan vazifa yoki
topshiriqdir. Hozirgi paytda kompyuterli grafika vositalarini qo`llashning ushbu sohasi kuchli
rivojlanishni boshdan kechirmoqa. Animatsion grafika o`zida rang, tasvir va illyustrativ
grafika (mashinaviy tasvirlar, illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar va boshqalar) bilan
ishlay olish imkoniyatiga ega.
Televizorimiz ekranida har kuni tomosha qiladigan reklama kliplari, turli multfilmlarning
ko`pchiligi ana shu animatsion grafika asosida yaratilgan. Misol uchun Uolt Disnеy studiyasi
tomonidan bundan 50 yil mukaddam yaratilgan «Okkiz va еtti gnomlar» multfilmi birinchi
animatsion tasma bo’lgan . Yoki 1991 yilda ushbu kompaniya tomonidan yaratilgan
«Soxibjamol va maxluk» multfilmini kupchiligingiz sеvib tomosha kilasiz.
Animatsion effektlarni qo`llash uchun bichimlash uskunalari panelidagi
tugmachasi
bosiladi. Natijada quyidagi «Эффекты анимации» (Animatsiya effektlari) uskunalar paneli
hosil bo`ladi
Ushbu uskunalar panelidagi asosiy elementlar bilan tanishib chiqamiz:
1. Sarlavha animatsiyasi.
Bunda animatsiya nomi yoziladi.
2. Slayd matnlarining animatsiyasi.
Matn yozilgan barcha slaydlarni ekranda
namoyish etadi.
3. Kirish effekti.
Bu piktogrammaga sichqoncha ko`rsatkichi keltirib bosilgandan
so`ng, namoyish ekranida belgilarning chiqish tezliklari hosil bo`ladi. Ya'ni, belgilarning
ketma-ket tartibda chiqishi ta'minlanadi.
4. Uchish effekti.
Belgilarning namoyish ekranida ketma-ket uchib tushishini
ta'minlaydi.
5. Kamera effekti.
Namoyish slaydining tasvirini ta'minlaydi.
6. Portlash effekti.
Bunda slaydga yozilgan axborotlarning ekranda bir marta hosil
bo`lib, yo`qolish holati ta'minlanadi.
7. Lazerli effekt.
Slayddagi yozuvlarning uchish tezligini va turli tomonlardan uchib
tushish parametrlarini o`zgartirish piktogrammasidir.
8. Yozuv mashinkasi animatsiyasi.
Bunda kiritilgan belgilar endi yozilayotgan yozuv
mashinkasidagi kabi hosil bo`ladi.
9. Otib tushirish effekti.
Bunda yaratilgan slayddagi belgilar biror tugma
bosilgungacha yashirinib turadi.
10. Animatsiyalarni sozlash.
Bu piktogramma animatsiyalar parametrlarini
o`zgartirish uchun xizmat qiladi.
Eslatma: Animatsion effektda ishlash uchun:
— animatsion effekt qo`llanilishi kerak bo`lgan obyekt belgilanadi;
— tanlangan animatsion effekt tugmacha (piktogramma)si bosiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja:
1. Animatsion effektlar.
2. Power Point dasturidagi qo’shimcha effektlar.
3.Elementlar bilan ishlash.
Animatsiya
|