|
Innovatsiyalar vazirligi rastr va vektor grafikasi asoslari Pdf ko'rish
|
bet | 113/263 | Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 10,15 Mb. | | #151310 |
Bog'liq file (6)
POWERPOINT DASTURIDAGI QO`SHIMCHA
ELEMENTLAR BILAN ISHLASH
Rasm qo`yish. Taqdimotga rasm qo`yish yoki rasmni boshqa taqdimotdan olib qo`yish
mumkin. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi.
Rasm qo`yish uchun:
▪ Rasmni qo`yish kerak bo`lgan slayd ko`rinishi tanlanadi.
▪ tugmachasi bosiladi va Clip Art darchasidagi kerakli rasm tanlab olinadi.
▪ Shu darchadan «Вставить» (Kiritilsin) tugmachasi bosilgandan so`ng yaratilayotgan
prezentatsiyada rasm paydo bo`ladi.
Hosil bo`lgan rasmning kattaligini o`zgartirish va uni boshqa joyga ko`chirish ham
mumkin. Buning uchun:
▪ Rasm faollashtiriladi, ya'ni rasm ustida sichqoncha ko`rsatkichi bosiladi;
▪ Chegaradagi ramka orqali rasm kerakligicha kattalashtiriladi yoki kichiklashtiriladi;
▪ Faollashgan ramkadagi rasm sichqoncha orqali kerakli joygacha sudrab o`tkaziladi.
Boshqa taqdimotdan rasm olib qo`yish uchun:
«Вставка» (Qo`yish) — «Рисунок» (Rasm) — «Из файла» (Fayldan) buyruqlari
tanlanadi.
Natijada, ekranda uskunalar paneli paydo bo`ladi. Bu panel «Настройка изображения»
(Tasvirni sozlash) paneli bo`lib, u orqali rasmni ko`chirish, bo`yash, ramka o`tkazish, rasm
kontrastini (tiniqligini) to`g`rilash mumkin.
Rasmni skaner orqali qo`yish: buning uchun «Вставка» (Qo`yish) menyusida «Рисунок»
(Rasm) keyin «Со сканера» (Skanerdan) buyrug`i tanlanadi. Rasm «MS PHOTO EDITOR» da
ochiladi va uni o`zgartirish mumkin bo`ladi.
Taqdimotga rasm qo`yib, uni o`zgartirish, masalan, chegara ranglarini o`zgartirish,
alohida fragmentlar o`rnini o`zgartirish, bir necha rasmlarni birlashtirish mumkin.
Jadvallar qo`yish. PowerPoint dasturida boshqa dasturlardagi kabi jadval
ko`rinishidagi ma'lumotlarni ham kiritish va uni tahrirlash mumkin. Bu standart uskunalar
panelidagi quyidagi piktogrammalar yordamida amalga oshiriladi.
|
| |