71. Mavzu: Beze egri chiziqlari konturlarning gradientli to‘ldirish.
Reja:
1.Bezier egri chiziqlari bir nechta nuqtalar va yo'naltiruvchi chiziqlar.
2.Murakkab konturni hosil qilish.
3.Obyektlarni surish va transformatsiya qilish
Egri chiziq yaratishda OpenOffice.org
Draw uning
mos yozuvlari nuqtalari sichqonchaning chap tugmasi yordamida ketma-ket ko'rsatiladi.
Bezier egri chiziqlari, chizilgan egri chiziqlar, ko'pburchaklar
Trigonometrik tenglamalarga asoslanib, frantsuz matematigi
va muhandisi Per Bezier
avtomobil sanoatida qo'llaniladigan metall kesish dastgohlari uchun murakkab konturlarni
osongina va bir vaqtning o'zida moslashuvchan tavsiflashning maxsus usulini yaratdi; bu
usul Bezier egri chiziqlari deb ataldi va soddaligi va moslashuvchanligi tufayli keyinchalik
kompyuter grafikasining eng muhim usullaridan biriga aylandi. Egri chiziqli segmentlar
Bezie asbobi yordamida egri chiziqli segmentlarni ham yaratsa bo‘ladi. Buning uchun
asbobni ishga qo‘shib, kursorni boshlang‘ich nuqtaga olib kelinadi
va sichqonchani chaр
tomon tugmasi chertilib yon tomonga suriladi. Paydo bo‘lgan tayanch nuqtadan boshqarish
to‘g‘ri chizig‘i olinadi. Boshqaruvchi to‘g‘ri chiziq uzunligi va qiyalik burchagidan segment
egriligi aniqlanadi.
Qavariq segmentni olish uchun birinchi tayanch nuqtani qavariq tomonga, ikkinchisini esa,
teskari tomonga surish kerak.
Agarda ikkinchi nuqtani ham shu tomonga sursa S-ko‘rinishidagi egri chiziq paydo bo‘ladi.
Murakkab konturni hosil qilishda kamroq tayanch nuqtalarni hosil qilgan maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
-Bitta yo‘nalishga ega egri chiziq bitta tayanch nuqtani talab qiladi.
-O‘z yo‘nalishini sekin o‘zgartiradigan egri chiziq ikkita tayanch nuqta talab qiladi (boshida
va oxirida).
-Yo‘nalishini burchak ostida o‘zgartiruvchi egri chiziq uchun har bir egrilikda tayanch nuqta
kerak bo‘ladi.
Размерная линия (Dimension) asboblari
Bezier egri chiziqlari bir nechta
nuqtalar va yo'naltiruvchi
chiziqlar
ustida qurilgan. Egri chiziq qurilgan
nuqtalar mos yozuvlar nuqtalari deb
ataladi; ularning har biri mos yozuvlar
nuqtasida
Bezier
egri
chizig'iga
teginishda joylashgan ikkita segment
bilan tavsiflanadi (ular qo'llanmalar
deb ataladi).
Har birining uzunligi
keyingi yoki oldingi egri segmentning
tikligini belgilaydi va teginish burchagi
mos yozuvlar nuqtasining har ikki
tomoniga yo'nalishni belgilaydi.
Chizmalar va sxemalar bilan ishlaganda shakllarning to‘g‘ri chizilishi bilan bir qatorda
ularning razmerlarining to‘g‘ri bo‘lishi katta ahamiyatga ega.
Vektor grafikasi dasturlari
sxemalar chizish uchun qo‘l keladi. Dasturda bu amallarni bajarish uchun oltita
asbob mavjud:
1. Автоматическая размерная линия (Auto Dimension) asbobi sichqonchani qaysi
yo‘nalishda siljishiga qarab o‘lchamli to‘g‘ri chiziq chizadi. (Vertikal, gorizontal o‘lchamli
to‘g‘ri chiziqlarning bir-biriga o‘tish
tugmasi yordamida amalga oshiriladi.)
2. Вертикальная размерная линия (Vertical Dimension) asbobi faqat vertikal o‘lchamli
to‘g‘ri chiziq paydo qiladi.
3. Горизонтальная размерная линия (Horizontal Dimension) asbobi faqat gorizontal
o‘lchamli to‘g‘ri chiziq paydo qiladi.
4. Наклонная размерная линия (Slanted Dimension) asbobi faqat qiya bo‘lgan o‘lchamli
to‘g‘ri chiziq paydo qilib obyekt o‘zgarishi bilan u ham o‘zgaradi.
5. Выноска (Callout) asbobi obyektlarga biriktirilgan yorliqlarni yaratadi.
6. Угловая размерная линия (Angular Dimension) asbobi burchakning qiymatini
ko‘rsatadigan o‘lchagich yoy yaratadi.
Xohlagan turdagi o‘lchamli to‘g‘ri chiziq yaratish uchta bosqichdan tashkil toрadi:
-Birinchi chertish boshlang‘ich nuqtani aniqlaydi;
-Ikkinchi chertish oxirgi nuqtani aniqlaydi;
-Uchinchi chertish o‘lcham yoziladigan yerdan to‘g‘ri chiziqgacha masofani bildiradi.
Obyektga o‘lchamli yoki ulanuvchi to‘g‘ri chiziqni bog‘lash uchun joriy bo‘lgan nuqtalarning
biriga kursorni olib kelib, sichqoncha bilan chertiladi.
Burchakni o‘lchovchi chiziqni paydo etish to‘rtta bosqichdan iborat:
-Birinchi chertilish burchakning dastlabki nuqtasini aniqlaydi;
-Ikkinchi va uchinchi chertilishlar nurda burchak nuqtalarini belgilaydi;
-To‘rtinchi chertish esa nurdagi nuqtalardan o‘lcham yozilgan yozuvgacha bo‘lgan masofani
belgilaydi.
Соединительная линия (Connector Line)ning asosan xizmati ikkita obyektni bir-biri bilan
bog‘lash uchun ishlatiladi. Bu esa, birlashtirilgan obyektlarni surish va transformatsiya qilish
imkoniyatini beradi. Agarda obyektlar mavjud bo‘lmasa oddiy to‘g‘ri chiziqda aylanib
qoladi. Agarda faqat bitta obyekt bo‘lsa, u holda ikkinchi tomoni sahifaga bog‘langan
bo‘ladi.
Biriktiruvchi chiziqni hosil qilish uchun obyektlarning mos tayanch nuqtalariga sichqoncha
yordamida chertiladi. Chiziqning рarametrlari (rangi, qalinligi) o‘zgartirilsa ikkita obyekt
ham o‘zgaradi.
Интерактивный соединитель (Interactive Connector) asbobi
har xil blok sxemalar
yaratishga mo‘ljallangan. Соединительная линия (Connector Line) asbobidan farqi faqat
vertikal va gorizontal chiziqlar yaratadi. Shu bilan birga obyektlar siljitilganda tayanch
nuqtalarga bog‘lanish saqlanadi, agar kerak bo‘lsa uni olib tashlasa ham bo‘ladi.
Интерактивный соединитель (Interactive Connector) asbobi yordamida ikkita obyektni
bog‘lash uchun dastlab kursor birinchi obyektning
tayanch nuqtasiga olib kelinib,
sichqoncha bilan chertiladi va ikkinchi obyektning tayanch nuqtasigacha chiziq tortiladi.
Berilgan obyektni transformatsiya qilganda biriktiruvchi chiziq avtomat ravishda o‘zgaradi
va bog‘lanishni uzmaydi. Agar biriktirilgan obyektlardagi tayanch nuqta o‘chirilsa, eng yaqin
nuqta tayanch nuqta qilib olinadi.