№13-Mavzu:Axborot xavfsizligining texnik tizimi




Download 7,26 Mb.
bet28/96
Sana27.01.2024
Hajmi7,26 Mb.
#146974
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96
Bog'liq
2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek

№13-Mavzu:Axborot xavfsizligining texnik tizimi

O‘quv mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli





Mashg‘ulot vaqti-80 daqiqa

O‘quvchilar soni: 26

–31 gacha

Mashg‘ulot shakli va turi

Amaliy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha O‘quv
mashg‘uloti

O‘quv mashg‘ulotrejasi

  1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qo‘yilgantalablar

  2. Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash

  3. Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari

  4. Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga Axborot xavfsizligining texnik
tizimi bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirish

Mashg‘ulotdan kutilayotgan natijalar:

Axborot xavfsizligining texnik talablari bo’yicha O‘quvchilarda amaliy ko’nikmalar shakllantirish

Pedagogik vazifalar:

  • Axborot tizimlarida

xavfsizlikni ta’minlashga qo‘yiladigan talablar bilan
tanishtiradi;

  • Axborot tizimlari himoya tiziminibaholashni o‘rgatadi;

  • Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari bilan tanishtiradi va

tasniflaydi.

O‘quv faoliyati natijalari:

  • Axborot tizimlarida xavfsizlikni ta’minlashga qo‘yiladigantalablarini yoritib bera oladilar;

  • Axborot tizimlari himoya tizimini baholash bo’yicha amaliy ko’nikmani ko’rsatib bera oladilar;

  • Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalarini aytib bera oladilar va tasniflab bera oladilar

O‘qitish metodlari

Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, namoyish etish, aqliy hujum

O‘qitish vositalari

O‘MT,ma’ruzalar videoproektor, slayd

matni,

kompyuter,

O‘quv etish
shakllari

faoliyatini

tashkil

guruhli, juftlikda




O‘qitish sharoiti

Maxsus jixozlangan o‘quv xona (kompyuter o‘quv xonasi)

Qaytar aloqaning yo‘l va vositalarining yo‘l va vositalari

Tezkor so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, berilgan o‘quv topshiriqlarini baholash




O‘quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


Ta’lim shakli Ish
bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni



O‘qituvchining

O‘quvchi- ning

O‘quv mashg‘ulo
-tiga kirish (5 daqiqa)

Tashkiliy qism:
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshirish

Mashg‘ulotg atayyorlanadi




Tayanch bilimlarni faollashtirish
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo’yicha o‘quvchilarga savollar beriladi, ularni baholaydi (1-ilova)
Maqsad va vazifalarni belgilanishi 2.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad
va o‘qitish natijalari bilan
tanishtiriladi;
3.O‘quv ishlarida o‘quvchilarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi (2- ilova); Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish 4.Tezkor so‘rov,
savol-javob, aqliy
hujum texnikalari orqali bilimlarni faollashtiradi;
Yangi o‘quv metodlari bayoni:

  1. Amaliy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishiga muofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi.

  2. Mavzu bo’yicha PowerPoint tartibida namoish vasharxlar bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariyholatlarni bayon qiladi

Yangi o‘quv materialini mustahkamlash

  1. Mustahkamlash uchun savollar beriladi.

Savollarga
javob beradilar




Yozib oladilar

2. Asosiy bosqich

Guruhlarga bO‘linadilar.
Javob beradilar

(65
daqiqa)

Diqqat qiladilar Guruhlarda ishlaydilar




Fikr almashadilar

3.
Yakuniy bosqich
(10
daqiqa)

Mashg‘ulot yakuni:
1.O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydivarag‘batlantiradi;
Uyga vazifa berilishi:

O‘z- O‘zini O‘zaro baholashni O‘tkazadilar.
Topshiriqni yozadilar




Mustaqilishlash uchun adabiyotlar bilantanishtiriladi;
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beriladi




O‘tilgan mavzularni takrorlash:

    1. ilova

O‘tgan dars yuzasidan ―Aqliy hujum metodidan foydalanib savol-javob o.‘tkaziladi.

  1. Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish

  2. Mavjud tarmoqlar

  3. Tarmoq xavfsizligi imkoniyatlaridan foydalanish

    1. ilova

Baholash mezoni
O‘quvchilarni dars jarayoni davomidagi ishtirokidan kelib chiqib, ularni baholash bo’yicha o‘quvchilarni baholash mezonlari bilan tanishtiriladi:





Baholash mazmuni

Ballar

Og‘zaki so‘rov quyidagi mezonlarasosida baholanadi

Amaliy ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi

1.

Mavzu atroflicha to‘liq, asosiy fikr va tuchunchalar o‘zlashtirilishiga erishilsa

Berigan topshiriq og‘zaki va yozma nutq me‘yorlariga amalqilingan holda to’g’ri
bajarilsa

5

2.

Маvzu asosan, asosiy fikr va tushunchalar qisman
o‘zlashtirilishiga erishilsa

Topshiriqni bajarishda 4 tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilsa

4

3

Mavzu qisman o‘zlashtirilishiga erishilsa

Topshiriqni bajarishda 7-8 tagacha xatolikka yo‘l qo‘yilsa

3

4

Mavzuning ba‘zi elementlarini o‘zlashtirilishiga erishilsa

Topshiriqni bajarishda 8 tadan ortiq xatolikka yo‘l
qo‘yilsa

2

5

Mavzuning O‘zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida
bO‘lmasa




1

13-MAVZU:AXBOROT XAVFSIZLIGINING TEXNIK TIZIMI
Reja:

  1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qo‘yilgan talablar

  2. Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash

  3. Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari

  4. Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi



1 Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qo‘yilgan talablar
AT yaratilib ishga tushirilgandan so‘ng uning asosiy ob’ekti axborot hisoblanadi. Tashkilotning barcha axborot resurlari, faoliyat ko‘rsatayotgan AT bilan bog‘liq ravishda ishlaydi.Axborot resursi tashkilotdagi barcha xujjatlar, shaxsiy ma’lumotlar vaxar xil turdagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. SHunday ekan ATda asosiy himoyalanishi zarur bo‘lgan ob’ekt – buaxborotdir. Bundan tashqari ATning to‘liq va samarali ishini ta’minlash uchun boshqa komponentlari (texnik, dasturiy vositalar) ning ham himoyasini ta’minlash zarur. Himoyani ta’minlashning hamma uchun umumiy bo‘lgan usul yoki algoritmi mavjud emas, shu sababli himoyani ta’minlash kompleks vositalar va choratadbirlardan iborat xavfsizlik tizimini yaratishni ko‘zda tutadi.
Xavfsizlik tiziminiyaratishdan oldin axborot xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarni, axborotlarning ruxsatsiz chiqib ketish va ruxsatsiz foydalanish yo‘llarini aniqlash lozim.Axborot xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlar saqlanayotgan, uzatilayotgan va qayta ishlanayotgan axborotlar ruxsatsiz foydalanish, o‘g‘irlash va o‘zgartirishdan iborat bo‘lgan har qanday jarayondir.
2Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash
Xavfsizlik tizimi axborot xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarni aniqlashi va ularning oldini olishi va quyidagi vazifalarni bajarishi zarur[34]:
Axborotlarni to‘plash,saqlash, qayta ishlash va uzatishda butunligi ta’minlash;
Foydalanuvchilarning axborot resurslaridan vakolati doirasida foydalanishni ta’minlash;
Axborotlarni o‘chirish, o‘zgartirish, nusxalash, o‘g‘irlashdan va shu kabi ruxsat etilmagan faoliyatlarni cheklash;
ATlardagi shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash;
Xavfsizlik tizimi ATlarining samaradorligini aniqlashning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.AT xavfsizlik tizimitizimdagi mavjud axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarning tizim axborot resurslariga bo‘lgan taxdidlarga mosligi tushuniladi.Axborot xavfsizligiga bo‘lgan taxdidlar esa axborotning maxfiylik, to‘lalik va foydalanishga ruxsat kabixususiyatlarini buzishga bo‘lgan xarakatlardir.
ATlarda qo‘llaniladigan texnik va dasturiy vositalarga qarab turli xildagi taxdidlar bo‘lishi mumkin. Ushbu xurujlar vaqt o‘tishi bilan yangicha yo‘llar orqali amalga oshiraveriladi, shuning uchun tizim xavfsizligi ham doim yangilanib yangicha xavflarga tayyor turishi lozim. Tizimda har bir xavf uchun alohida xavfni bartaraf etuvchi mexanizm mavjud bo‘lishi lozim.Bu shart AT himoyalanganligining birinchi omili hisoblanadi.Ikkinchi omil mavjud mexanizmlarning yetarlicha mustaxkam bo‘lishi, mustaxkamlik xurujlar yangicha yo‘llar orqali amalga oshirilganda mexanizmning qay darajada qarshilik ko‘rsatishidir. Uchinchi omil esa xurujlar muvaffaqqiyatli amalga oshirilganda ATga qay darajada zarar yetkazishni aniqlashdir.
Amaliyotda keltirilgan omillarni oldindan baholash va tahlil qilish juda murakkabdir.Korxona yoki tashkilot ATning himoyalanganligini baholashuchun axborot xavfsizligi auditi o‘tkazilishi zarur.

3Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari


Korxona axborot xavfsizligi auditi axborot xavfsizligini ta’minlashning, uni tashkil etishning samarali choralaridan biridir. Axborot tizimi auditi korxonaning axborot xavfsizligi xolatini baxolaydi, tizimnmng zaif tomonlarini aniqlaydi, xavfsizlik tizimining axborot tizimiga mosligini hamda korxona axborot xavfsizligining kelajakdagi rivojlanish strategiyasini belgilabberadi.
Korxona axborot tizimi axborot xavfsizligining talablariga javob berishi kerak. Ushbu talablar asosida korxonada axborot xavfsizligi kontseptsiyasi ishlab chiqilishi kerak. Bu kontseptsiyalar quyidagi ctandartlar asosida ishlab chiqiladi[34]:
Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash. ISO 15408 [15]. Ushbu standartda axborot tizimini yaratishda kafolatli xavfsizlik va unga qo‘yilgan talablar batafsil yoritilgan. Lekin ushbu standartni xavfsizlikni baholashning universal kompleksi sifatida foydalanib bo‘lmaydi, bunda axborot tizimi xavfsizligining administrativ va ma’muriy huququiy masalalari ko‘zda tutilmagan.
Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari. ISO/IEC 17799 (BS 7799- 1:2000) [16]. Ushbu standart Britaniya standartlashtirish instituti (BSI) tomonidan ishlab chiqilgan va ikki qismdan iborat. Birinchi qismi (BS 7799 part 1//Code of practice for Information Security Management)2000 yil Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan tasdiqlangan (ISO/IEC 17799). Ushbu standartda tashkilotning axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratishning 120 dan ortiq mexanizmlari yoritilgan. Bu mexanizmlar shu yo‘nalishdagi jaxon tajribasidan olingan namunalar bo‘lib, har qanday yo‘nalishdagi va hajmdagi tashkilotlarga qo‘llash mumkin.
Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi. ISO/IEC 27001 (BS 7799- 2:2002) [16]. Ushbu standart BS 7799 ning ikkinchi qismi (BS 7799 part 2//Information Security management) bo‘lib, bunda axborot xavfsizligini boshqarish tizimini yaratishga, foydalanishga topshirishga, monitoring O‘tkazishga, qo‘llab quvvatlashga va takomillashtirishga qo‘yilgan talablar yoritilgan.
Ushbu standartlar asosida korxona yoki tashkilotlar O‘zining axborot xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Bu strategiyada yordamida mavjudxavfsizlik tizimining xolatini aniqlash, axborotlar qiymatiga qarabxavfsizligini ta’minlash darajasini aniqlash,mavjud va amalga oshirilishi mumkin bO‘lgan xurujlarni aniqlash va ularga mos xavfsizlik mexanizmlari
keltiriladi. Bundan tashqari audit O‘tkazilishi natijasidaaxborot xavfsizligini ta’minlash usul va metodlari ham aniqlanadi va joriy etiladi.

4Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi


ATlarda xavfsizlikni ta’minlash kompleks chora tadbirlardan iboratdir, chunki xurujlar qaysi yO‘l bilan amalga oshirilishi aniq bO‘lmaydi, shu sababli xavfsizlik tizimi har qanday kO‘rinishdagi xurujlarga tayyor turishi zarur.
AT xavfsizlik tizimini quyidagicha izohlash mumkin(Rasm 1.2.)[34]:

AT xavfsizlik tizimi


Xuquqiy choralaraxborotga ruxsat etilmagan murojaat qilishni amalga oshirishga intilayotgan shaxs yo‘lida turadigan ximoyadir, bu g‘arazli niyatli shaxsning ruxsat etilmagan maxfiy axborotlardan foydalanganda uning oqibatlarini ko‘rsatib beruvchi xujjatlardir. Axborotni ximoya qilishning bu jixati axborotni uzatishda va qayta ishlashdan yuridik meyorlarga rioya qilishni zarurligi bilan bog‘langandir. Axborotni ximoya qilishni xuquqiy meyorlariga mamlakatda xarakatda bo‘lgan qonunlar, buyruqlar va boshqa meyoriy dalolatnomalar tegishlidir, ular cheklangan miqdorda ishlatadigan axborot bilan murojaat qilish qoidalarini reglamentlaydi. Bu bilan ular axborotni ruxsat etilmagan ishlatishga to‘siqlik kiladilar va buzg‘unchilarni ushlab turadiganomil xisoblanadi.
Tashkiliy choralarmaxfiy ob’ektlarga jismoniy tomondan zarar yetkazish, ish faoliyatiga aralashish va O‘g‘irlanishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni kuzatish, qo‘riqlashni amalga oshirishdir. Tashkilotda maxfiy ob’ektlar qo‘riqlanishi, begona shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik, agar begona shaxslar kirgan taqdirda ham ularni zudlik bilan aniqlash vositalarini O‘rnatish ya’ni signalizatsiyalar, video-kuzatuv uskunalar. Maxfiy axborot yokixujjatlarnimaxsus seyflarda saqlanishini tashkil qilish, axborot
resurslari saqlanadigan hududlarga maxsus chegaralar O‘rnatish. Tashkiliy choralarga yana tabiiy ofatlar ro‘y bergan xolatlarda axborot xavfsizligini ta’minlash choralari ham kiradi.Tashkiliy choralarga ishchi xodimlar bilan ishlash, ishga olish ham kiradi bunda yangi xodimlarni tekshirish, ularni maxfiy axborot bilan ishlash tartibi bilan tanishtirish, uni qayta ishlash qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishtirish va x.k.
Administrativ choralar tizim resurslaridan foydalanish va ular ustidagi jarayonlarni amalga oshirishda foydalanuvchilarni guruhlarga bO‘lish hamda ularga rollar berish ishlarini amalga oshiradi.Foydalanuvchining roli deganda ma’lum axborot ustida ma’lum bir jarayonni amalga oshirishga berilgan ruxsat tushuniladi. Bundan tashqari maxfiy kalitlar vasertifikatlarniboshqarishni tashkil etishdir.
Dasturiy vositalar ATlarni himoyalashda asosiysi sanaladi, yuqoridagi keltirilgan vositalarni buzib O‘tganda ham dasturiy vositalarxavflarga bardoshliligi bilan himoyani bartaraf etishi mumkin.Axborotni himoyalashda dasturiy vositalar ikki guruhga bO‘linadi. Birinchisi nokriptografik dasturiy vositalar antiviruslar, antispamlar va fayrvollardir. Antiviruslar tizim faoliyatiga halal beruvchi, tizimdagi ma’lumotlarni O‘g‘irlovchi va O‘zgartiruvchi dasturlarni aniqlash hamda faoliyatini tO‘xtashish uchun ishlatiladi.Fayrvollar kompyutertarmoqlarga qO‘yiladigan filtrlardir, bular tarmoqlardan tizimga ruxsatsiz kirish va keraksiz axborotlar oqimini tO‘xtatish uchun ishlatiladi.
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar



  1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qo‘yilgan talablar

  2. Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash

  3. Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari

  4. Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi

Uyga vazifa





    1. Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash

    2. Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari

    3. Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi

Download 7,26 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96




Download 7,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№13-Mavzu:Axborot xavfsizligining texnik tizimi

Download 7,26 Mb.