• 14-MAVZU: DASTURIY HIMOYALASH ELEMENTLARI
  • Innovatsiyalar




    Download 7,26 Mb.
    bet31/96
    Sana27.01.2024
    Hajmi7,26 Mb.
    #146974
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96
    Bog'liq
    2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek

    O‘quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


    Ta’lim shakli Ish
    bosqichlari va vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O‘qituvchining

    O‘quvchi- ning

    mashg‘ulot iga kirish (5 daqiqa)

    Tashkiliy qism:
    O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi vadavomatini tekshirish

    Mashg‘ulot ga tayyorlanadi

    2. Asosiy bosqich
    (65
    daqiqa)

    Tayanch bilimlarni faollashtirish
    1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo’yicha o‘quvchilarga tezkor savol- javob metodidan foydalangan holda o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi va o‘quvchilar diqqati jamlab olinadi (1-ilova) Maqsad va vazifalarni belgilanishi 2.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad
    va o‘qitish natijalari bilan tanishtiriladi; 3.Mashg‘ulot
    Guruhli birgalikda O‘rganishshaklida O‘tkazilishini va baholash mezonlarini ma’lum qiladi (2-ilova);

    1. Yangi mavzu bo’yicha FSMU texnologiyasi bo’yicha guruhlarga topshiriq beradi (3-ilova) Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish

    2. Tezkorso‘rov, savol-javob, aqliy hujumtexnikalari orqali bilimlarni faollashtiradi;

    Yangi o‘quv metodlari bayoni:

    1. Amaliy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishiga muofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha xarakatlar tartibini bayon etadi.

    2. Mavzu bo’yicha PowerPoint tartibida namoish va sharxlar bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariyholatlarni bayon qiladi

    Yangi o‘quv materialini mustahkamlash 8.Mustahkamlash uchun savollar beriladi.

    Savollarga javob beradilar

    Yozib oladilar

    Guruhlarga bO‘linadilar
    .
    Javob beradilar

    Diqqat qiladilar Guruhlarda ishlaydilar

    Fikr almashadila r

    3.Yakuniy bosqich
    (10 min)
    .

    Mashg‘ulot yakuni:

    1. O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydiva rag‘batlantiradi;

    2. Uyga vazifa berilishi:

    3. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiriladi.

    O‘zaro baholashni O‘tkazadilar
    .
    Topshiriqni yozadilar

        1. ilova

    O‘tilgan mavzularni takrorlash:
    O‘tgan dars yuzasidan tezkor savol-javob metodidan foydalanib savol-javob O‘tkaziladi.



    1. Axborot tizimlariga va ularning xavfsizligiga qo‘yilgan talablar

    2. Axborot tizimlarining himoyalanganligini baholash

    3. Axborot xavfsizligi boshqaruvining amaliy qoidalari

    4. Axborot xavfsizligini boshqaruv tizimining tasnifi

    Baholash mezoni


    Guruhda ishlashni baholash jadvali

        1. ilova



    Guruh

    Javobning aniqligi va toliqligi (2-
    5 ball)

    Taqdim etilgan axborot yaqqolligi (2- 5ball)

    Guruhning har bir a’zosi faolligi (2-5 ball)

    Umumiy ball miqdori (2+3+4)

    Baho(5/4)




    2

    3

    4

    5

    6





































    Har bir guruh mezonlar bo’yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab boradi:
    5-ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz». Dars yakuni O‘qituvchi O‘tgan yangi mavzu bo’yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi O‘quvchilar javobini
    muhokama qilib, O‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi.
    Darsga faol ishtirok etgan O‘quvchilarni O‘qituvchi baholaydi

    O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari

    86-100
    %

    5 baho “a`lo”

    71 - 85%

    4 baho “yaxshi”

    55 – 70%

    3 baho «qoniqarli»



    «FSMU» metodi

        1. ilova

    Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʻzlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
    Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashgʻulotlarida, mustahkamlashda, oʻtilgan mavzuni soʻrashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʻulot natijalarini tahlil etishda foydalanishtavsiya etiladi.

    «FSMU» metodidan dars jarayonida foydalanishning afzalliklari





    • O‘quvchilarni fikrlash qobilyatuini shakllantiradi;

    • Dunyoqarashini kengaytiradi va o‘z fikrini sodiq qolish va ximoyalash ko’nikmasini shakllantiradi;

    • Keltirilgan mulohaza va misollarni umumlashtirish va yakuniyxulosalar berish qobilyatini shakllantiradi.

    Texnologiyani amalga oshirish tartibi:



    • qatnashchilarga mavzuga oid boʻlgan yakuniy xulosa yoki gʻoya taklif etiladi;

    • har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qogʻozlarni tarqatiladi:

    • ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibdataqdimot qilinadi.


    Yuqoridagi texnalogiyada o‘quvchilar tomonidan yangi mavzu yuzasidan keltirilgan fikrlar, misollar, isbotlar va umumlashtiruvchi fikrlarni o‘qituvchi tomonidan kamchiliklari bartaraf etiladi, xatolari to’g’rilanadi, real va xayotiy misollar orqali isbotlanib, mavzuni umumlashtirilib beriladi.
    14-MAVZU: DASTURIY HIMOYALASH ELEMENTLARI
    Reja:

    1. Funksional vazifasiga ko‘ra axborotlarni muhandis-texnik himoyalash vositalari

    2. Axborotlarni himoyalashni apparat vositalari

    3. Dasturiy vositalar

    Funksional vazifasiga ko‘ra axborotlarni muhandis-texnik himoyalash vositalari quyidagi guruhlarga ajratiladi:





      1. Fizik vositalar. Bu vositalarga mexanik, elektromexanik, elektron, elektronoptik, radio- va radiotexnik va boshqa qurilmalar mansub bo’ladi. Bu vositalarning vazifasi axborotlarga ruxsatsiz kirishni va tajouzkorlikni boshqa mumkin bo‘lgan harakatlarni oldini olishdan iborat. Bu vositalar quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi:

        • korxona hududini qo‘riqlash va uni kuzatish uchun;

        • binolarni qo‘riqlash va uni nazorat qilish uchun;

        • jihozlarni, mahsulotlarni, moliyaviy natijalar va axborotlarni qo‘riqlash uchun;

    - bino va inshoatlarni nazorat qiluvchi vositalarga kirishni himoya qilish uchun.
    Barcha obyektlarni himoya qilishni fizik vositalarini uchta kategoriyaga ajratish mumkin:
    ogohlantirish vositalari (obyekt o‘ralgan devorlar); tahdidni aniqlash vositalari (signalizasiya va kuzatish uchun o‘rnatilgan televizorlari) va tahdidni bartaraf qilish tizimlari (o‘t o‘chirish vositalari)
    Umuman olganda bu kategoriyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

        • qo‘riqlash va qo‘riqlash-o‘t o‘chirish tizimlari;

        • qo‘riqlash televizorlari;

        • qo‘riqlash yoritgichlari;

        • - fizik himoyalash vositalari;

        • - apparat vositalari.




      1. Axborotlarni himoyalashni apparat vositalari

    Axborotlarni himoyalashni apparat vositalari quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkoniyat beradi:



        • axborotni ruxsatsiz chiqib ketish kanallarini aniqlash maqsadida texnikvositalarni maxsus tekshiruvlardan O‘tkazish;

        • turli hil obyektlarni axborotlarni ruxsatsiz chiqib ketish kanallarini aniqlash;

        • axborotni ruxsatsiz chiqib ketishi aniqlangan kanallarini lokallashtirish

    (ajratibolish);

        • sanoat shipionaji vositalarini qidirish va aniqlash;

        • konfidensial bo‘lgan axborotlar va boshqa manbalarga ruxsatsiz kirishga qarshi harakatlarning konfidisial bo‘lishi.




      1. Dasturiy vositalar.

    Axborotlarni dasturiy himoyalash – bu axborotlarni himoya qilishvazifasini amalga oshiruvchi maxsus dasturlar tizimidir. Konfidensial axborotlarning xavfsizligini ta’minlovchi dasturlari quyidagi yo‘nalishlarga ajratilib ko‘rsatiladi:

        • axborotlarni ruxsat berilmagan kirishlardan himoyalash;

        • axborotlarni nusxa olishdan himoyalash; - axborotlarni viruslardan himoyalash;

    - aloqa kanallarini dasturiyimoyalash.
    Axborotlarni ruxsat berilmagan kirishlardan himoyalashni dasturiy vositalarini bajaradigan funksiyalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

        • obyektlar va subyektlarni identifikasiyalash;

    hisoblash resurslari va axborot resurslariga kirishga cheklovlar O‘rnatish; - axborot va dasturlar bilan bo’ladigan harakatlarni nazorat va registrasiya qilish. Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir. Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
    Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin.
    Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun
    «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat- dasturiy vositalardan foydalaniladi.
    Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari deganda, faqatgina axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlar tushuniladi.
    Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy dasturiy vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • kompyuter tizimlarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi va autentifikatsiyalovchi dasturlar;

    • kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlarini cheklovchi dasturlar; – axborotlarni shifrlovchi dasturlar;

    • axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni, ma’lumotlar

    bazalarini, ta’limning kompyuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy o‘zgartirishlardan, foydalanishlardan va ko‘paytirishlardan himoyalovchi dasturlar.
    Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga taalluqli ma’noda identifikatsiyalash atamasi kompyuter tizimlari sub’ektining unikal nomini bir qiymatli tanib olishni ushbu sub’ektga mosligini tasdiqlashni anglatadi (sub’ektning aslligini tasdiqlash).
    Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:

    • qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va hokazo) yo‘q qiluvchi dasturlar;

    • kompyuter tizimlarining xavfsizligi tizimiga bog‘liq bo‘lgan turli voqeava hodisalarni tiklash hamda shunday voqea va hodisalar ro‘y berganini isbotlash uchun foydalaniladigan audit dasturlari (qayd qilish jurnallarini yuritish);

    • qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar (qoidabuzarni go‘yoki yopiq axborotlarni olgan deb chalg‘itish);

    • kompyuter tizimlarining himoyalanganligini sinovdan o‘tkazuvchi nazorat dasturlar va boshqalar.

    Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining afzalliklariga quyidagilar kiradi:

    • ko‘paytirishning osonligi;

    • moslanuvchanlik (turli sharoitlarda qo‘llaniladigan muayyan kompyuter tizimlarini, axborot xavfsizligiga tahdidning o‘ziga xosligini hisobga olib, sozlash imkoniyati);

    • qo‘llashning qulayligi – bir xil dasturlar, masalan shifrlovchi dasturlar

    «shaffof» (foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan) rejimda ishlaydi, boshqalari foydalanuvchidan hech qanday qo‘shimcha yangi (boshqa dasturlari bilan taqqoslaganda) ko’nikmalar talab qilmaydi;

    • ularni axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar hisobini yuritish uchun o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan takomillashuvining amaldagi chek-chegarasiz imkoniyatlari mavjudligi. Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalarining kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

    • himoyalovchi dasturlarning faoliyati kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanish hisobiga bo‘lgani uchun bu tizimlar samaradorligining susayishi;

    • juda past unumdorlik (xuddi shunday vazifani bajarayotgan apparat vositalar bilan taqqoslaganda, masalan shifrlovchi qurilma);

    • axborotlarni himoyalovchi ko‘pgina dasturiy vositalarning kompyuter dasturiy ta’minotiga bevosita o‘rnatilmagani (quyidagi rasmlar), bu holat qoidabuzarning ushbu dasturlarni chetlab o‘tishiga prinsipial imkoniyatlar yaratadi;kompyuter tizimlaridan foydalanish jarayonida axborotlarni himoyalashning dasturiy vositalarini

    Mustahkamlash uchun topshiriqlar

    1. Fizik vositalar

    2. Tahdidni aniqlash vositalari

    3. Tahdidni bartaraf qilish tizimlari

    4. Axborotlarni dasturiy himoyalash

    Uyga vazifa





    1. Axborotlarni himoyalashni apparat vositalari

    2. Axborotlarni dasturiy himoyalash




    Download 7,26 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96




    Download 7,26 Mb.