Humanity and Science Congress
Hosted From Ipoh, Malaysia
https://conferencepublication.com May 2
nd
2022
41
TA’LIMNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
INNOVATSIYALARDAN KENG FOYDALANISH VA
YOSHLAR BILAN ISHLASH JARAYONINING AMALIY
TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH.
Xalilova Sabriye Abdulvanovna.
Farg’ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi umum ta’lim fanlar bo’limi
Rus tili fani
o’qituvchisi
Annotatsiya: O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimini isloh qilishda, darslarni sifatli
tashkil etish, ta’lim berish jarayonida innovatsiyalardan keng foydalanish, o’quvchilarni
amaliy tayyorgarligini mustahkamlash, ularda mavjud barcha kamchiliklarni bartaraf etish –
bu barcha o’quvchilarni, balki barcha Oliy ta’lim muassalarida qiynab kelayotgan masalardan
biri desak, mubolag’a bo’lmaydi. Shu kabi muommolarni quyida ko’rib chiqishimiz mumkin.
Kalit so’zlar: Ta’lim, axborot
texnologiyalari, zamonaviy va ilg’or ta’lim texnologiyalari,
raqamli texnologiya, xalqaro tajribalar, samaradorlik, pedagogik texnologiya,
virtual stend,
modernizatsiyalash, konsepsiya, akmeologik motivat-siya, adabiyotlar.
Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni
shakllantirish – zamon talablariga javob beradigan, yuqori
malakali kichik mutaxassis
kadrlarni tayyorlash va mazkur jarayon samaradorligini ta’minlovchi kasbiy ta’lim
mazmunini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ushbu vazifa bir qator qonunchilik va
me’yoriy hujjatlarda, xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar tayyorlash tizimi
va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan,
jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib
chiqqan holda qayta qurish misolida aniq maqsadlarga yo’naltirilgan ko’rsatma va
tamoyillar ko’rinishida o’z aksini topgan
1
. O’zbekiston
mustaqilligining
dastlabki
yillaridayoq birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ham ta’lim tizimida erishilgan
muvaffaqiyatlar va mavjud kamchiliklarni obyektiv tahlil qilib,
kadrlar tayyorlashda tub
islohotlarga ehtiyoj borligini isbotlab berdi.Shuningdek, I.A.Karimov o’z nutqida mazkur
masala-ning ijtimoiy zaruratini asoslab, “Fanga iste’dodli yoshlarning kirib kelishini
ta’minlash uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy
maktabning, hatto, umumiy ta’lim maktablarining faoliyatini tubdan isloh qilish kerak”, deya
ta’kidlagan.
2
Darhaqiqat, mazkur masalalarni hal etish
respublikamizdagi mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta’lim tizimini
shakllantirish orqali yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish maqsadini nazarda tutadi.
Shunday ekan, barkamol shaxsni tarbiyalash, uni mutaxassis sifatida
shakllan-tirish, jamiyatda
munosib kasbiy-ijtimoiy statusga ega bo’lishida oily ta’limi muassasalarining o’rni katta.
Ma’lumki dunyodagi mavjud
barcha jamiyatning kelajagi, taraqqiyoti ta’lim tizimining qay darajada taraqqiy etgani bilan
belgilanadi.Shu boisdan ham, hozirda mustaqil taraqqiyot yo’lidan
ildam borayotgan
davlatimizning uzluksiz talimni isloh qilish va takomilashtirish, yangi sifat bosqichiga
ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samara-
dorligini oshirilishi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani ham sir emas.Ta’lim-tarbiya jarayoni
1
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2012 y. – 46 b.
2
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya, 2003. B– 84