• TELEKOMMUNIKATSIYA UZATISH TIZIMLARI Kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma
  • Oliy va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
  • T a q r iz c h ila r
  • Telekommunikatsiya uzatish tizimlari




    Download 59.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/103
    Sana15.08.2023
    Hajmi59.67 Mb.
    #78622
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
    Bog'liq
    telekommunikatsiya uzatish tizimlari
    Axborotxavfsizligi Ilovalar, bosim olchash asboblari, Slayd, 33- Maktab HISOBOT I-yarim yillik
    E:\Telekommunikatsiya\1-2 b.p65

    O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
    VA O ‘RTA MAXSUS TA’ LIM VAZIRLIGI
    O ‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’ LIMI MARKAZI
    A.V. SHIN, N. XODJAYEV
    TELEKOMMUNIKATSIYA 
    UZATISH TIZIMLARI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma
    TOSHKENT — «ILM ZIYO» — 2016


    UO‘K 621.377.037.3(075)
    KBK 32.949
    SH61
    Oliy va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi ilmiy-metodik birlashmalari 
    faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga 
    tavsiya etilgan.
    Ushbu o‘quv qo‘llanma «Telekommunikatsiya» yo‘nalishida ta’lim 
    olayotgan kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 
    namunaviy o‘quv rejasi dasturiga asoslanib tuzilgan. O‘quv qo‘llanmada 
    telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari tuzilishining umumiy tamoyillari, 
    yangi texnologiyalar va ularning qo‘llanilishi, uzatish tizimlariga xizmat 
    ko‘rsatish prinsiplari kabi masalalar bayon etilgan.
    T a q r iz c h ila r :  T.P. OVCHINNIKOVA — Toshkent axborot texno- 
    logiyalari kasb-hunar kolleji direktor o‘rinbosari; 
    D.Y. YUNUSOV — dotsent, texnika fanlari nomzodi.
    ISBN 978-9943-16-213-6
    © A.V. Shin va boshq., 2016-y.
    © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y.


    S O ‘Z B O S H I
    O ‘zbekiston Respublikasi m ustaqillikka erishgach, 1991 - 
    yildan boshlab xalq x o ‘jaligining turli jabhalarida respublikam iz 
    Prezidenti I. Karimovning tashabbuslari bilan yirik k o ‘p yillik 
    rivojlanishni o ‘z ichiga olgan katta loyihalar amalga oshirila 
    boshlandi, jum ladan, aloqa sohasiga alohida e ’tib o r berildi, bu 
    bo rad a yangi texnologiyalar asosida aloqa tizim i va axbo- 
    rotlashtirishni rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi, davlat 
    miqyosida bir qator dasturlar qabul qilindi va kechiktirmay amalga 
    osh irila b oshlandi. T elekom m unikatsiya y o ‘n alish id a, tele- 
    kom m unikatsiya tarm oqlarini tubdan yaxshilash va rivojlantirish 
    m asalalarini hal qilish birlam chi vazifaga aylandi. Bu dolzarb 
    m uam m olarni yechish uchun O ‘zbekistonda telekommunikatsiya 
    tarm oqlari va axborotlashtirishni rivojlantirish asosiy y o ‘n a- 
    lishlarini belgilash uchun qator qonun, farm on va qarorlar qabul 
    q ilin d i, ju m la d a n , « T e le k o m m u n ik a ts iy a la r t o ‘g ‘risid a »
    (20.08.1999-y.); «Axborotlashtirish to ‘g‘risida» (11.12.2003-y.)gi 
    O ‘zbekiston Respublikasi qonunlari; V azirlar M ahkam asining 
    1995-yil 1-avgustdagi «O ‘zb ek isto n R espublikasi te le k o m ­
    munikatsiya tarmog‘ini 2010-yilgacha bo‘lgan davrda rekonstruksiya 
    qilish va rivojlantirish milliy dasturi to ‘g ‘risida»gi 307-son Qarori; 
    O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi 
    « K o m p y u te rla sh tirish n i y a n ad a riv o jla n tirish va a x b o ro t- 
    kom m unikatsiya texnologiyalarini joriy etish to ‘g ‘risida»gi PF - 
    3080-sonli F arm oni va boshqalar shular jum lasidandir.
    Telekom m unikatsiya tarm o g ‘in i rivojlantirish to ‘g ‘risidagi 
    qarorga muvofiq, O ‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya 
    tarmog‘ini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish va rivojlantirish 
    vazifalari b elg ilan di va b u v azifalar am alga o sh irilm o q d a. 
    Telekommunikatsiya tarmog‘i deyilganda hududiy turli olis masofada 
    joylashgan foydalanuvchilarga axborot yetkazilishini ta ’minlovchi 
    elektr aloqa vositalarining, shuningdek, uzatishga m o ‘ljallangan 
    va qabul qilingan axborotni saqlash va qayta ishlash vositalarining 
    jam lanm alari tushuniladi.
    3


    Telekommunikatsiya sohasining kichik texnik mutaxassislari 
    mavjud tarm oq va tizim larni ekspluatasiya qilish, ularga texnik 
    xizm at k o ‘rsatish m asalalarini chuqur egallagan b o ‘lishlari kerak 
    va quyidagi m uam m olarni bilishlari lozim: axborotlarni yetkazish 
    bo ‘yicha oshib borayotgan talablarni qondirish uchun m amlakatda 
    telekom m unikatsiya tarm oqlari qaysi y o ‘nalishda rivojlanishini; 
    qan ch a va qanday aloqa vositalarini jo riy etish lozim ligini; 
    uzatilayotgan xabarlarni o ‘z vaqtida yetkazish va aniqligini 
    ta ’m inlash, m inim al xarajatlardan zaruriy sam ara olish, shu- 
    ningdek, uskunalar va aloqa kanallaridan m aksim al foydalanish 
    u c h u n te le k o m m u n ik a tsiy a ta rm o q la rin i q a n d a y o p tim a l 
    rivojlantirishni bilishlari kerak.
    Barcha m amlakatlarda, shu jum ladan, O ‘zbekistonda ham
    telekommunikatsiya tarm oqlarini qurish va baholash masalalari 
    dolzarb hisoblanadi.
    Telekommunikatsiya uzatish tizimlari va tarmoqlarini o ‘rganish 
    «Telekommunikatsiya» va turdosh ta ’lim yo‘nalishlari b o ‘yicha 
    kichik texnik xodim tayyorlash tizim ining m uhim va ajralmas 
    qismidir.
    Bugungi kunda «Telekommunikatsiya uzatish tizimlari» fanini 
    o ‘rganishda qo ‘llaniladigan yagona, tizimiy darslik mavjud emas, 
    o ‘quv materiallari mavzuga qarab turli adabiyot va m anbalardan 
    olinadi, bu esa fanni o ‘zlashtirishda biroz qiyinchiliklar tug‘dir- 
    moqda. Taqdim etilayotgan darslik ushbu m uam m oni qism an hal 
    qilishga qaratilgan ijodiy ishdir.
    Taklif etilayotgan darslik sakkizta bobdan iborat. Birinchi bobda 
    telekommunikatsiya uzatish tizimlarining asosiy vazifalari, ta ’rif 
    va tu shunchalari, telekom m unikatsiyaning rivojlanish tarixi, 
    u la rn in g ta sn ifla n ish i, m a ’lu m o tla rn i u z a tu v c h i tra n s p o rt 
    tarm og‘ining rivojlanishi, telekommunikatsiya tarm oqlari tarkibi 
    va stru k tu rasi, tarm o q larn in g istiq b o lli riv o jlan ish i h am d a 
    m a’lum otlarni uzatishda foydalaniladigan signallarning logarifmik 
    birliklari keltirilgan.
    Ik k in c h i b o b d a u z atish tiz im la rin in g u m u m iy tu z ilish
    prinsiplari, birlam chi signallar va ularning fizik tavsiflari, uzatish 
    tizim lari arxitekturasi, axborot taqsim oti uzatish kanallari va 
    ularning tavsifi keng yoritilgan.
    4


    U chinchi bobda kanallari chastota b o ‘yicha ajratilgan uzatish 
    tiz im la rin in g tu zilish p rin sip i, k o ‘p k an alli u zatish tiz im - 
    larining tuzilish prinsipi, kanal signallarini shakllantirish ta - 
    m oyillari, chastotalarni k o ‘p m arta o ‘zgartirish prinsipi, kanal 
    va traktlarda yuzaga kelishi m um kin b o ‘lgan shovqinlar tabiati 
    k o ‘rib chiqilgan.
    T o‘rtinchi bob telekommunikatsiya uzatish tizimlarida raqamli 
    uzatish tizimlarining tuzilish prinsipiga bag‘ishlangan. Kanallari 
    vaqt b o ‘yicha ajratilgan uzatish tizimlarining tuzilish prinsipi, 
    analog sig n ald an raq am li signalga o ‘tish , A IM signalining 
    xususiyatlari va AIM signallarining turlari, birlam chi raqam li 
    kanalning signallar tuzilmasi, IK M bilan uzatishni tashkil etish 
    tamoyillari, birlam chi raqam li kanaldagi signallarning tuzilmasi 
    (E-1 oqim i), IK M -30 oxirgi stansiyasining tuzilishi, raqam li 
    uzatish tizimlarida sikllash va sinxronlash prinsiplari, raqamli liniya 
    trakti tuzilishining prinsiplari ko‘rib chiqilgan.
    Signallarni regeneratsiyalash, regeneratorlarning tuzilish 
    sxemasi, taktli chastotani ajratish, raqam li uzatish tizim larida 
    qo ‘llaniladigan liniyaviy kodlar ko‘rib chiqilgan.
    Beshinchi bobda raqam li uzatish tizim ida raqam li oqim larni 
    birlashtirish usullari, IK M asosida tashkil qilingan raqamli uzatish 
    tizim i iyerarxiyasi, plezioxron raqam li iyerarxiyada raqam li 
    oqim larni birlashtirish, P D H tizimlarining kam chiliklarini PD H
    da sinxronizatsiya va boshqarish m uam m olari, raqam li oqim larni 
    sin x ron raq am li iyerarxiyada b irlash tirish , sinxron raq am li 
    iyerarxiya (SD H )ning afzalliklari, sinxron raqam li iyerarxiyaning 
    tuzilish xususiyatlari, sinxron raqam li iyerarxiyaning raqam li 
    uzatish tizim lari, SD H da um um iy multipleksorlash sxemasi, 
    S T M -N ning shakllanishi, SD H sinxron raqam li iyerarxiya 
    qurilm alari, sinxron raqam li iyerarxiyaning asosiy (bazaviy) 
    topologiyalari, SD H tarm oqlarida sinxronizatsiya m asalalari 
    k o ‘rilgan.
    O ltinchi bobda telekommunikatsiya uzatish tizim i texnolo- 
    giyalarini q o ‘llash, abonent kirish tarm oqlari texnologiyalari, 
    IS D N , DSL, PO N , multiservis tarm oqlari N G N — keyingi avlod 
    tarm oqlari batafsil ko ‘rib chiqilgan.
    Yettinchi bob telekommunikatsiya uzatish tizimlarida tola optik 
    tizim larining q o ‘llanilishi, optik aloqaga oid asosiy tushunchalar
    5


    va optik tolali aloqa tizimlari, OA tizimlarining tuzilish prinsiplari, 
    optik yorug‘lik uzatgichlar, ularning turlari, foton texnologiyasi 
    asosidagi telekom m unikatsiyaning optik tarm oqlariga bag‘ish- 
    langan.
    Sakkizinchi bobda telekommunikatsiya uzatish tizimlariga texnik 
    xizm at k o ‘rsatish m asalalari keltirilgan, shuningdek, uzatish 
    tizim lariga texnik xizm at k o ‘rsatish obyektining ishonchlilik 
    ko ‘rsatkichlari, buzilishlar jadalligi, ishonchlilikni oshirish usuli, 
    uzatish tizimlariga texnik xizmat ko ‘rsatish, O ‘zbekiston Respub- 
    likasining telekom m unikatsiya tarm o g ‘i rivojlanish h o lati va 
    istiqbollari yoritilgan.
    6


    K IR IS H
    1875-yilda, telefon aloqasining rivojlanishida j o ‘natuvchi 
    nuqta, ovozni uzatish usuli va texnologiyasi b o ‘lgan telefon 
    yaratilgandan beri, 1975-yilda birinchi m ikrokom pyuter paydo 
    b o ‘lgunga qadar 100 yil o ‘tdi. Shu davr m obaynida aloqa (butun 
    dunyoda o ‘tgan asr 60-yillarning o ‘rtalarigacha, Rossiyada esa 
    70-yillarning o ‘rtalarigacha) analog tizim lardan iborat edi. 1937- 
    yildan IK M , 1939-yildan boshlab esa maxsuslashtirilgan raqam li 
    kom pyuterlar m a ’lum b o ‘lishidan q a t’i nazar, am alda raqam li 
    aloqa tizim lari yo ‘q edi.
    40-yillarning boshlarida, aloqa radiolokatsiyasining rivoj- 
    lanishi m unosabati bilan im pulsli m odulatsiyalash usuli jadallik 
    bilan rivojlanishiga qaram ay, raqam li qurilm alarning hajm i juda 
    kattaligi tufayli am alda keng tarqalm adi. Bu hol 1959-yilgacha, 
    elem ent bazasi sifatida tranzistorlar qo ‘llaniladigan ikkinchi avlod 
    kom pyuterlari paydo b o ‘lgunga qadar davom etdi.
    M a ’lum otlarni uzatish tarm og‘ida raqam li texnologiyalarni 
    q o ‘llashning boshlanishi IK M , ya’ni kabelli aloqa tarm oqlari 
    asosidagi raqamli telefon tizimlari bilan bog‘liq. IKM va kanallarni 
    vaqtli ajratishga ega b o ‘lgan multipleksorlash usuli qo‘llaniladigan, 
    ovozni uzatuvchi birinchi raqam li tizim 1962-yilda Chikagoda 
    o ‘rnatilgan Bell System (AQSH) kom paniyasining tizim i hisob- 
    la n a d i. B u tiz im m is sim li k a b e lla r o rq a li, B ell System
    kom paniyasi ofislari orasida 24 ta ovozli kanallarni uzatish 
    im konini bergan. H ar bir ovozli kanal 64 kbit/s tezlikda uzatilgan 
    va barcha kanallarning ikkilik m a ’lum otlari 1536 kbit/s tezlikli 
    yagona oqim ga m ultipleksor yordam ida birlashtirilgan, xizm at 
    kanali (8 k b it/s)n i nazarda tu tg an holda bu oqim ning tezligi 
    1544 kbit/s ga yetdi. U keyingi standartlashga asoslangan holda, 
    o ld in A Q S H d a ra q a m li te le fo n la s h tiris h tiz im la ri u c h u n
    multipleksorlashning birinchi sathi deb qabul qilindi va DS1 yoki 

    Download 59.67 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




    Download 59.67 Mb.
    Pdf ko'rish