BMT ning mingyillik rivojlanish maqsadlari




Download 0.52 Mb.
bet6/7
Sana08.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#44600
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Inson taraqqiyoti indeksi
Mikroiqtisodiyot (S.G\'ulomov va b.), 1, Agrotexnologiya2
3.BMT ning mingyillik rivojlanish maqsadlari
Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning „Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va o‘lchovi“ nomli Ma’ruzasidan
Bugungi kunda mamlakat boyligi tabiiy resurslar bilan emas, balki shu millat odamlari bilan belgilanmoqda. Ya’ni qaysi mamlakat o’z fuqarolariga keng qamrovli tanlov umkoniyatini yaratib bergan bo’lsa, o’sha davlatda insonlarning har jihatdan rivojlanishi hisobiga farovonlik va to’kin-sochinlik hukm suradi. Lekin insonlarga vosita sifatida emas, balki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga erishishning tub maqsadi sifatida qarash o‘rinlidir. Shuning uchun ham inson taraqqiyoti konsepsiyasi „mamlakatning haqiqiy boyligi - bu uning odamlaridir“, degan asosiy g’oyani targ’ib qiladi.
1990 - yil boshlaridan beri inson taraqqiyoti ko’rsatkichi (indeksi) belgilab olindi. Unga asosan mamlakat rivojlanishining o’rtacha darajasi inson taraqqiyotining asosan quyidagi uch asosiy o’lchoviga ko’ra aniqanadigan bo’ldi:
1. Kutiladigan yashash davomiyligi ko’rsatkichi o‘zida mamlakat sog’liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta’minotning holatini ma‘lum darajada aks ettiradi.
2. Ta’lim darajasi ko’rsatkichi aholi katta yoshli qismi(15 yosh va undan katta)ning savodlilik darajasini va aholini boshlang’ich, o’rta va oliy ta’limga jalb qilish holatini o’zida ifoda etib, mamlakat ta’lim tizimining qay tarzda ekanligini ko’rsatib beradi.
Aholi jon boshiga nisbatan YaIM (yalpi milliy mahsulot) ko’rsatkichi mamlakat fuqarolarining daromadi qay darajada ekanligini ko’rsatadi.
Ushbu tarkibiy qismning har biri insonning muhim va asosiy imkoniyatlarini o’zida qamrab oladi. Inson taraqqiyotining bu uchala komponenti uchun muntazam ravishda hisoblanadigan va deyarli dunyodagi barcha mamlakatlar taqqoslanadigan ko’rsatkich tizimi taqdim qilingan. BMT statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2004 yil O’zbekistonda inson taraqqiyoti ko’rsatkichlari quyidagi natijalarni bergan:

Ta’lim ko’rsatkichi 40,45%ni tashkil etib, mamlakat ta’lim sohasi butundunyo o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori yoki 177 davlat orasida 80 o’rindan joy olgan.
• Kutiladigan o’rtacha umr davomiyligi 34,92%dan iborat bo’lib, dunyo mamlakatlari bo‘yicha 112 - o’rinda turgan.
• Biroq aholi jon boshiga nisbatan YaIM ko’rsatkichi 177 mamlakat orasidan faqatgina 141- o’rinni egallagan.
• Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy taraqqiyot (1995 - yil)
• Iqtisodiy o’sish va inson taraqqiyoti (1996 - yil)
• Ijtimoiy yakdillik va inson taraqqiyoti (1997 - yil)
• Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning demokratik, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o’tkazishdagi roli (1998 - yil)
• O’zbekiston mustaqillikka erishgan yildan beri o’tgan davrga inson taraqqiyoti jihatidan nazar tashlash (1999 - yil)
• Kichik va o’rta biznesni kengaytirish va rivojlantirish orqali inson taraqqiyotini kuchaytirish (2000 - yil)
O’zaro hamkorlik haqidagi memorandumni imzolash chog’ida BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili Erjan Murat quyidagi fikrlarni bildirdi: “Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashim kerakki, O’zbekiston Qozog’iston, Ozarbayjon, Rossiya, Belorusiya kabi davlatlar qatori ushbu o’quv dasturini joriy etish ishtirokchisiga aylandi. Bu tashabbuslarimizni amalga oshirishda asosiy milliy hamkor sifatida aynan JIDUni tanlashimiz strategik jihatdan asoslangan.
JIDU O’zbekistonda ta’lim rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Universitetingiz bitiruvchilarining juda yuqori malakali mutaxassis bo’lib, davlat vazifalarida ishlayotganligini kuzatish mumkin”.
Shuni ta’kidlash o’rinliki, JIDU magistratura bosqichining o’quv rejasiga “Inson taraqqiyoti” nomli o’quv kursining sinov tariqasida kiritilganligi ushbu memorandumning imzolanishiga turtki bo’ldi. O’tkazilgan kurs nafaqat talabalar, balki o’qituvchilarda ham ijobiy taassurot qoldirdi. 35 nafardan ortiq talabalar o’quv yili mobaynida mazkur kursni tinglashdi va kursni yanada takomillashtrish yuzasidan o’z taklif va tavsiyalarini bildirishdi.
JIDU rektori Hamidulla Karamatov joriy etilgan o’quv dasturining ahamiyati va o’zaro hamkorlik haqida shunday mulohazalarni bildirdi: “Eng yaxshi sarmoya – bu yoshlar uchun sarmoya kiritishdir. Shu nuqtai nazardan ushbu loyihaga nisbatan bizning talabalarimizga, bizning farzandlarimizga ko’rsatilayotgan yordam sifatida qaraymiz. Men umid qilamanki, talabalarimiz 2- sentabrdan o’quv xonalariga kirgach, bunday yangiliklardan ularning chaqnoq ko’zlari yanada katta-katta ochiladi. O’ylaymanki, shuning o’zi BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasiga, menga va barcha hamkasblarimiz uchun aytilgan “katta rahmat” bo’ladi. Aynan shuning uchun yashasak va mehnat qilsak arziydi”.

XULOSA.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakkiy, inson taraqqiyoti konsepiyasining yuzaga kelishi avvalo, Inson taraqqiyoti indeksini ham o’z ichiga oladi - u jamiyat tashkil etadigan butun haqiqatni qamrab ololmaydi, u qanchalik yaxshi ta'lim, sog'liqni saqlash va boylik tizimiga ega bo'lishidan qat'iy nazar, mamlakatdagi nozik vaziyatni aks ettirishi mumkin bo'lgan o'zgaruvchini qoldiradi. Masalan, agar Inson taraqqiyoti indeksi 1 ga teng bo'lgan mamlakat to'satdan YaIMning keskin pasayishiga duch kelsa va odamlar ochlikdan boshlasalar, Inson taraqqiyoti indeksi buni aks ettirmaydi, chunki umr ko'rish davomiyligi asta-sekin pasayib boradi. Shunday qilib, Inson taraqqiyoti indeksi - bu uzoq muddatli istiqbolda jamiyatning qanchalik rivojlanganligini ko'rsatuvchi ko'rsatkichdir.

Download 0.52 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BMT ning mingyillik rivojlanish maqsadlari

Download 0.52 Mb.