Ilmiy tadqiqot ishi (ITI) to`g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/94
Sana17.12.2023
Hajmi2,53 Mb.
#121790
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Ilmiy tadqiqot ishi (ITI) to`g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish. ITI 
hisobotlariga quyidagi talablar qo`yiladi: 
- tuzilishning aniqligi; 
- materialni bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligi; 
- dalillarning ishonchliligi; 
- ifodalashning qisqa va aniqligi; 
- ish natijalari bayonining aniqligi; 
- xulosalarning isbotlanlanishi va tavsiyalarning asosliligi. 
Hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari va qoidalari “Ilmiy tadqiqot 
ishlari to`g’risidagi hisobot" bo`yicha Davlat standarti 7.32-91 da berilgan. 
ITI haqidagi hisobot quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
- bosh varaq; 
- bajarilgan ishlarning qisqacha mazmuni 


130 
- bajaruvchilar ro`yxati; 
- referat; 
- mundarija (sarlavha); 
- qisqartmalar, belgilar va maxsus terminlar ro`yxati, zarur holda ularga 
tushuntirish beriladi; 
- asosiy qism; 
- adabiyyotlar ro`yxati; 
- ilova. 
Referat o`tkazilgan ITI asosiy mazmunini ifodalash kerak, unda hisobotning 
hajmi, tasvirlar miqdori va tavsifi, jadvallar miqdori, hisobot yozilgan til, asosiy so`zlar 
ro`xati va referat matni haqidagi ma`lumot bo`lishi lozim. 
Referat matni quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
bajarilgan ish mohiyatini va tadqiqot usulini ifodalovchi asosiy qism; 
referat asosiy qismi mazmunini ochib beruvchi aniq ma`lumotlar; 
olingan natijalarning o`ziga xosligi, samaradorligi, qo`llanilishi mumkin 
bo`lgan sohalarga taalluqli qisqacha xulosalar. 
Referatning eng maqbul hajmi 1100-1200 bosma belgi. Hisobotning asosiy 
qismi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi: 
kirish; 
analitik sharx (masalaning qo`yilishi); 
ishning tanlangan yo`nalishini asoslash; 
bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarini ifodalovchi hisobot 
bo`limlari; 
xulosa (xulosa va takliflar). 
Kirish ish bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy muammo (masala)ning
zamonaviy ahvolini, shuningdek ishni maqsadini gsqacha tavsiflash kerak. Kirish 
qismida tavsiflanayotgan ishdagi yangilik va dolzarblik nimadan iboratligani bayon 
etish va uni o`tkazish zarurligini asoslash zarur. 
Analitik sharxda tadqiqotni metodikasi va hal etish vositalari bo`yicha 
adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlar, ITIda ko’rilgan masalani yangicha hal
etish yo`llari bayon qilinishi lozim. Ishning tanlangan yo`lini asoslash, boshqa 
mumkin bo`lgan yo`nalishlar bilan taqqoslash bo`yicha afzalliklari asoslanadi, ITI 
tanlangan yo`nalishi va ishchi gipoteza ITI o`tkazish aniq shartlarini hisobga olgan 
holda analitik sharxda mavjud bo`lgan tavsiyalarga asoslanishi kerak. ITI ning
tanlangan yo`lini asoslash ishning maqsadga muvofiqligi (yoki zarurligi)ni 
asoslash bilan almashtirmasligi kerak. ITI tanlangan yo`nalishi tegishli topshiriqlar 
bilan asoslanmasligi lozim. 
Bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarni ifodalovchi hisobotning 
qismlari barcha oraliq va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birgalnkda 
to`la va tadrijiy tarzda bayon etilishi kerak. 
Tadqiqot metodikasi tadqiqot o`tkazish metodologiyasini tanlashni 
asoslanishini, bunda foydalanilayotgan yohud ishlab chiqilayotgan texnik vositalar, 
matematik yoki tadqiqot natijalarini ishlab chiqishning boshqa metodini asoslangan 
axborotning tegishli manbaiga havola qilingan holda o`z
ichiga olishi kerak. 


131 
Mazmun va bajarilgan ish natijalari qismida quyidagilar ko`rsatilishi lozim: 
maqsad, muayyan eksperimentlar dasturining, ular mohiyatining tavsyfi; olingan 
ma`lumotlar aniqligi va ishonchligi baholanishi hamda nazariy ma`lumotlar bilan 
taqqoslanishi, bunday taqqoslash bo`lmaganda bu asoslanishi kerak. Olingan 
natijalar ta`kidlanishi va ularni qo`llanilish imkoniyati tavsiflanishi zarur. 
Ilovada asosiy matnga qo`shilganda ko’p joyni egallaydigan qo`shimcha 
materiallar beriladi. Quyidagilar ana shunday materiallar hisoblanadi: 
- oraliq matematik qistirmalar va hisob-kitoblar; 
- yordamchi raqamli ma`lumotlar jadvali; 
- sinov bayoni va hujjatlari;
- eksperiment o`tkazshtstsa qo`llaniltan apparatlar va priborlar tavsifi, 
o`lchashlar va sinashlar; 
- joriy texnikaviy echimlar yo`riqnomasi, metodikasi, tavsifiy qo`shimcha 
tarzdagi tasvirlar va sh. k. 
Matn qismi, tasvirlar, jadval va formulalar ilmiy tadqiqot ishi haqidagi 
hisobotni rasmiylashtirysh qoidalariga bo`lgan me`yoriy talablarga muvofiq 
rasmiylashtiriladi. 
Hisobotda beriladigan tasvirlar miqdori mazmuniga ko`ra belgilanadi va 
bayon etilayotgan material ravshan va aniq bo`lishi uchun etarli miqtorda berilishi 
lozim. Tasvirlar shunday tayyorlanishi kerakki, qismlari va yozuvlar sifatli 
reproduktsiya yoki kompyuterda aks ettirish imkonini ta`minlaydigan bo`lishi 
lozim. Mikrofilmi tayyorlanishi zarur bo`lgan hisobotlar uchun shtrixli tasvirlar va 
fotosuratlarni asl nusxasi qo`shimcha qilinishi kerak.
Barcha tasvirlar (fotografiya, sxemalar, chizmalar va b.) rasmlar deb ataladi. 
Rasmlar har bir qism ichida arab raqamlari bilan tadrijiy ravishda raqamlanadi. 
Rasm raqami bob tartib raqami va rasm tartib raqamidan iborat, bir-biri bilan nuqta 
yordamida ajratilgan bo`lishi kerak. Masalan, «2.01-rasm» (ikkinchi bob, birinchi 
rasm). 
Hisobot matnida rasmga havola qilinganda uning aniq tartib raqamini 
ko`rsatish kerak, masalan «2.01- rasm», «2.02-rasm». Matnda rasmga murojaat 
etilsa “rasmga qarang” deb murojaat etiladi va qisqartma so`z «qrng» bilan beriladi, 
masalan, «qrng. 3.02- rasm».
Rasmlar ularga matnda havola qilingandan so`ng hisobotda ketma-ket 
joylashtiriladi. Rasmlarni shunday joylashtirish kerakki ularni 1 ta varaqda (Word 
dasturida “Книжная” oriyentatsiyasida) ko`rish mumkin bo`lsin. Agar rasmlarni 
bunday joylashtirish imkoni bo`lmasa, ularni shunday joylashtirish lozimki,
toki hisobotni soat strelkasi bo`ylab aylantirib ko’rish mumkin bo`lsin varaqda 
(Word dasturida “Альбомная” oriyentatsiyasida). Hisobotda A4 formati hajmidan 
katta bo`lgan rasmlarni berish tavsiya etilmaydi.
Har bir rasm batafsil tavsifiy yozuvga ega bo`lishi lozim. Ostyozuv rasm 
tartib raqami bilan bir qatorga qo`shib joylashtiriladi. Rasmdagi yozuvlar 
hisobotdagi barcha rasmlar hajmi bo`yicha bir xil shriftda bajariladi. Hisobotlardagi 
ilmiy tadqiqotning raqamli materiallari jadval tarzida joylashtiriladi. Har bir jadval 
tavsifiy sarlavhaga ega bo`lishi kerak. Jadvaд yuqorisida «jadval» va uning tartib 


132 
raqami joylashtiriladi. Jadval tartib raqami xuddi rasmdagi kabi bo`ladi. Sarlavha 
«jadval» so`zidan yuqorida joylashadi. «Jadval» so`zi va sarlavha yozma harflarda 
yoziladi. Jadval grafalari sarlavhasi katta harflarda yoziladi, sarlavhachalar esa 
kichik harflarda. 
Hisobot matnida zarur hollarda formulalar joylashtiriladi. Formulalardan
so`ng simvollar (belgilar), koeffitsiyentlar va boshqa eksplikatsiyalarga 
tushuntirish beriladi. Eksplikatsiyalarda simvollar va raqamli koeffitsiyentlar 
qiymati formulalar tagidan ular formulada qanday tartibda berilgan bo`lsa shunday
tartibda keltiriladi. Har bir simvol va koeffitsientni qiymati yangi qatordan 
berilgani ma`qul. Eksplikatsiyaning birinchi satri «bu yerda» so`zi bilan boshlanadi. 
Bu so`zdan keyin ikki nuqta qo`yilmaydi.
Formula oxirida yoki nuqta, yoki vergul qo`yiladi. Eksplikatsiya 
keltirilayotgan holdagina vergul qo`yiladi. Formulalar bob ichida arab raqamlari 
bilan tartiblanadi. Formulaning tartib raqami bob tartib raqami va formula tartib 
raqamidan iborat bo`lishi keraq. Har ikkala tartib raqami nuqta bilan ajratiladi va 
qavs ichida beriladi. Masalan, «(1.02)» (birinchi bob ikkinchi formula). Formula 
targib raqami sahifaning o`ng tomonida formulaning quyidagi qatori bilan bir 
xil satrda beriladi. Matnda formulaga havola qilinganda uning aniq tartib raqami 
qavs ichida berilishi zarur, masalan: «(1.02) formulada»
Hisobotga adabiyotlar ro`yxati ilova qilinadi. Ro`yxatga barcha 
foydalaniladigan manbalar kiritiladi. Monografiyalar, maqolalar, standartlar
kashfiyotlar, ma`ruza tezislari, gazetadagi maqolalar, internet saytlari va h.k 
ITI to`g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish qabul qilingan mezonlarga 
muvofiq amalga oshiriladi. Hisobotlar o`z ichiga quyidagilarni olishi kerak: bosh 
varaq, bajaruvchilarning ular bajargan ishlar qisqacha mazmuni berilgan ro`yxat, 
referat, sarlavha, qisqartmalar ro`yxati, simvollar va maxsus terminlar, asosiy qism, 
adabiyotlar ro`yxati va ilova. Metodikani ifodalovchi, bajarilgan ishning mazmuni 
va natijalari haqidagi hisobotning qismlari to`liq va tadrijiy tarzda barcha oraliq 
va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birga bayon etilishi kerak. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy tadqiqot ishi (ITI) to`g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish