ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
ISSUE DEDIC ATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE AC ADEMY O F SC IENC ES OF THE REPUBLIC O F UZBEKISTAN
615
ATMOSFERA HAVOSI VA SHAHAR ATROF-MUHIT IFLOSLANISHINING MOBIL
MANBALAR BO'YICHA EKOLOGIK MONITORINGI TASHKIL ETISHNING
ASOSIY TAMOYILLARI
1
Nosirov Nozimbek Bekzod o‘g‘li,
2
Samiyev L.N
1
Tabiat
resurslari vazirligi, Atmosfera havosini
muhofaza qilish siyosati bo‘limi
bosh mutaxassisi;
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish tеxnologiyalari
ilmiy-tadqiqot instituti
tayanch doktoranti
2
TIQXMMI Milliy Tadqiqot Universiteti, T.f.d., Ilmiy rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8361927
Annotatsiya. Maqola mobil ifloslanish manbalari uchun atmosfera havosi holatining
ekologik monitoringini tashkil etish va samaradorligini oshirishning asosiy tamoyillarini ishlab
chiqishga bag‘ishlangan. Shaharlarda atmosfera havosining ifloslanishida avtomobil transporti
birinchi asosiy mobil manba hisoblanadi. Maqolada shahar atrof-muhitining atmosfera havosi
monitoringiga alohida o‘rin berilishi va harakatlanuvchi manbalarni atmosfera havosi
ifloslanishiga qo‘shayotgan hissasini hisobga olgan holda atmosfera havosi holatini kuzatishni
tashkil etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish asosida muammoni hal qilish taklif qilinadi.
Maqolada shaharlar hududida atmosfera havosining ekologik monitoringi samaradorligini
oshirish muhimligi ta‘kidlangan, olingan natijalari asosida kelgusida atmosfera havosining
ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va chiqindi gazlarni zararli
tarkibiy qismlaridan tozalash texnologiyalarini tanlash uchun asos bo‘ladi.