40 O‘qitish davomida talaba quyidagi jadvalni daftariga chizib matn bo‘yicha mos
qismiga yozishi lozim.
+ V ? - Insert metodidan darsning yangi mavzuni o‘rganish bosqichida foydalanish
lozim. Ushbu metodni o‘zlashtirish uchun quyidagi tayanch atamalar va iboralar
qo‘llanilishi mumkin: elektromagnit induksiya xodisasi, induktivlik, magnit oqim,
Lens qoidasi, magnit induksiya, elektromagnit induksiya qonuni, induksion tok,
“Elektr va magnetizm” kursidan taqvim rejada ushbu mavzudan amaliy
mashg‘ulotlariga 2 soat ajratilgan.
1- amaliy mashg‘ulot
. 1) Qur’a tashlash yo‘li bilan guruh har bir guruhchada 6
o‘quvchidan 4 ta kichik guruhchalarga ajratiladi. 2) O‘quvchilar har biri 6 ta
masaladan iborat variant savollarini olishadi. 3) Har bir kichik guruh o‘quvchilari bir
xil ruchkada javob beradilar. 4) Har guruhning varaqlarida sana, guruhning nomeri,
pedagogik texnologiya nomi, shu guruhda ishtirok etadigan o‘quvchilarning ismi,
sharifi yoziladi. 4) Har bir guruh 50 daqiqa davomida o‘z savollariga o‘zlarining
ruchkalarida javob beradilar. 5) Har bir guruh oldingi guruh javobini baholaydi, agar
javob to‘la bo‘lmasa, javobni o‘z ruchkasi bilan to‘ldiradi yoki javob noto‘g‘ri bo‘lsa,
o‘zining o‘z variantini taklif etadi. Bu bosqichga xam 10 daqiqa vaqt beriladi. 6)
Nazorat tugagach, jami 60 daqiqadan keyin varaqlarda har xil rang bilan yozilgan
javoblar bo‘ladi va ishlar o‘qituvchiga topshiriladi. 7) O‘qituvchi hamma
qatnashchilar natijalarini umumlashtiradi va o‘quvchilar ishlarini baholaydi.
Kamchiligi guruhlar bir xil kuchli bo‘lmasligi mumkin.
Amaliy mashg‘ulotlarda “Har kim har kimga o‘rgatadi” metodi-o‘quvchilarga
o‘qituvchiga aylanish ma’lum bilimlarni o‘zlashtirgach, o‘rtoqlari bilan baham
ko‘rish imkonini beruvchi o‘qitish usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida o‘quvchini
o‘qishga bo‘lgan qiziqishi oshadi va olgan bilimlarini yanada mustahkamlab oladi.
Bu metoddan biz amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llasak dars samaradorligi oshadi.
Amaliy mashg‘ulotlarida yaxshi biladigan o‘quvchilarga o‘zlashtirishi qiyinroq yoki
sekinroq bo‘lgan o‘quvchilar biriktiriladi va o‘quvchilar bir-birlariga amaliy
INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/14
41 mashg‘ulotdagi masalalarni yechishni o‘rgatadilar. Amaliy mashg‘ulotlarda
yechiladigan masalalar fizikaning boshqa bo‘limidagi masalalarga qaraganda bu
bo‘limida ko‘roq va murakkabroq. Shuning uchun o‘quvchilar birgalikda ishlasa dars
samaradorligi oshadi.