• Kalit so‘zlar: induksiya, elektromagnit induksiya qonuni, magnit maydon, lens qoidasi, Magnit oqim. Ключевые слова
  • Key words: induction, law of electromagnetic induction, magnetic field, Lenz’s rule, magnetic flow.
  • International Сonference on Learning and Teaching 2022/14




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana10.06.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #262023
    1   2   3   4
    Bog'liq
    36-41

    37 
    Annotation 
    In this research new pedogogical technologies can be used to explane the low 
    of "Electromagnetic induction" to students, in particular, the interactive method 
    “Bumerang”, in lecture, "Insert" in practical classes, "Galereya bo‘ylab aylanish" and 
    "Har kim har kimga o‘rgatadi" in laboratory classes. Students will be able to 
    understand the essence of the topic by using the interactive method "Insert" in 
    lectures.. In particular, the use of interactive methods "Galereya bo‘ylab aylanish", 
    "Har kim har kimga" and "Bumerang" in practical and laboratory classes allows 
    students to fully master the topic. 
    Kalit so‘zlar: 
    induksiya, elektromagnit induksiya qonuni, magnit maydon, lens 
    qoidasi, Magnit oqim. 
    Ключевые слова: 
    индукция, закон электромагнитной индукции, 
    магнитное поле, правило Ленца, магнитный поток. 
    Key words: 
    induction, law of electromagnetic induction, magnetic field, Lenz’s 
    rule, magnetic flow.
     
    Ta’lim jarayoniga interfaol metodlar bilan birgalikda axborot texnologiyalarini 
    foydalanib o‘qitish metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat 
    faoliyatining o‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarining takomillashuviga olib 
    keladi.
    Hozirgi kunda jamiyatning har bir a’zosi, o‘zining kundalik faoliyatida uzluksiz 
    ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan 
    axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. 
    Zamon talabi shunday ekan, o‘qituvchi ham o‘z kasbiy va pedagogik mahoratini 
    zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oshirib borish mumkin. Zamonaviy 
    axborot texnologiyalari o‘z muhitida axborot ob’ektlarini ularning o‘zaro aloqasini, 
    axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash texnologiyalari va vositalarini, 
    shuningdek 
    axborot 
    jarayonlarining 
    tashkiliy 
    va 
    huquqiy 
    tarkibini 
    mujassamlantiradi.
    2
    2
    1. Maxamatrasul Jo‘rayev. “Fizika o‘qitish metodikasi” // Toshkent ‘Abu Matbuot-Konsalt” 2015. 


    INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/14
    38 
    Boshqa ijtimoiy-gumanitar, tabiiy va umumkasbiy fanlar qatori, “Fizika” fanini 
    ham o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar guruhiga o‘qitishning muammoli 
    izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, talabalar 
    faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari, nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish 
    metodlari kiradi
    3
    . Shuning uchun “Elektr va magnetizm” kursining muhim va 
    qiziqarli mavzularidan “Elektromagnit induksiya qonuni” mavzusidan ma’ruza, 
    amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalardan foydalanish metodikasini yaratish ishning maqsadi hisoblanadi. 
    Ushbu mavzu bo‘yicha maruza mashg‘uloti quyidagi reja bo‘yicha o‘qitiladi: 
    1.Elektromagnit induksiya hodisasi. 2.Induksiya elektr yurituvchi kuch. 3. Faradey 
    qonuni. 4.O‘zinduksiya hodisasi. 5.O‘zinduksiya E.Yu.K 6.Induktivlik. 
    An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy ta’limni tashkil etishdan maqsad 
    ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
    erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga 
    yetkazib 
    berish
    , ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, 
    shuningdek o‘quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko‘nikma va 
    malakalarini baholash fizika fani o‘qituvchisidan katta pedagogik mahorat hamda 
    ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda dunyoning 
    ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida o‘quvchilarning 
    ilmiy faoliyatini
    , ijodkorligini 
    oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini 
    kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba 
    to‘plangan. Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan 
    yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo‘llay bilish bugungi zamon fizika 
    o‘qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir.Pedagogik texnologiyaning 
    muvaffaqiyatli 
    loyihalanishi 
    va 
    yakuniy 
    natija(samara)ning 
    kafolatlanishi 
    o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni 
    to‘g‘ri baholay olishiga bog‘liqdir. Har bir o‘tiladigan darsda ta’limning aniq 
    2. Sh.M. Mirziyoyev, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”,
    Toshkent sh., 2019-yil 29-aprel, PF-5712-son 
    3
    3. Abdullayev G.A. Fizika. “O‘qituvchi”-1989.
    4. Sadriddinov N., Rahimov A., A.Mamadaliyev, Z.Jamalova. Fizika o‘qitish uslubi asoslari. T.: O‘zbekiston-2005 


    INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/14
    39 
    maqsadining belgilanishi o‘qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan 
    biri sanaladi.
    Dars davomida Internet tarmog‘idan foydalanib, elektromagnitning magnit 
    induksiya chiziqlarining yo‘nalishi, “Berk konturda yuzaga keuvchi IEYuK” ni 
    aniqlash imkonini beruvchi animatsion fayldan foydalanish mumkin (1.rasm). Ushbu 
    animatsion faylda doimiy magnitni turli xil yo‘nalishda harakatga keltirish va berk 
    konturning o‘ramlari sonini o‘zgartirib berk konturdagi induksiya elektr yurituvchi 
    kuchni hamda induksion tok miqdorini aniqlash imkonini beradi
    4

    Ma’ruza mashg‘uloti davomida talabalarga “Insert” (belgi qo‘yib o‘qish) 
    metodidan foydalanishni taklif qilsa bo‘ladi. “Insert” metodi bu matnni belgi qo‘yib 
    o‘qishdir.
     
    1.rasm. Elektromagnit induksiya qonuni uchun 
    Faradey tajribasi 
    Belgilar quyidagi tartibda qo‘yiladi. O‘qish davomida tugallangan ma’lum 
    mazmunga ega bo‘lgan gap oxirida (qator oxirida) qo‘yiladi. Belgilar quyidagicha 
    tanlanadi. 
    “+” belgisi qo‘yiladi agar o‘qiganlari tushunarli bo‘lsa. Yangilik ola bilgan 
    bo‘lsa “V” belgisi qo‘yiladi. Agar o‘qiganlari tushunarsiz, fikriga qarshi bo‘lsa, “?” 
    belgisi qo‘yiladi. Agar o‘qiganlari yuzasidan savoli bo‘lsa, tushunmasa “–“ belgisini 
    qo‘yadi. 
    4
    5.I.V. Savelyev, “Umumiy fizika kursi II tom”, “O‘qituvchi” -1975 
    6. S.G. Kalashnikov, “Elektr”, “O‘qituvchi” -1979 


    INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/14

    Download 0,72 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    International Сonference on Learning and Teaching 2022/14

    Download 0,72 Mb.
    Pdf ko'rish