|
«интернаука» Научный журнал №31(254) Август 022 г. Часть Издается с ноября 2016 года Москва 2022 ббк 94 И73 Председатель редакционной коллегии: Еникеев Анатолий АнатольевичBog'liq Интернаука 31(254 2)O'ZBEK TILIDA MAQOLALAR
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
TALABALARNING BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI MAVZULARINI TAQSIMLASH TIZIMI
UCHUN MA’LUMOTLAR BAZASINI ISHLAB CHIQISH
Allanazarov Aral Bisenbayevich
assistent, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali,
O’zbekiston, Nukus sh.
Atamuratova Shaxsanem Turdimuratovna
talaba, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali,
O’zbekiston, Nukus sh.
Maysanova Aynura Kurmangaziyevna
talaba, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali,
O’zbekiston, Nukus sh.
ANNOTATSIYA
Mazkur tadqiqot ishining maqsadi talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularni taqsimlash tizimi uchun
ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot ishini bajarish davomida relyatsion ma’lumotlar bazasidan
foydalanilgan. Natijada tizim funksionalligini ta’minlash uchun kerakli ma’lumotlar bazasi ishlab chiqildi.
Kalit so’zlar:
ma’lumotlar bazasi, jadval, relyatsion ma’lumotlar bazasi, jadvallarni bog’lash.
Hozirga vaqtga kelib jamiyatimizning barcha
sohalarida axborot texnologiyalari keng qo’llanilmoqda
[1]. Har xil turdagi axborotlarning tobora ko’payib
borishi bizni uni qayta ishlashning yangi, ilg’or usullari va
vositalarini joriy etishga majbur qilmoqda va zamonaviy
hayot sharoitlarida axborotni saqlash, uzatish va
xavfsizligini ta’minlash yo’llariga tobora ko’proq
talablarni kuchaytirmoqda [2]. Ta’lim inson hayotining
ajralmas qismi bo’lib, ayni paytda ushbu sohada yangi
bilimlar manbai va ushbu bilimlarni qo’llash sohasi
hisoblanadi.
Ma'lumotlar bazasini loyihalashtirishni batafsil
muhokama qilishni boshlashdan oldin, shuni ta'kidlash
kerakki, har qanday ma'lumotlar bazasi qandaydir
axborot tizimining ajralmas qismi bo'lib, bu nafaqat
ma'lumotlarni saqlashni, balki ularni qayta ishlashni ham
nazarda tutadi. Shuning uchun, ma'lumotlar bazasini
loyihalashda har doim axborot tizimalari ishlatish
algoritmlariga mos kelishiga e’tibor berish kerak [3].
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida
MySQL tanlandi. Bu MBBT web ilovalar yaratishda juda
keng qo’llaniladi. Mazkur MBBT boshqa tizimlardan
o’zing tezkor ishlashi va PHP tili bilan ishlash imkoni-
yatlarining kengligi bilan ajralib turadi [4].
MySQL bilan ishlash uchun bo’lsa PHPMyAdmin
tizimidan foydalanamiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«интернаука» Научный журнал №31(254) Август 022 г. Часть Издается с ноября 2016 года Москва 2022 ббк 94 И73 Председатель редакционной коллегии: Еникеев Анатолий Анатольевич
|