Internetingizni VIP tarifga o’tkazishga 5 ta sabab 25.08.2015




Download 397.5 Kb.
bet7/13
Sana28.02.2022
Hajmi397.5 Kb.
#18203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Internet
Operatsion tizimlar, Tarmoq texnologiyalari, Android, Fan «Sport turlaridan musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish», A.G\'anixo\'jayeva - Umumiy mikrobiologiya(2), Mikrobiologiya Laboratoriya Mashg`ulotlari
Internetingizni VIP tarifga o’tkazishga 5 ta sabab 25.08.2015

Biz internet va zamonaviy texnologiyalar asrida yashayapmiz. Hozirgi kunda har kunlik hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Internet kundalik zaruratga aylanib ulgurgan bir vaqtda uyida kompyuteri bo’la turib, internetga ulangan holda ham traffik asosida ishlovchi tariflardan foydalanayotganlar topiladi.


O’zbekistonning internet xizmati provayderlari internetdan foydalanganlik uchun narxlarni imkon qadar arzon bahoda taklif qilishga urunishmoqda. Yurtimizda ISPlar o’rtasida raqobat bor, deb ayta olamiz. Uyida o’z shaxsiy kompyuteriga ega bo’lolgan kishi esa albatta ISPlar tomonidan taklif etilayotgan VIP tariflardan foydalana oladi. Quyida nega traffiki cheklangan internet tariflardan emas, VIP tariflardan foydalanishingiz kerakligi xususidagi 5 ta sababni e’tiboringizga havola etmoqchiman:


1. Narxlarning ko’p farq qilmasligi


Traffik asosida ishlaydigan va VIP tariflar narxlari o’rtasida deyarli hech qancha farq yo’q. Hozirgi kunda bozor narxlarini hisobga olsak, internet uchun bir oyda to’laydigan pulimiz VIP tariflarga hech qanday ikkilanishsiz o’tishimiz mumkinligini ko’rsatib berishi mumkin.

2. Internet tezligi


VIP tariflarning narxlari oddiy, traffik asosida ishlaydigan tariflarga nisbatan yuqoriroq bo’lishi bilan birga, internetning ishlash tezligi ham bir necha barobar yuqori hisoblanadi. Buni shaxsan o’zim sinab ko’rganman. VIP tariflar tashqi internet resurslari bilan ishlashda Sizga yetarli darajadagi tezlikni taqdim eta oladi.

3. Traffik haqida unuting


Hozirgi kunda internetda ma’lumot shu qadar ko’pki, o’zingiz uchun qiziqarli, foydali va zarur bo’lgan har qanday ma’lumotni olishda traffik haqida o’ylashingiz, sarflanayotgan megabaytlaringizni tejashingiz ortiqcha tashvish hisoblanadi. Bundan tashqari VIP tariflar bilan megabaytlaringizdan hovotir olmagan holda YouTube, Vimeo kabi saytlardan videolar tomosha qilishingiz, o’zingiz istagan fayl yoki dasturni hajmiga qaramasdan yuklab olishingiz mumkin bo’ladi.

4. Hamma uchun internet


VIP tarifdan foydalanishingiz WiFi orqali butun uyingizda internetdan foydalanish imkoniyatini ochib qo’yishingizga sharoit yaratadi. Bitta VIP tarif bilan uyingizdagi barcha telefonlar, planshetlar, laptop va oddiy kompyuterlar internetdan cheklovlarsiz foydalanishi mumkin bo’ladi.

5. Hotirjamlik va samaradorlik


VIP tarifdagi internetdan foydalanganingizda internet uchun to’lov qilgan mablag’laringiz to’g’risida hech ham hovotir olmasangiz bo’ladi. Oy boshida bir marta to’langandan so’ng oy davomida cheksin internetdan foydalanasiz. Albatta, bu ortiqcha megabayt ishlatib qo’yib, hisobidagi puli ortiqcha ishlatilib ketishidan hovotirda bo’lganlar holatidan ancha yaxshiroq. Axir bu yo’l bilan internet orqali bajaradigan barcha ishlaringiz samarali yakunlanishi kafolatlangan bo’ladi!
Yuqori texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalari asrida cheksiz internetdan foydalaning!



Download 397.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 397.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Internetingizni VIP tarifga o’tkazishga 5 ta sabab 25.08.2015

Download 397.5 Kb.