• Modem tushunchasi va uning vazifasi.
  • Internet tarmog‘i va unda ishlash asoslari. Qidiruv tizimlari va elektron pochta Reja




    Download 280,53 Kb.
    bet3/7
    Sana15.02.2024
    Hajmi280,53 Kb.
    #157319
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    19Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektro-fayllar.org

    Internetga boglanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali
    (optic tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon tarmog’i) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek
    kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish ko‘rinishida amalga
    oshiriladi.
    Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem
    qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon tarmog‘i orqali Internetga
    ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokollar) ham
    foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon
    tarmog‘i band qilinadi, foydalanish tugatgandan so‘ng telefon tarmog‘i
    bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Internetga
    ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga
    to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.
    Telefon tarmog‘i orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish
    Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga
    oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol)
    yordamida Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.
    Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki telefon tarmog’i orqali simli ulanish
    mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin.
    Internet tarmog‘iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning o‘zida
    amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo‘lsa, u
    holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki
    provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil
    telefon apparati zarur.


    Modem tushunchasi va uning vazifasi.
    Global

    tarmoqlarida


    kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Aloqa
    vositalari rivojlanayotgan bir paytda bunga ehtiyoj ham yo‘q. Telefon
    tarmoqlaridan foydalanib, kompyuterlarni global tarmoqlarga ulash uchun
    modem qurilmasi ishlatiladi. U katta bo‘lmagan elektron qurilma bo‘lib,
    kompyuter ichida yoki alohida joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Modem
    modulyator-demodulyator
    so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu
    qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish
    uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan
    raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat.
    Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham Internetga yoki
    telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.


    4
    Tashqi faks/modem
    Simsiz modem
    Ichki modem



    Download 280,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 280,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet tarmog‘i va unda ishlash asoslari. Qidiruv tizimlari va elektron pochta Reja

    Download 280,53 Kb.