6
uning manzil maydoniga kerakli web saytning manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy,
tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Web saytlarning toifalari va vazifalari. Web saytlarning asosiy vazifasi
shundan
iboratki, ular biror faoliyat, voqea va
hodisa yoki biror shaxsning
Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan saytlarni bir
necha xil toifalarga ajratish mumkin:
−
Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim
muassasalari, ilmiy-tadqiqot
muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz.
−
Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan
reklama agentliklari va
reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
−
Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do‘konlar, internet to‘lov
tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz,
webmoney.ru, egold.com.
−
Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o‘yinlariga,
fotogalereyalarga,
sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga
bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz.
−
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do‘stlarni
qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot o‘rnatishga bag‘ishlangan
saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru.
−
Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari,
xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.