• WWW tushunchasi.
  • Internet provayderlari va ularning vazifalari.
  • Internet tarmog
  • Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari




    Download 280,53 Kb.
    bet4/7
    Sana15.02.2024
    Hajmi280,53 Kb.
    #157319
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    19Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektro-fayllar.org

    Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet
    tarog‘inig vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga web-hujjatlarni o‘qish, elektron
    pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, hujjatlarni saqlash va ular
    bilan ishlash uchun xizmat ko‘rsatadi. Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish,
    masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, web-saytlarni tashkil etish,
    elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarida
    foydalaniladi.

    WWW tushunchasi. WWW (Worid Wide Web) – butun jahon o‘rgamchak
    to‘ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW – bu Internetga ulangan turli
    kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan hujjatlarga murojaat qilishni
    ta’minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan
    foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rtta poydevor
    mavjud:

    - barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);


    - gipermatn;
    - hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar (brouzer);
    - yagona manzilni ko‘rsatish tizimi (domen).


    Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet
    tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet
    provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini
    taqdim etuvchi provayder hamda Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
    Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan WWW,
    elektron pochta, xosting (web resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari
    ko‘rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga
    beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan
    tanlab olinadi.

    Internet tarmogi xizmatlari va ulardan foydalanish. Internet tarmog‘i
    abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional
    imkoniyatlar quyidagilar: web-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish
    va qabul qilish, muloqatda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan
    ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan
    foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda
    reklamani joylashtirish.


    Download 280,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 280,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari

    Download 280,53 Kb.