5
uchun Web serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan
axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish
tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog‘liq.
Web texnologiyasining hozirgi kunda brouzerlar deb ataladigan axborotni
ko‘rish uchun mo‘ljallangan o‘ndan ortiq turli vositalar mavjud.
Brouzerlar Web
sahifalarni ko‘rish dasturi hisoblanadi. Bunda brouzerga yuklangan web sahifadagi
giperbog‘lanishga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu
bog‘lanishda ko‘rsatilgan sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollar hech qanday
sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‘lanish
barcha kerakli
ma’lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML teglarini (bo’yruqlarni)
topib, ular talabi bo‘yicha ma’lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o‘zi esa
ekranda aks ettirilmaydi.
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko‘plab turlari mavjud. Eng mashhurlari:
Internet Explorer (Windows operatsion tizim tarkibidagi bastur), Opera, FireFox
va hokazolar.
Internet explorer
Opera
Firefox
WWW tarmog‘idagi ma’lumotlardan
foydalanish uchun faqatgina
brouzerlarning xizmati kamlik qiladi. Ya’ni audio hamda video hujjatlarni aks
ettiruvchi tezkor dasturlar ham mavjuddir. Bu dasturlar serverlarda joylashgan yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilayotgan audio hamda video
hujjatlardan foydalanishga
imkoniyat yaratadi.
Web-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili bilan bir xil ma’noda
belgilanuvchi mantiqiy birlik, u web-saytning tarkibiy qismidir.
Web sahifa biror
voqelik, hodisa yoki ob’ekt to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar
faylidir. Web serverlar bazasi web saytlardan iborat bo‘lsa, web saytlar esa o‘z
navbatida sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi
fayldir.
Web sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya
va dastur kodlari va boshqa
elementlardan iborat bo‘lishi mumkin.