ofisi xodimi tomonidan ushbu shartlarning 7.5-bandi talablari buzilganligi holatlarini istisno
qilish uchun texnik ekspertiza xulosasi talab qilinishi mumkin. Texnik ekspertiza ushbu
faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli huquqlarga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilot
tomonidan
amalga oshiriladi, texnik ekspertiza o‘tkazilishi bilan bog‘liq xarajatlar Abonent
tomonidan qoplanadi. Qolgan barcha hollarda qurilma almashtirilmaydi, bunda Abonentning
barcha majburiyatlari o‘zgarishsiz qoladi.
4.3. Abonent tomonidan avval sotib olingan va GPON texnologiyasi bo‘yicha
telekommunikatsiya xizmatlariga ulangan abonentning o‘z qurilmasi ishdan chiqqanda, abonent
qurilmasi ushbu Aksiya doirasida taqdim etilishi mumkin.