|
Intranet asoslari
|
bet | 2/24 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #268402 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI2. FAKT VA RAQAMLAR. - Fakt va raqamlar.
- AQSH dagi kompyuter xavfsizligi instituti va FBR tomonidan kompyuter jinoyatlari bo'yicha 1999 yilda o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra so'rovda qatnashgan tashkilotlarning 57 foyizi Internet bilan ulanish joyi "ko'pincha tajovuzlar tashkil etiladigan joy" deb, 30 foyizi ularning tarmog'iga suqulib kirish yuz berganini, 26 foyizi esa tajovuz vaqtida pinhona axborotni o'g‘irlash sodir bo'lganini ma'lum qilishgan. AQSH kompyuter jinoyatlariga qarshi kurash Federal markazi - FedCIRC ma'lumotlariga ko'ra 1998 yilda 1100000 kompyuterli 130000 ga yaqin davlat tarmoqlari tajovuzga duchor bo'lgan.
- "Kompyuter tajovuzi" deganda kishilar tomonidan kompyuterga beruxsat kirish uchun maxsus dasturni ishga tushirishni nazarda tutiladi. Bunday tajovuzlarni tashkil etish shakllari har xil. Ular quyidagi turlarga bo'linadi
- Kompyuterga olisdan kirish: Internet yoki intranetga kimligini bildirmay kirishga imkon beruvchi dasturlar
- O'zi ishlab turgan kompyuterga kirish: kompyuterga kimligini bildirmay kirish dasturlari asosida.
- Kompyuterni olisdan turib ishlatmay qo'yish: Internet (yo tarmoq) orqali olisdan kompyuterga ulanib, uning yoki uni ayrim dasturlarining ishlashini to'xtatib qo'yuvchi dasturlar asosida(ishlatib yuborish uchun kompyuterni qayta ishga solish yetarli).
- O'zi ishlab turgan kompyuterni ishlatmay qo'yish: ishlatmay qo'yuvchi dasturlar vositasida.
- Tarmoq skanerlari: tarmoqda ishlayotgan kompyuter va dasturlardan qay biri tajovuzga chidamsizligini aniqlash maqsadida tarmoq haqiqatda axborot yig'uvchi dasturlar vositasida.
- Dasturlarning tajovuzga bo'sh joylarini topish: Internetdagi kompyuterlarning katta guruhlari orasidan tajovuzga bardoshsizlarini izlab qarab chiquvchi dasturlar vositasida.
- Parol ochish: parollar fayllaridan oson topiladigan parollarni izlovchi dasturlar vositasida.
- Tarmoq tahlilchilari (snifferlar): tarmoq trafikini tinglovchi dasturlar vositasida. Ularda foydalanuvchilarning nomlarini, parollarini, kredit kartalari nomerlarini trafikdan avtomatik tarzda ajratib olish imkoniyati mavjud.
- EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
|
| |