|
AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH YO'NALISHLARI
|
bet | 4/24 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #268402 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGIAXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH YO'NALISHLARI - Oshkor kalitlar infratuzilmasi ham Web – tugun xavfsizligining ajralmas qismi. Autentifikatsiya, ma’lumot butunligi va axborot pinhonaligi(konfidentsialligi)ni ta’minlash uchun ishlatiladigan taqsimlashga n tizim(odamlar, kompyuterlar), Ochiq kalit infrastrukturali (sertifikat nashrchisi) elektron sertifikatni e’lon qiladi.
- Unda foydalanuvchi identifikatori, uning ochiq kaliti, xavfsizlik tizimi uchun qandaydir qo‘shimcha axborot va sertifikat nashr etuvchisining raqamli imzosi bor.
- Ideal variantda bu tizim Yer yuzining har qanday ikki nuqtasidagi foydalanuvchi uchun sertifikatlar zanjirini tuzib beradi. Bu zanjircha kimgadir maxfiy xatni imzolash, hisob bo‘yicha pul o‘tkazish yoki elektron kontrakt tuzish uchun, boshqa kishi uchun – hujjat manbaini va imzolovchi shaxsning aslini tekshirib bilish imkonini beradi. NIST bir necha boshqa tashkilotlar bilan bu yo‘nalishda ish olib bormoqda.
- Internetga ulangan tarmoqlar xakerlarning tajovuzi tufayli ochiq muloqotga xalal bersa xam brandmauerlar o‘rnatib oldilar.
- PGP ga o‘xshash mukammal dasturlar bo‘lmaganda ochiq tarmoq bo‘lishi ham mumkin bo‘lmas edi.
- Amaliy tavsiyalar
- Tarmoqni kompyuter tajovuzlaridan himoyalash doimiy va o'z-o'zidan yechilmaydigan masaladir. Lekin qator oddiy himoya vositalari yordamida tarmoqqa suqulib kirishlarning ko'pchiligini oldini olish mumkin. Masalan yaxshi konfiguratsiyalangan tarmoqlararo ekran va harbir ish stantsiyalari(kompyuterlar)da o'rnatilgan virusga qarshi dasturlar ko'pchilik kompyuter tajovuzlarini barbod etadi.
- Quyida Intranetni himoyalash bo'yicha 14 amaliy tavsiya bayon etilgan.
- 1. Xavfsizlik siyosati lo'nda va aniq qo'yilishi lozim. Intranet tarmog‘i xavfsizligi bo‘yicha yorqin va sobit qadamlik bilan qo‘yilisini ta'minlaydigan qoidalar va amallar bo’lishi lozim.
- Tarmoq xavfsizligi tizimi uning eng bo'sh joyi qanchalik kuchli himoyalangan bo'lsa shu qadar kuchlidir. Agar bir tashkilot doirasida turli xavfsizlik siyosatlariga ega bo'lgan bir necha tarmoq mavjud bo'lsa bir tarmoq boshqa tarmoqning yomon xavfsizligi tufayli obro'sini yo'qotishi mumkin. Tashkilotlar shunday xavfsizlik siyosatini qabul qilishlari lozimki, kutilgan himoya darajasi hamma yerda bir xil amalga oshsin. Siyosatning eng ahamiyatli tomoni brandmauerlar orqali o'tkaziladigan trafiklarga yagona talab ishlab chiqilishidir. Shuningdek siyosat tarmoqda qaysi himoya vositalari (masalan, tajovuzlarni payqash vositalarimi yoki qaltis joylar skanerlarimi)va ular qanaqa ishlatilishi lozimligini belgilashi, yagona xavfsizlik darajasiga erishish uchun kompyuterlarning har xil turlari uchun standart xavfsiz konfiguratsiyalar belgilanishi shart.
- 2. Brandmauer (Tarmoqlararo ekran, inglizcha-firewalls,) qo'llash lozim. Bu tashkilotning eng asosiy himoya vositasidir. Tarmoqqa kiruvchi, undan chiquvchi trafik(axborot oqimi)ni nazorat qiladi. U trafikning biror turini to'sib qo'yishi yo tekshirib turishi mumkin. Yaxshi konfiguratsiyalangan bradmauer kompyuter tajovuzlarining ko'pchiligini qaytarishi mumkin. brandmauerlar, intellektual kartalar va boshqa texnikaviy-dasturiy himoya vositalaridan oqilona foydalanish lozim.
- Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov
- EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
|
| |