|
SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR
|
bet | 14/24 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #268402 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI - U.Diffi va M.Xellman taklif etgan himoyalanmagan ochiq aloqa kanali orqali kalit tarqatish usulining mohiyatini quyidagi misolda ko‘ramiz.
- Faraz qilaylikki Otabek va Kumush simmetrik kriptotizimdan foydalanish uchun o‘zaro mahfiy kalit belgilab olmoqchilar. Buning uchun ulardan biri biror katta tub son M ni va 1 bilan M-1 orasidan butun son g ni tanlab himoyalanmagan aloqa kanali(masalan, telefon) orqali ikkinchilariga bildirib kelishib oladilar. So‘ngra ikkavlari ham 1 bilan M-1 orasidan aloxida ixtiyoriy butun sonlarni tanlab uni o‘zlarining shaxsiy kalitlari deb belgilaydilar va uni xech kimsaga(bir-birlariga ham) bildirmaydilar. Faraz qilaylikki, Otabekning shaxsiy mahfiy kaliti o, Kumushning shaxsiy maxfiy kaliti esa k bo‘lsin. Bu shaxsiy mahfiy kalitlar o‘zaro mahfiy(ikkavlaridan boshqa xechkim bilmaydigan) kalitni va o‘zlarining shaxsiy oshkora kalitlarini xosil qilishda qatnashadigan kalitlardir. Otabek o‘z shaxsiy oshkora kaliti Eota ni, Kumush o‘z shaxsiy oshkora kaliti Ekum ni xosil qilish uchun g sonini M moduli bo‘yicha o‘z shaxsiy maxfiy kalitlariga teng bo‘lgan darajaga oshirishlari kifoya. Ular o‘z shaxsiy oshkora kalitlarini bir-birlariga va boshqalarga ham ochiq aloqa kanali orqali ma’lum qilganlaridan so‘ng o‘zaro mahfiy kalitni xisoblab topishlari mumkin bo‘ladi.
SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR - Otabek bilan Kumushning o‘zaro maxfiy kaliti k birlarining oshkora kalitini ikkinchilarining mahfiy kalitiga teng darajaga M moduli bo‘yicha oshirilganiga teng. Endi ular biror simmetrik kriptotizimdan foydal anib maktub almashishda faqat o‘ikkavlarigagina ma’lum bo‘lgan kalit K bilan o‘z maktublarini shifrlaydilar va shu kalit bilan shifrlangan maktub shifrini ochib o‘qiydilar.
- Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov
- EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
|
| |