• Copyright © 2000 IATP
  • KRIPTOTIZIMLAR ASOSIDA TUZILGAN ALOQA TARMOG'IDA FOYDALANILADIGAN KALITLAR SONI




    Download 0,8 Mb.
    bet17/24
    Sana24.07.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #268402
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
    Bog'liq
    AXBOROT XAVFSIZLIGI

    6. KRIPTOTIZIMLAR ASOSIDA TUZILGAN ALOQA TARMOG'IDA FOYDALANILADIGAN KALITLAR SONI.

    • Tarixan kriptotizimlar yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligi muammolaridan asosan bittasini - pinhonalik muammosini yechishga qaratilgan edilar. Qolgan muammolarning kun tartibiga qo'yilishi simmetrik-kalitli tizimlar bilan bir qatorda nosimmetrik-kalitli kriptotizimlarning yaratilishiga sabab bo'ldi.
    • Foydalanuvchilar soni kam bo'lganda simmetrik kriptotizimdan foydalanish qulay. Lekin foydalanuvchilar soni ko'p bo'lib ular butun dunyo bo'ylab tarqalgan bo'lishsa kalit taqsimlash katta muammoga aylanadi. Har bir kishi bunday tarmoqda harbir boshqa kishi bilan axborot almashishi uchun alohida maxfiy kalitga ega bo'lishi kerak.Masalan, 1000 foydalanuvchiga ega bo'lgan tizim taxminan 500,000 kalit bo'lishini va shuncha almashuv jarayonini amalga oshirishni va shuncha kalitni maxfiy saqlashni talab etadi.
    • Nosimmetrik-kalitli kriptotizimlarda tarmoqdan foydalanuvchining harbiri o'zining yagona maxfiy kalitiga ega. O'zining va boshqalarning oshkora kalitlarini sir saqlashiga hojat yo'q. Masalan, 1000 foydalanuvchisi bo'lgan tarmoqda harbir foydalanuvchi bittadan oshkora va bittadan maxfiy kalitga ega bo'lishi kifoya. YAni bunda , simmetrik kalitli tizimdagi 500,000 kalit o'rniga hammasi bo'lib 2000 kalit bo'lishi yetarli.
    • Simmetrik kalitli tizimlar oshkora kalitli tizimlarga nisbatan tez ishlashlari tufayli, katta hajmdagi axborotlarni shifrlashda nosimmetrik tizimli kriptotizimlar ular bilan raqobatlasha olmaydilar.
    • Amaliyotda ikki xil tizimni birgalikda ishlatish yuqori samara beradi: simmetrik tizimdan ko'p hajmli axborotlarni shifrlashda, nosimmetrik tizimdan simmetrik tizim kalitini shifrlab tarqatishda foydalanish qulay. Bunday maqsadlarda oddiy foydalanuvchi-fuqarolar tomonidan eng ko'p tan olinganlaridan biri PGP(Pretty Good Privacy-Binoyidek xavfsizlik) dasturidir.
    • Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov
    • EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
    • www.arxiv.uz

    Download 0,8 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KRIPTOTIZIMLAR ASOSIDA TUZILGAN ALOQA TARMOG'IDA FOYDALANILADIGAN KALITLAR SONI

    Download 0,8 Mb.