|
SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOTIZIMLARDAN BIRGA FOYDALANISH AMALIYOTI
|
bet | 18/24 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #268402 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI7.SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOTIZIMLARDAN BIRGA FOYDALANISH AMALIYOTI. - Nosimmetrik kriptotizimlar axborot xavfsizligining barcha muammolarini yechib berishga qodir. Quyida nosimmetrik kriptotizimdan simmetrik kriptotizim kalitini shifrlab uzatishda, simmetrik kriptotizimdan esa axborotni shifrlab almashishda foydalanish amaliyoti bayon etiladi.
- Har bir aloqa tomoni bajaradigan amallarni bu kungi davrimizning Kumush va Otabeklari orasidagi elektron maktublar almashish va ularga nisbatan tajovuzkor shaxs Homid timsolida namoyish qilamiz. Otabekning maxfiy(shaxsiy) kalitini Dotabek uning oshkora kalitini Eotabek orqali belgilaymiz.
- Faraz qilaylikki, Kumush Otabekka pinhona maktub yo'llamoqchi. Ular orasida aloqa boshlanguncha Otabek o'zining oshkora kalitini Kumushga va boshqalarga ham berib qo'ygan edi. Otabekka M maktubini shifrlab jo'natish uchun Kumush avvalo tasodifiy biror son tanlab, uni bir marta ishlatiladigan maxfiy seans kaliti K sifatida qabul qiladi va u bilan maktubni simmetrik kriptotizim asosida shifrlaydi.
SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOTIZIMLARDAN BIRGA FOYDALANISH AMALIYOTI. - So'ngra Eotabek oshkora kalitni olib u bilan nosimmetrik kriptotizim asosida maxfiy seans kaliti K ni shifrlaydi va natijada M maktubi shifrlangan matn C ga, maxfiy seans kaliti K esa shifrlangan seans kaliti Ke ga aylanadi. Bu jarayon quyidagicha funktsiyaviy bog'lanish tarzida ifodalanishi mumkin:
- C = K(M)
- Ke = Eotabek(K)
- So'ngra Kumush C va Ke dan tarkib topgan jo'natmani Otabekka yo'llaydi.
- Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov
- EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
|
| |