|
SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOTIZIMLARDAN BIRGA FOYDALANISH AMALIYOTI
|
bet | 21/24 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #268402 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGISIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOTIZIMLARDAN BIRGA FOYDALANISH AMALIYOTI. - Imzoning рaqiqiyligini sinash qabul qilib olingan hujjatning hisoblab topilgan xesh-funktsiyasi(hash function)u bilan birga qabul qilib olingan raqamli imzo shifrining ochilgan xolati (message digest) aynanligi asosida xulosa chiqarishdir.
- Otabek X va S ni qabul qilib olgach Kumushning oshkora kalitidan foydalanib S asosida h(X) (message digest) ni hosil qiladi so'ngra X asosida ma'lum algoritmdan foydalanib Xning daydjesti h(X) ni hisoblaydi va ularni taqqoslash natijasiga ko'ra hujjat X ning Kumush tomonidan imzolangani yo imzolanmagani haqida hukm chiqaradi.:
- h(X)=Ekumush(S).
- Axborotdan xosil qilingan Daydjest
- h(X)
- Jo'natiladigan hujjatning pinhonaligini ham ta'minlash zarurati bo'lsa hujjat yuqorida ko'rilgan usulda shifrlanib jo'natiladi. Shunday qilib, axborot pinhonaligi va uni jo'natuvchining qonuniy kimsa ekanligini bilish(autentifikatsiya) muammolarini yechishda nosimmetrik va aralash(simmetrik+nosimmetrik ) kriptotizimlarda ikki juft kalitlardan foydalaniladi.
- RSA
- RSA algoritmi 1977 yilda AQSHning Massachusets texnologiya institutida ishlab chiqilgan bo'lib, 4405829 raqamli AQSH patenti bilan himoyalangan. Algoritmning nomi uning mualliflari familiyalarining bosh harflari(Rivest, Shamir, Adleman)dan tuzilgan. Algoritmning kriptobardoshliligi katta sonni tub ko'paytuvchilarga ajratish muammosi matematikada amaliy hisoblash nuqtai-nazaridan hanuz yechilmaganligiga asoslanadi.
- ElGamal
- El Gamal algoritmi 1985 yilda ishlab chiqilgan. Algoritmning nomi uning muallifi familiyasida atalgan. DSS (Digital Signature Standard) AQSH standartida ishlatiladi. Algoritmning kriptobardoshliligi chekli maydonlarda butun sonlarni logarifmlash muammosi matematikada amaliy hisoblash nuqtai-nazaridan hanuz yechilmaganligiga asoslanadi.
- PGP
- PGP dasturi PHilip TSimmermann tomonidan 1991 yilda ishlab chiqilgan. Pretty Good Privacy –binoyidek maxfiylik deb nomlangan. PGP kriptotizimining ishlash tamoyili simmetrik va nosimmetrik kriptotizimlarni birga ishlashiga asoslangan. PGP RSA ga alternativa bo'lib uning kriptobardoshliligi PGP kabi katta sonni tub ko'paytuvchilarga ajratish muammosi matematikada amaliy hisoblash nuqtai-nazaridan hanuz yechilmaganligiga asoslanadi.
- Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov
- EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
|
| |