|
SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR
|
bet | 16/24 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #268402 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGI - Faraz qilaylikki, Otabek Kumushga nosimmetrik kriptotizimdan foydalanib pinhona maktub yo'llamoqchi. Ular orasida aloqa boshlanguncha Kumush o'z oshkora kaliti nusxasini Otabekka va boshqalarga ma'lum qilgan. Ular bir-birlariga maktubni faqat shifrlangan shaklda yuborishga kelishib qo'yganlar. Otabek Kumushga M maktubini yozib, uni Kumushning oshkora kaliti bilan shifrlaydi. Natijada M maktubi shifrlangan matn C ga aylanadi. So'ngra Otabek shifrlangan maktubni elektron pochta orqali Kumushga jo'natadi. Xat Kumushning oshkora kaliti bilan shifrlangan bo'lgani uchun uni Kumush o'z maxfiy kaliti bilan ochib bemalol o'qiy oladi. Ya'ni, shifrlangan matn C Kumushning maxfiy kaliti bilan dastlabki matn M ga aylantiriladi.
SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR - Aloqa kanali himoyalanmagan bo'lgani uchun bu maktub Homidning qo'liga ham tushishi mumkin. Lekin Homidda Kumushning maxfiy kaliti bo'lmagani uchun u xatning mazmunini bilaolmaydi va xatni o'zgartirib qo'ya olmaydi. Homidning qo'lidan maktubni yo'q qilib yuborish va/yoki Kumushga uning oshkora kalitidan foydalanib Otabek nomidan shifrlangan yangi qalbaki maktub yo'llash keladi. Homid maktub mazmunini bilmay turib Otabek nomidan shifrlangan maktub jo'natsa, buning qalbaki ekanligi Kumushga darhol oshkor bo'lmasligi mumkin. Chunki, xat Kumushning oshkora kaliti bilan shifrlangan bo'lgani uchun uni Kumush o'z maxfiy kaliti bilan ochib o'qiydi. Bu xatning chindan ham Otabekdan ekaniga ishonch hosil qilish uchun buyerda autentifikatsiya muammosini(Otabekning raqamli imzosini tekshirish orqali) hal qilish lozim bo'ladi. Bu muammoni yechishda raqamli imzo qo‘yish uchun shaxsiy maxfiy kalitdan, imzoni tekshirish uchun shaxsning oshkora kalitidan foydalaniladi. Bu sal keyinroq ko’rilgan.
- Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov
- EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
|
| |