• SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR
  • SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR




    Download 0,8 Mb.
    bet12/24
    Sana24.07.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #268402
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
    Bog'liq
    AXBOROT XAVFSIZLIGI

    SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR

    • Faraz qilaylikki, Otabek Kumushga pinhona maktub yo'llamoqchi. Ular orasida aloqa boshlanguncha o'zlarining yagona maxfiy kalit nusxalarini bir-birlariga berib, maktubni faqat shifrlangan shaklda yuborishga kelishib qo'ygan edilar. Otabek Kumushga M maktubini yozib, uni K kaliti bilan shifrlaydi. Natijada M maktubi shifrlangan matn C ga aylanadi. So'ngra Otabek shifrlangan maktubni elektron pochta orqali Kumushga jo'natadi. Kumush shifrlangan maktub C ni qabul qilib olgach uni o'zidagi maxfiy kalit bilan uning shifrini ochib Otabek yozgan M maktubiga aylantirib uni o'qiydi.
    • Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov
    • EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
    • 01010110011001001
    • ?
    • Shifrlash
    • Shifrni ochish
    • Maxfiy kalit K
    • Axborot M
    • Shifrlangan Axborot
    • C
    • Axborot M
    • www.arxiv.uz

    SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR

    • Aloqa kanali himoyalanmagan bo'lgani uchun bu maktub Homidning qo'liga tushishi ham mumkin. Lekin, Homidda Kumush va Otabeklarning maxfiy kaliti bo'lmagani uchun u xatning mazmunini bilaolmaydi va xatni o'zgartirib qo'yaolmaydi. Homidning qo'lidan maktubni yo'q qilib yuborishgina keladi xolos. Homid maktub mazmunini bilmay turib Otabek nomidan shifrlanmagan yoki biror kalit bilan shifrlangan maktub jo'natsa ham, buning qalbaki ekanligi Kumushga darhol oshkor bo'ladi. Chunki, xat shifrlanmay kelsa, bu pinhona xat almashish haqidagi ularning kelishuviga zid bo'lib chiqadi. Agar xat Homiddagi boshqa kalit bilan shifrlanib kelsa, uni Kumush o'zidagi va Otabekdagi maxfiy kalit nusxasi bilan ocha olmaydi va bu bilan xatning Otabekdan emasligini bilib oladi.
    • Shifrlash algoritmi odatda barcha uchun oshkora bo'ladi. Bunday tizimning xavfsizligi asosan maxfiy kalitning himoya xossalariga bog'liq.
    • Simmetrik kriptotizimdan foydalanib elektron yozishmalar boshlash uchun avvalo maxfiy kalitni yoki parolni ikki aloqa ishtirokchisidan biri ikkinchisiga maxfiy holda yetkazishi kerak . Maxfiy kalitni yetkazish uchun maxfiy aloqa kanali(shaxsan uchrashish, himoyalangan aloqa kanali va sh.o'.) kerak . SHunday qilib yopiq davra hosil bo'ladi: maxfiy kalitni topshirish uchun maxfiy kanal kerak, maxfiy kanalni hosil qilish uchun maxfiy kalit kerak. Maxfiy kalit tez-tez o'zgartirib turilsa(aslida, harbir yozishmaga alohida maxfiy kalit ishlatilganda eng yuqori maxfiylikka erishiladi) bu muammo doimo ko'ndalang bo'laveradi.
    • Shifrlash va shifr ochish kalitlari o'zaro funktsional bog'langan bo'lib ulardan biri asosida ikkinchisi amaliy jihatdan(mavjud hisoblash vositalari taraqqiyoti darajasida) hisoblab topilishi mumkin bo'lmagan va ulardan biri faqat bitta aloqa ishtirokchisiga ma'lum bo'lib boshqalardan maxfiy tutiladigan, ikkinchisi esa aloqa ishtirokchilarining hammasiga oshkor bo'lgan kriptotizim nosimmetrik(sinonimlari: oshkora kalitli, ikki kalitli) kriptotizim deb ataladi.
    • Copyright © 2000 IATP Site design by Makhmud Botirov
    • EN GRANT IATP II&IS UZ IATP GRANTI II va AH
    • www.arxiv.uz

    Download 0,8 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SIMMETRIK VA NOSIMMETRIK KRIPTOGRAFIK TIZIMLAR

    Download 0,8 Mb.