16.2 – jadval
Investitsiya loyihalarining moliyalashtirish manbalari tarkibi97
Guruhi
|
Turi
|
Manblarning guruhdagi tashkiliy tarkibi
|
Davlat mablag‘lari (resurslari)
|
O‘zlik
|
davlat byudjeti
|
mahalliy byudjetlar
|
byudjetdan tashqari fondlar
|
Jalb qilingan
|
davlat kredit tizimi
|
davlat sug‘urta tizimi
|
Qarz
|
davlat qarzdorligi (davlat zayemlari, tashqi qarzlar, xorijiy kreditlar va boshqa shu kabilar)
|
Korxonalar mablag‘lari (resurslari)
|
O‘zlik
|
korxonaning o‘z investitsion resurslari
|
Jalb qilingan
|
badallar, hayriyalar, aksiyalar chiqarish, aksiyalarning qo‘shimcha emissiyasi
|
rezidentlar-investitsiya kompaniyalari investitsiya resurslari, jumladan, payli investitsion fondlar
|
rezidentlar-sug‘urta kompaniyalari investitsiya resurslari
|
rezidentlar-nodavlat nafaqa fondlari investitsiya resurslari
|
Qarz
|
bank va tijorat kreditlari hamda byudjet kreditlari va maqsadli kreditlar
|
chet ellik investorlar investitsiya resurslari, jumladan, tijorat banklari, xalqaro moliyaviy institutlar, institutsional investorlar, xorijiy korxonalar
|
Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo‘lib sof pul oqimini tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: loyiha egalarining aksioner kapitaliga dastlabki investitsiya qo‘yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag‘larini; olingan foydani; sarf harajatlarni. Kreditorlar loyihaning iqtisodiy sezgirligini jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan sof qoplash koeffitsiyenti (NPV Coerage Ratio) va umumiy qoplash koeffitsiyenti (Annual Coerage Ratio) kabi ko‘rsatkichlar orqali aniqlashlari mumkin. Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to‘g‘ri taqsimotini o‘rganadi. Davlatning investitsion resurslariga turli soliqlar va majburiy yig‘imlardan tashkil topgan soliqli daromadlari soliqsiz daromadlarining bir qismi, xususiy investitsion resurslarga iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining turli fondlarda jamlangan mablag‘lari va jismoniy shaxslarning mablag‘lari kiradi.
Xorijiy investitsion resurslarga chet el davlatlari, korxolari, xalqaro miliyaviy institutlar mablag‘lari kiradi. Ularning barchasi investitsion faoliyatni moliyaviy ta’minlash manbalari bo‘lib hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ishlab chiqarishni tashkil etish jihatlarini o‘zgartirib, iqtisodiy rivojlanishni xorijiy investitsiyani jalb etish orqali olib boradi. Bunday moliyalashtirish mulkchilikning turli shakllariga mansub xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yanada samarali bo‘lishiga yordamlashadi, xo‘jalik amaliyotida asta-sekin bosqichma-bosqich iqtisodiy o‘sishni kengaytirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini oshiradi, takror ishlab chiqarishni har tomonlama jadallashtirishga imkon beradi, xususiy sektorni investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
|