• 1 – savol bayoni.
  • XVI MODUL. INVESTITSIYALARNI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH




    Download 3,07 Mb.
    bet114/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    XVI MODUL. INVESTITSIYALARNI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH
    Reja:


    1.

    Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni va mohiyati




    2.

    Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilari va ularning funksiyalari, loyihaviy moliyalashtirish turlari




    3.

    Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish




    4.

    Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash xususiyatlari




    1 – savol bayoni. Loyihani moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, bunda loyiha ishlab chiquvchilarning qarzlariga xizmat ko'rsatish manbai loyiha tomonidan ishlab chiqarilgan pul oqimlari hisoblanadi. Ushbu turdagi investitsiyalarning o'ziga xos xususiyati shundaki, xarajatlar va daromadlarni baholash loyiha ishtirokchilari o'rtasida xavf taqsimotini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.Loyihaviy moliyalashtirish mazmunini o‘rganishda ba’zi iqtisodchi olimlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Rossiyalik iqtisodchi olim I.Mazurning “Upravleniye proyektami” kitobida: “loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir”, deb ta’rif berilgan. Bu yerda, kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan.
    D.Morozovning fikricha esa, “loyihaviy moliyalashtirish – bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning qaytarilishi ta’minoti loyihadan keladigan daromadlardir”, degan fikr ilgari surilgan. O‘zbekistonlik iqtisodchi olim D.G‘ozibekovning mulohazalariga ko‘ra, “loyihaviy moliyalashtirish o‘zining murakkab moliyaviy munosabatlari bilan (sindikatlashtirilgan kredit yoki qarz berishda ko‘p tomonlarning qatnashishi) kreditorga moddiy kafolatlar berish, loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni harid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”. Haqiqatdan ham investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois ham u boy mazmunga ega. Aytish joizki, loyihaviy moliyalashtirish – loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olishni, tashkil etishni yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga e’tibor beradi:
    - kreditni qaytarish manbasi sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha olinadigan sof pul oqimiga (mablag‘larning qaytish darajasiga);
    - loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini ta’minlaydigan manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa ta’minotlarga”. Loyihaviy moliyalashtirish mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining yo‘riqnomalarida quyidagicha izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi”. Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni qaytarishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish deb bo‘lmadi, u biznes-reja asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.
    Loyihaviy moliyalashtirish – bu regressiz (talab, huquq) yoki qarzdorga bo‘lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maqsadli kreditlash bo‘lib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarini ta’minoti sifatida, investitsiya faoliyati davomida to‘plangan (investitsiya loyihasiga aloqador aktivlar ham kiradi) pul mablag‘lari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan daromad (foyda) hisoblanadi. Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib, qarzdorning umumiy faoliyatidan olgan doromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbai loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo bu loyihaviy moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir garovning bo‘lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi kerakli kafolat yoki garovni yig‘ish imkoniyatini bermaydi. Loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi deb e’tirof etilgan.
    Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi. Xullas, loyihaviy moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini anglatadi. Loyihaviy moliyalashtirishda investitsion loyihalarning ko‘plab xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
    • qiymati yuqori bo‘ladi;
    • loyiha ishtirokchilarini ko‘pligi;
    • ko‘pincha risklarni barcha turlari uchraydi (tizimli va tizimsiz);
    • kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talab juda katta bo‘lib, unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi;
    • loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo‘ladi;
    • ishga tushish muddati 5 – 7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi;
    • loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha harajatlarning kiritilishi;
    • davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.
    Yirik loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish kerak bo‘ladi:
    • loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo‘limlarga bo‘lib o‘rganishni;
    • loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy - iqtisodiy holatini to‘liq tahlildan o‘tkazishni;
    • rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borishni;
    • loyihaning fazalaridagi ehtimoliy yo‘qotishlar va risklarni boshqarish uchun tezkor rejalarini ham rejalashtirishni;
    • loyihaning barcha rejalarini doimiy monitoring qilishni;
    • yirik loyihalarni takrorlanmasligini hisobga olishni.
    Ushbu omillar va ular bilan bog‘liq risklarni ko‘pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Risklarni ko‘p bo‘lishiga asosiy sabablardan yana biri bu loyihaning ishtirokchilarining ko‘pligidir.



    Download 3,07 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147




    Download 3,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XVI MODUL. INVESTITSIYALARNI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH

    Download 3,07 Mb.