• 16.1-jadval Loyihaviy moliyalashtirishda qatnashishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilar
  • Investitsiya




    Download 3,07 Mb.
    bet115/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    2 – savol bayoni. Investitsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirishda loyihaviy moliyalashtirish har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Respublikada sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirishda loyihaviy moliyalashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham tijorat banklarining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi mavqeining kuchayishi bevosita banklar faoliyatining samaradorligini oshirish zaruriyatini kuchaytirishga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida loyihaviy moliyalashtirish investitsiyalarni moliyalashtirishning taraqqiy etgan zamonaviy usullaridan biri bo‘lib qolmoqda.
    Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlar turli mablag‘lar egalarining loyihani amalga oshirishdagi vazifalarini bilishga da’vat etadi, shu sababli loyihaga mablag‘larni samarali birlashtirishga bevosita ko‘mak beruvchi ishtirokchilarni yuqori natijalarga erishishini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi (16.1-jadval).
    16.1-jadval
    Loyihaviy moliyalashtirishda qatnashishi mumkin bo‘lgan ishtirokchilar


    Ishtirokchilar


    Loyihadagi roli

    Loyiha homiylari, ta’sischilari


    Loyiha natijalariga bevosita qiziquvchi kompaniyalar va jismoniy shaxslar. Ular loyihani oldinga so‘rishadi, turli masalalarni kelishishadi, tegishli ruxsat(noma)lar olishadi.


    Yetkazib beruvchi va pudratchilar


    Berilgan loyiha bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish shartnoma majburiyatlariga egalik qiluvchi kompaniyalar.


    Haridorlar


    Ko‘pchilik loyihalarda mahsulot ma’lum davrda ochiq bozorlarga olib chiqilmaydi. Bunday hollarda loyiha kompaniyasi alohida haridor yoki ularning guruhi bilan muayyan miqdordagi mahsulotni sotib olish bo‘yicha oldindan uzoq muddatli shartnomalar tuzishgan bo‘ladi.


    Loyiha amalga oshirilayotgan mamlakat hukumati


    Zaruriy ruxsat beruvchi hujjatlarni berish, haridlarni amalga oshirish, loyihada aksioner, homiy sifatida ishtirok etish, muayyan kafolatlar taqdim etish.


    Loyiha boshqaruvchisi


    Loyihaning amalga oshirilishiga javob beruvchi menejerlar komandasi, loyihaviy moliyalashtirish bo‘yicha bitmning bosh bo‘g‘ini.


    Qarz hisobiga moliyalashtiruvchilar


    Loyiha kompaniyasiga resurslarni kelishilgan muddatga va oldindan kelishilgan shartlar asosida qarzga taqdim etuvchi tuzilmalar.


    Konsultant va maslahatchilar


    Loyihani amalga oshirishning turli aspektlarida moslashuvchanlikni ta’minlaydigan maslahatlar beruvchi ixtisoslashtirilgan kopaniyalar va jismoniy shaxslar.


    Loyihaviy moliyalashtirishning jahon amaliyotida turlicha usullari va manbalari mavjud bo‘lib, har bir davlat o‘z iqtisodiy va investitsion siyosati, bozor mexanizmining amal qilish darajasiga qarab, bu usullardan foydalanishi mumkin.


    Amalda investitsiya loyihalarining uzoq muddatli bank kreditlarini loyihaviy moliyalashtirishning ayrim omillar va holatlardagi kichik bir shakli sifatida qaraladi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   147




    Download 3,07 Mb.