• Mahsulot innovatsiyasi
  • Investitsiya




    Download 3,07 Mb.
    bet123/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    2 – savol bayoni. Hozirgi kun dunyo iqtisodiyotini innovatsion yangiliklarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ayni paytda jamiyat hayotida innovatsion soha shu darajada jadal rivojlanmoqdaki, iqtisodiyotda innovatsiyalarning ulushi kundan kunga oshib bormoqda va buning natijasida innovatsiya xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning asosiy boyligiga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek, - Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo’ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o’ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz104. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni yetkazmoqlikda va shu yo‘l bilan o‘z maqsadlariga erishmoqlikdadir. Iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh me’zoni bo‘lib tadbirkorlik xizmat qiladi.
    Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy bermasdan, o‘z manfaatida o‘zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech qanday talofatlardan qo‘rqmay tashabbusni qo‘lga oluvchi, kuchli va harakatchan insondir. A. Smitni ko‘zga ko‘rinmas qo‘l qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday imkoniyatni nafaqat o‘zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. Tadbirkor bo‘lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir. Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo‘li bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati doimiy ravishda o‘z mulkiy mas’ulligidan, o‘z qo‘rquv va tavakkalligidan kelib chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o‘z g‘oyasiga ega bo‘lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko‘ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20 foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’ mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir.
    Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy hislatga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlikka xos bo‘lgan hislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik; ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o‘zining g‘oyasiga ega bo‘lmoqlik; tavakkalchilik va qaltislikni o‘z bo‘yniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy ravishda yangilikni kiritmoqlik, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini ko‘ra bilmoqlik; o‘z majburiyatlarini bajarmoqlik; o‘z qaroridan qaytmaslik; uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik. Qayd etilgan hislatlarga ega bo‘lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo‘la oladilar, yangilikni yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga ko‘ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi.
    D.A.Shumpeterni fikriga ko‘ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo‘lib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablag‘lar esa uni ta’minotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo‘li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Innovatsiya faoliyatiga ham xos bo‘lgan belgilar bo‘lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi. Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo‘lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo‘lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.
    Kichik biznesni rivojlantirishda innovatsiyaning ahamiyati juda ham katta. Korxonalarda innovatsion yangiliklarni o’z vaqtida va o’z o’rnida qo’llash xarajatlarning keskin kamayishiga hamda mehnat unumdorligining o’sishiga olib keladi. Buni biz rivojlangan mamlakatlar tajribasida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Masalan Yaponiya, Amerika, Germaniya kabi mamlakatlar shular jumlasidandir105. “Forbes” jurnalining ma‘lumotiga ko’ra, dunyodagi eng yuqori darajadagi innovatsion kompaniyalarning deyarli 10 foizi Yaponiyada joylashgan ekan. Dunyoni o’zgartira olgan eng katta ixtirolarning ko’pchiligi aynan Yaponiyada yaratilgan. Masalan, cho’ntak kalkulyatori (1970), android robotlar (2003), ekspress poyezdlari (1964) va boshqalar106. Endi Germaniyaga to’xtaladigan bo’lsak, “National Geographic” Germaniyani “Yevropaning eng kuchli iqtisodiy va industrial kuchi” deb ta‘riflaydi, chunki Germaniya tadqiqot, texnologiya va ilm-fanni rivojlantirishga juda ko’p kuch va vaqt sarflaydi. Gete institutining ma‘lumotiga ko’ra, “2016-yilda Germaniya hukumati tomonidan 80 milliard yevro ilmiy tadqiqotni rivojlantirishga ajratilgan. Germaniya bu borada AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadigan yirik global investordir. Germaniya tadqiqot va rivojlanishga katta miqdorda iqtisodiy chiqimlarni bag’ishlaydigan eng yaxshi o’n mamlakat ichida. Shuningdek, u yangi innovatsiyalarni yaratish bo’yicha ham birinchi o’ntalikda”. Bilamizki, Germaniya – kichik va o’rta biznes mamlakatdir. Germaniyada 500 tagacha ishchisi bo’lgan har qanday tadbirkorlik kichik biznes hisoblanadi va u yerdagi kompaniyalarning 99 foizini aynan shu turdagi kompaniyalar tashkil etadi. Buni aniq sonlar bilan aytganda 3,6 mln kompaniya yoki Germaniyadagi barcha ish o’rinlarining 80 foizi demakdir”107. Bulardan shu narsa yaqqol ko’rinadiki, rivojlangan mamlaktlarda kichik biznes mamlakat iqtisodiyotining taqdirini belgilaydigan asosiy omildir.
    Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo‘linadi: Mahsulot innovatsiyasi – korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi. Texnologiya innovatsiyasi – ishlab chiqarish imkoniyati (potensial) yangilash jarayonidir. Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi. Shunday qilib hozirgi sharoitda faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi. Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo‘lga qo‘yishga, muntazam modernizatsiyalarni ta’minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o‘z taraqqiyotiga erisha oladi. O’zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta’minlaydi.
    Tadbirkorlar faoliyatining samaradorligini oshishida innovatsion yangiliklar yaratilishi hamda ularning amaliyotda qo’llanilishi juda ham muhim hisoblanadi. Bu borada ham yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlab, ularning ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni izchil yo’lga qo’ya oladigan mustahkam iqitisodiy sohaga aylanishini ta‘minlash lozim.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147




    Download 3,07 Mb.