• Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin, kraudfanding qanday ishlaydi
  • Kraudfandingning afzalliklari Kraudfandingda loyihalar
  • Barchasi”.
  • To‘xtash nuqtasi”
  • Investitsiya




    Download 3,07 Mb.
    bet121/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    Kraudfanding (xalq moliyalashtrishi, ingl. crowd funding, crowd – “omma”, funding – “moliyalashtirish”) – insonlar (donorlar)ning jamoa bo‘lib birlashuvi bo‘lib, ular beg‘araz maqsadda o‘z mablag‘lari va turli resurslarini biror bir loyiha yoki maqsadni amalga oshirmoqchi bo‘lgan tashkilot yoxud insonga sarflashlari hisoblanadi101. Odatda kraudfanding internet tarmog‘ida amalga oshiriladi. Bu so’z 2006 yilda paydo bo’lgan. “Wired” jurnali muharriri Jeff Xau maqolalaridan birida internet foydalanuvchilari orasidagi ko‘ngilli pul beruvchilarni nazarda tutib kraudfanding so’zini qo’llagandi. Jamoaviy beg‘araz moliyalashtirish (kraudfanding) Internetda tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Ushbu mashhurlik to‘lqinini o‘z vaqtida aniqlagan holda amerikalik tadbirkorlar Kickstarter.com loyihasini ishga tushirishgan. Ushbu sayt mualliflarga amalga oshirmoqchi bo‘lgan g‘oyalari uchun investitsiya qidirish va jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. Yuqoridagi sayt xizmatlaridan investitsiya qidirish maqsadida tadbirkorlar, ijodiy soha vakillaridan rejissyorlar, yozuvchilar, musiqachilar, o‘yin ishlab chiqaruvchilar, rassomlar, ssenariy mualliflari birday foylanishlari mumkin.
    Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin, kraudfanding qanday ishlaydi? Aytaylik, siz biror qiziq yoki muhim loyihani amalga oshirmoqchisiz, lekin bunga mablag‘ingiz yetarli emas. G‘oyangizni kraudfanding platformasida bayon etasiz va moddiy yordam so‘raysiz. Ushbu loyihaga qiziqqan va uni qo‘llab-quvvatlagan foydalanuvchilar sizga mablag‘ o‘tkazishadi. Yetarli mablag‘ to‘planganidan so‘ng loyihangizni amalga oshirishga kirishishingiz mumkin. Investitsiya faoliyatida kraudfandingni afzalliklari 17.1- rasmda keltirib o‘tilgan.
    17.1-rasm
    Kraudfandingning afzalliklari

    Kraudfandingda loyihalar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin: xayriya yordami ko‘rsatish, siyosatchilar, sportchi va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy loyihalar. Kraudfandingda loyihalarini moliyalashtirish usullari asosan quyidagicha bo‘lishi mumkin102:
    • Hammasi yoki hech narsa”. Agarda belgilangan muddat ichida yetarlicha miqdordagi mablag‘ yig‘ilmasa, pullar egalariga qaytariladi, loyiha tashabbuskoriga hech qanday mablag‘ berilmaydi.


    • Barchasi”. Belgilangan muddat ichida qancha pul yig‘ilsa, o‘sha mablag‘ning barchasi loyihaga o‘tkaziladi.


    • Doimiy moliyalash”. Mablag‘ yig‘ish muddati belgilanmaydi, kerakli miqdordagi pul yig‘ilmaguncha loyiha ochiq turadi.


    • To‘xtash nuqtasi”. Mablag‘ “to‘xtash nuqtasi”ga yetib kelganidan so‘ng (masalan so‘ralgan mablag‘ning yarmi yig‘ilganidan so‘ng) loyiha muallifiga beriladi.


    • Nomoliyaviy bonus”. Loyihaga pul o‘tkazgan shaxs biror moddiy buyumga ega bo‘ladi. Masalan, kitob chop etilishi uchun mablag‘ o‘tkazgan shaxsga o‘sha kitob bepul taqdim etilishi mumkin.





    Download 3,07 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147




    Download 3,07 Mb.