|
VII MODUL. IQTISODIYOT VA UNING REAL SEKTORINI RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
|
bet | 47/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgVII MODUL. IQTISODIYOT VA UNING REAL SEKTORINI RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
7.1 – mavzu: Iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy investitsiyalarning o‘rni
Reja:
1.
|
Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati
|
2.
|
Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi
|
1 – savol bayoni. Mamlakatni jahondagi o‘rnini real sektorning rivojlanish darajasi va raqobatdoshligi belgilaydi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotni real sektoriga turlicha ta’riflarni ko’rib chiqamiz.
1. Iqtisodiyotning real sektori (IRS) (inglizcha – Real sektor of economy) – iqtisodiy va qonuniy belgilanmagan iqtisodiy atama hisoblanadi va ma’lum hududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kichik, o‘rta va yirik (industrial) korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir.
2. Iqtisodiyot real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo‘lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o‘xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funksiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi.
3. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotni material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi37.
4. Iqtisodiyotni real sektori kapitalni spekulyativ harakati istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o‘sish jarayonlarini birlashtiradigan soha.
5. Iqtisodiyotni real sektori – bu iqtisodiyotni muhim sektori bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri mahsulot ishlab chiqarish, daromad olish va budjet daromadlari tushumini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarish sohasi uning iqtisodiy atama sifatidagi sinonimlari hisoblanadi.
6. Iqtisodiyotni real sektori – kommersiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik, o‘rta va yirik korxonalar yig‘indisidir.
7. Iqtisodiyotning real sektori - iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini oladi38.
Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor muhim o‘rin egallaydi.
Moliyaviy sektor – bu qarz olish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to‘plamidir. Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug‘urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsion kompaniyalar, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi. Real sektorda YaIM ni asosiy qismi yaratiladi. Butun real sektor iqtisodiyotining umumiy holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD) kabilar hisoblanadi39.
Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Shu sababli, real sektordagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni milliy iqtisodiyot holatiga bog‘liq ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yerosti va yerusti boyliklari zaxiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
2. Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular bandlik, ishsizlik, inflatsiya, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi, narxlar darajasi va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar.
3. Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaIM va uning harakat shakllari).
4. Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular YaIM da iste’mol va jamg‘arma nisbati, ish haqi va boshqa omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqalar.
Iqtisodiyotning real sektori – xom-ashyo, mehnat va kapitaldan ajralmagan holda xizmat ko‘rsatish, mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat iqtisodiy sohadir. Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy manba muhim o‘rin egallaydi. Iqtisodiyotning real sektori taraqqiyoti mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash, boshqaruv mexanizmlarining yechimlarini tanlash kabi imkoniyatlarni beradi. Bu esa, istiqbolda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun joriy holatdagi iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish yo‘llarini belgilaydi.
Jahonda integratsiya va globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borishi milliy iqtisodiyot oldiga bir qator yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Milliy iqtisodiyotning dunyo bozorida o‘z o‘rnini topishi, ya’ni ma’lum mavqeni egallashi uchun doimiy ravishda real korxonalarini texnik va texnologik jihatdan zamonaviylashtirib boorish lozim. Ushbu maqsadlarga erishish uchun milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida texnik va texnologik yangilanishni amalga oshirish kerak. Bunga, ishlab chiqarishda boshqaruvning yangi usullarini hamda fan va texnika yutuqlarini doimiy ravishda joriy etish orqaligina erishish mumkin. Mamlakatimizda ham o’tgan yillarda fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini va ishlab chiqarish boshqaruvini yangi usullarini amaliyotga joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektori korxonalarining ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishiga va moliyaviy barqarorligini oshirishiga juda katta e’tibor berilmoqda. Zamonaviy informatsion texnologiyalar va nanotexnologiyalarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishi mehnat resurslarining kasbiy malakasini oshirishni taqozo etish barobarida, ularning sifati sohaning raqobatbardoshligini va keyingi yillarda yuksak natijalarga erishishiga zamin bo‘ladi.
So‘nggi yillarda iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning katta qismi sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘z navbatida, bu kabi yaratuvchanlik real sektorning YAIM tarkibida ham salmoqli o‘rin egallashini ta’minlamoqda. Shu o‘rinda, real sektorning taraqqiyoti yana qanday imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Mazkur sohaning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligini o‘sishi uchun imkoniyat, ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivojida moliyaviy-moddiy asos beradi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi mamlakatda moddiy ishlab chiqarish sohalari uchun yaratilgan huquqiy-me’yoriy sharoit bilan uzviy bog‘liqdir. Ya’ni, mahalliy va xorijiy investitsion mablag‘larni real sektorga jalb etish uchun investorlarga huquqiy kafolat berilishi va uning ijrosini davlat tomonidan kafolatlanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida 2008 yil 28 noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PF-4058-sonli, 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4053-sonli Farmonlari asosida so‘nggi yillarda real sektor tarkibiga kiruvchi tarmoqlarda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi va islohotlar davom etmoqda. Mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashi va raqobat afzalliklariga ega bo‘lishini ta’minlashda sanoat, agrosanoat majmuasi tarkibidagi sohalar hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish talab etiladi.
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda. Buni mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlanayotganligida ham ko‘rish mumkin. Iqtisodiyotning yetakchi sohalarini xususan, real sektorni kreditlash jarayonlarining jadallashuvi bir qator istiqbolli imkoniyatlarni yaratib beradi.
Birinchidan, iqtisodiyotda pul massasining ortishi pirovardida ishlab chiqarish hajmining to‘g‘ri proporsional ravishda oshishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyotdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslarga ehtiyojini qondiradi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshirishni tezlashtiradi.
Uchinchidan, real sektorga ajratilgan bank kreditlari hajmining ortishi natijasida ishlab chiqarish hajmi ortadi hamda ichki bozor qo‘shimcha mahsulotlarga to‘yinadi. Bundan tashqari import hajmining kamayishi va aksincha, eksportning rivoj topishiga yordam berishi mumkin.
To‘rtinchidan, kredit xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini boshlash, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshishiga xizmat qiladi.
2020 – 2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Keyingi ikki yilda mamlakatimizda 37 ta korxona faoliyatida raqamlashtirish keng tatbiq etiladi, real sektor tarmoqlarini raqamlashtirishda quyidagi ustuvor uch yo‘nalish belgilangan:
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni avtomatlashtirish, moddiy-texnik resurslarni hisobga olish va boshqarish tizimlari (ERP);
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimlarni yagona axborot kompleksga jamlash bo‘yicha dasturiy mahsulotlar;
mijozlar bilan munosabatlarni tartibga solish, mahsulotlarni elektron tizimlar orqali sotish, marketingni boshqarish tizimlari (CRM).
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha 2023 yilga qadar umumiy qiymati 5,2 trln. so‘mga teng jami 92 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan holatlar tahlili shundan dalolat beradiki, bank kreditlari iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi muhim moliyaviy manba hisoblanadi. Bu moliyaviy manbalar mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi, mehnat unumdorligining oshishi, aholining ish bilan bandligini ortishi va biznes ko‘lamining kengayishga xizmat qilishi mumkin. Mamlakatimizda real sektorning yanada taraqqiy topishi uchun tijorat banklari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash ko‘lamining oshirilishi va milliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud ichki va tashqi imkoniyatlardan samarali foydalanganlari holda o‘z faoliyatlarini maqsadli va oqilona tashkil etishni talab qiladi.
|
| |