Investitsiya




Download 3,07 Mb.
bet55/147
Sana12.02.2024
Hajmi3,07 Mb.
#155232
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147
Bog'liq
Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

7.2 - jadval
Xalqaro kapitalning funksional bo‘linishi


Guruhlar


Quyi guruhlar


Kapital harakati

TTXI

Xorijda

Rezident va norezident o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro iqtisodiy manfaatning vujudga kelishiga olib keluvchi kapital harakati


Mamlakat ichida


Portfel investitsiyalar


Aktivlar


Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq kapital harakati


Aktivlar


Boshqa investitsiyalar


Aktivlar


Davlatlararo kreditlar va bank depozitlari bilan bog‘liq kapital harakati


Passivlar


Zahira aktivlar


Monetar oltin


To‘lov balansi qoldig‘ini qoplash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan aktivlar bilan bog‘liq kapital harakati


Qarz olishning maxsus qoidasi (SDR)


XVFning zahira pozitsiyasi


Xorijiy valyuta



Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida 2008-yilda 2007-yilga nisbatan TTXIni jalb etish va chetga chiqarish hajmi jahon bo‘yicha tegishlicha 14,2 va 3,1 foizga qisqargan. Ushbu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarda ham salbiy tendensiyaga ega bo‘lib, mutanosib ravishda 29,2 va 16,7 foizni tashkil etgan49. Bu davrda rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI ni jalb etish va olib chiqish hajmi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan.

Xalqaro kapitallar harakatidagi jiddiy o‘zgarishlar AQSH dagi ipoteka krediti inqirozi ta’sirida moliya bozorlaridagi shart-sharoitlarning yomonlashuvi va inflyatsiya ehtimolining kuchayishiga olib keldi50. AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlar xalqaro bozordagi asosiy investorlar bo‘lib, TTXI taklifini shakllantiradigan mamlakatlar hisoblanadilar. Shunga qaramasdan oxirgi yillarda rivojlangan mamlakatlarning TTXIning global oqimidagi ulushi qisqarib bormoqda. Jumladan,1980-2016 yillarda xorijga chiqarilgan jami TTXIning 92,7foiz, jalb etilayotgan TXI ning 87,6 foiz rivojlangan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2016 yilga kelib mos ravishda 61,3 va 41,5 foizni tashkil etdi51.


Tahlillar ko‘rsatishicha, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti AQSH va Yevropabank tizimi bilan bevosita uzviy bog‘lanmaganligi bois inqirozdan jiddiy zarar ko‘rmadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari ilk marotaba TTXI global oqimining yarmidan ortigini jalb etishdi. Ushbu mamlakatlardan TTXI olib chiqish ilk marotaba rekord hajmga yetdi va ularning aksariyat qismi Janub mamlakatlariga yo‘naltirilmoqda52. Jahon iqtisodiyotida 2010-yildan rivojlanayotgan mamlakatlar TTXIlarni jalb qilish hajmining yarmidan ortig‘ini o‘zlashtirdilar. TMKlar esa bu mamlakatlarda loyihalarni investitsiyalash va mahsulot bozorlarini o‘zgartirishda faol qatnashmoqdalar. Rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari ilk bor 2010-yilda global TTXI oqimining yarmidan ortig‘ini o‘zlashtirdilar53. Shuningdek, agar xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi milliy investorlar uchun salbiy tomonga o‘zgarsa, odatda, xorijiy investitsiyali korxonalar uchun bu o‘zgarishlar bo‘yicha muddati kechiktirilishi ko‘zda tutiladi54.
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanishi uchun qulay zamin yaratuvchi xususiyati – ishlab chiqarishni tabiiy va moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalangan holda tashkil eta olish qobiliyatidir. Shu bilan birga, kichik biznesda tadbirkorlik g’oyalari, muammolarning echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni ta’minlovchi asosiy motivatsiya – bu tadbirkorlik sub’ektlarining o’z daromadlarini oshirish, ularning moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, ma’lumot darajasi va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o’rta mulkdorlar qatlamiga mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish hisoblanadi. Hududlarning ichki iqtisodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish, undan samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo’llash tizimli tarzda amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor hududdagi muammolarni hal etishda kichik biznesning kengroq ishtirokini ta’minlash imkoniyatini beruvchi ishlab chiqarish tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim. Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi hamda xalqaro raqobatning kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini taqozo etadi. Bu borada kichik biznesdan hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarning manbai sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida o’tkazilgan iqtisodiy islohatlar o’z samarasini ko’rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha turlarining tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hamda shu bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, iqtisodiy samaradorlik taminlanmoqda.

Download 3,07 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147




Download 3,07 Mb.