Investitsiya




Download 3,07 Mb.
bet51/147
Sana12.02.2024
Hajmi3,07 Mb.
#155232
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147
Bog'liq
Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

Xususiy investitsiyalar – xususiy, korporativ xo‘jalik va tashkilotlar, fuqarolar mablag‘lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan qo‘yiladi. Shu bois xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish hisobidan respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish maqsadida Prezidentimizning “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2340-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror bilan, davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obektlarni tahlil qilib, ularni investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda xorijiy investorlarga sotish, ushbu xorijiy investorlarni soliqqa tortish sohasida imtiyoz va preferensiyalar berildi. Jumladan, qaror bilan davlat aktivlariga ikki oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, ularning narxini har 15 kunda 10 foizga pasaytirish, obektlar narxi 50 foizgacha pasaytirilgandan so‘ng bir oy mobaynida sotilmasa, ular investitsiya va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda sotish;
- davlat aktivlari sotilgandan so‘ng 1 oy ichida investor to‘lovni to‘liq to‘lagan taqdirda, unga harid summasidan Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish;
- davlat obektlarini qismlarga bo‘lib sotish hamda to‘lovlarni 24 oygacha bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash,
- davlat ob’ektidan ijara asosida foydalanib turgan ijarachilar ijara ob’ekti sotilishida ustunlik berish;
- xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berilgan davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar byudjetga emas, balki korxonalarning o‘zini modernizatsiyalashga yo‘naltirish;
- xususiylashtirilgan korxonalarda xususiylashtirish vaqtida aniqlanmagan davlat aktivlari yoki foydalanishga berilgan korxona hududidagi ko‘char va ko‘chmas mulk sotilgandan keyin aniqlansa, u mazkur korxonaning mulki hisoblanishi aniq belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo‘lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, 2015 yil 24 aprelda “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur Farmon bilan:
- aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan;
- xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etilgan.
Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida:
1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
- tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to‘sqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;
- xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish;
- barcha turdagi ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;
- xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash.
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik mas’ul ijrochilar — tegishli vazirliklar, idoralar, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan.
2. 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o‘rnatilgan:
- mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to‘rt yilda bir martadan, boshqa xo‘jalik sub’ektlarida esa faqat O‘zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi;
- moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar o‘tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;
- tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so‘nggi rejali tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;
- qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt jalb etgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Moliyaviy aktivlarga nisbatan real biznesga investitsiyalarning asosiy xususiyati iqtisodiyotning real sektori bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlikdir. Qimmatli qog'ozlardagi chayqovchilik faqat ishlab chiqarish jarayonining o'zi bilan bog'liq bo'lsa-da, real investitsiyalarning har bir tinasi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga bevosita ta'sir qiladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, moliyaviy investor umuman aktsiyalarini sotib olgan kompaniyaning qanday ishlashini umuman tushunmasligi mumkin. Unga faqat korxonaning umumiy moliyaviy natijalari, shuningdek u faoliyat ko'rsatayotgan iqtisodiyotning holati va istiqbollari bog'liqdir. Haqiqiy investor uchun ishlab chiqarish do'konlarining hududiy lokalizatsiyasiga va ishchilarning o'rtacha yoshiga qadar barcha jihatlar muhimdir.
Shuningdek, investor buni hisobga olishi kerak real aktivlarga investitsiyalar juda past likvidlikka ega. Ularni moliyaviy resurslarga aylantirish juda qiyin (va ko'pincha umuman imkonsiz), bu ularni spekulyativ tarzda tasarruf etish imkoniyatini deyarli istisno qiladi. Shu sababli, real investitsiyalar doimo uzoq muddatga amalga oshiriladi. Makroiqtisodiy nuqtai nazardan real investitsiyalar real iqtisodiy o'sishning yagona manbai hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlardagi chayqalishlar muayyan shaxslarni boyitishi mumkin, ammo faqat iqtisodiyotning real sektoriga - binolarni qurish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan investitsiyalar mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy o'sishini ta'minlaydi.



Download 3,07 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147




Download 3,07 Mb.