|
– mavzu: Xususiy investitsiyalarning mazmuni
|
bet | 50/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org7.2 – mavzu: Xususiy investitsiyalarning mazmuni
Reja:
1.
|
Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari.
|
2.
|
Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari
|
3.
|
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad va uning amalga oshirilishi natijalari
|
1 – savol bayoni. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p mulkchilikni amal qilishi investitsiya quyilmalarini tashkil etishdagi rolini tubdan o‘zgartirdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosati qisqa muddat ichida nafaqat yetakchi tarmoqlarni texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotda energiya samaradorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish, balki eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berdi. Xususan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari so‘nggi o‘n bir yil davomida 8 foizdan ortiq darajada saqlanib qolayotganligi, sanoat hamda xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanishi va xalqimiz farovonligining yanada yuksalib borishiga zamin yaratmoqda. Xususan tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, bu sohaga to‘liq erkinlik berish, eng muhim ustuvor vazifa ekanini ta’kidladilar. Xususan, barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan aynan mana shu vazifaning qanday hal etilishiga bog‘liqligi, buning uchun amaldagi huquqiy bazani xususiy mulk manfaatlariga moslashtirish, mulk huquqining kuchli yuridik norma va kafolatlari tizimini shakllantirish, xususiy mulkdorlarning keng qatlamini yaratishni eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilab berdilar. Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiyalashda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga ayniqsa, sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan zamonaviy laboratoriya jihozlari, oziq-ovqat sanoati sohasida foydalaniladigan zamonaviy texnologik liniyalarni ishlab chiqarish va bunday mahsulotlarni yetkazib berishda investitsiyalarni roli tobora oshib bormoqda.
|
| |