Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirish




Download 16,61 Kb.
Sana12.06.2024
Hajmi16,61 Kb.
#262968
TuriReferat
Bog'liq
4 Tleubaeva


Tleubaeva Gulnur Sagibaevnaning 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferatiga


TAQRIZ

Mamlakatimizda ta’lim tizimini modernizatsiyalash, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida rivojlangan mamlakatlar ta’lim standarti talabalariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan o‘qitish jarayonini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Binobarin, ta’lim sifatini oshirish uchun “zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash”, “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari va imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish”, “ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Bu esa uzluksiz ta’limda o‘quv dasturlariga bo‘lgan talabni kuchaytirib, yosh avlodga bilim berishda o‘quv-uslubiy ta’minoti imkoniyatlarini oshirish, axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishni hisobga olgan holda maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqotlarga alohida o‘rin ajratilmoqda.


G.S Tleubaevaning “Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi ham ana shunday dolzarb muammoni yechishga bag‘ishlangan.
Dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ish mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiqotning amaliy natijalari, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Dissertatsiyaning muvaffaqiyati shundaki, iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini taxlil etish, rivojlantirish modelini ishlab chiqish, texnologiyalarini va mezonlarini rivojlantirishni asosiy vazifa qilib olgan va unga erishilgan. Albatta, yuqorida aytilgan fikrlar dissertantning mazkur yo‘nalishni yaxshi o‘zlashtira olganligini, har bir aytilgan tahliliy fikrlardan ilmiy-nazariy xulosalar chiqara olishi hamda ushbu jarayonga o‘zining ilmiy munosabatini bildira olganligini ko‘rsatadi. Alohida shuni aytib o‘tish joizki, dissertant mazkur ilmiy tadqiqot ishini yozishda, dalillarni isbotlashda, olingan natijalarni tahlil qilishda ko‘p mehnat qilgan, ko‘p adabiyotlarga murojaat etgan. Shuning uchun ham dissertant tadqiqot oldiga qo‘ygan maqsadga erisha olgan.
Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondentlar e’tiboriga quyidagi mazmundagi anketa va pedagogik topshiriqlar havola etilgan.
1. Birinchi yo‘nalish anketa so‘rovi respondent-talabalar va professor-o‘qituvchilarning “iqtidor”, “kreativlik”, “daho”, “kreativ qobiliyat”, “kreativ faoliyat”, “interfaol o‘qitish jarayoni”, “interfaol metodlar va texnologiyalar” haqidagi tasavvurlari, nazariy bilimlarning mavjud darajasini aniqlashga qaratilgan.
2. Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari jarayonining navbatdagi bosqichida respondent-talabalarda iqtidorlarining rivojlanganlik darajasi pedagogik muammoli vaziyatlar va topshiriqlar orqali tekshirilgan va aniqlangan.
3. Respondentlarning interfaol o‘qitish jarayoni mohiyatidan xabardorlik darajalari, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning iqtidorligini rivojlantirishda interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalarining imkoniyatlarini baholash hamda ta’lim jarayonida interfaol o‘qitishning samarali shakllari va metodlaridan foydalanish yo‘llari haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida uchinchi turdagi anketa so‘rovlaridan foydalangan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi Tleubaeva Gulnur Sagibaevnaning “Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi tugallangan, mustaqil ish bo‘lib, ilmiy, amaliy qiymatga ega bo‘lgan tadqiqot deb baholash mumkin va uning muallifi Tleubaeva Gulnur Sagibaevnani 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.

Yangi asr universiteti prorektori,


pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent D.N.Mamatov
Download 16,61 Kb.




Download 16,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik jarayonlarini takomillashtirish

Download 16,61 Kb.